Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
240
1.
Bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko‘rsatmaslik.
2.
Har bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkon yaratish.
3.
Fikrlarning tamoman zidlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.
Munozaradan kelib chiqadigan xulosa va qarorni guruhning o‘ziga havola
qilishni unutmaslik.
Tahlim jarayonida interaktiv usullarning ko‘plab misollarini uchratish mumkin.
Bularga «Olti o‘ylantirg‘ich qalpoqlar», «Alg‘ternativlar, imkoniyatlar, tanlov», «Barcha
omillarni qara», «Plyus, minus, qiziq», «Delg‘fi», «6-6», «Klaster», «Venn diagrammasi»,
«Grafik tashkilotchilar», «Bilaman, bilib oldim, bilmoqchiman», «Aqliy hujum»,
«Debatlar», «Nuqtai nazaring bo‘lsin», «Press», kabilarni kiritish mumkin.
Usul (metod) bu "yo'l" demakdir va u dogmatik, illuostrativ, evristik bo'lishi
mumkin. O'qitishning dogmatik metodi o'qituvchining materialni og'zaki, ko'rsatma
vositalaridan foydalanmay dalil isbotsiz va faqat o'quvchilarni bu materialni takrorlashga
va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
Illyustrativ metod ham tayyor bilimlar metodidir: illyuostrativ metod dogmatik
metoddan o'quv materialini dalil isbotlar bilan, ko'rsatmali qurollardan foydalanib bayon
etadi. Evristik metod esa asosan o'rganuvchilarning o'zlari qiladigan ish asosida tuziladi,
o'quvchining bevosita rahbarligi ostida o'zlari hal etadilar o'zlaricha kashfiyot qiladilar. Bu
metodning "evristik" degan nomi yoki boshqacha qilib aytganda "tadqiqot" metodi degan
nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kimyo o'qitish o'quvchilarni tarbiyalashning qudratli vositasidir, kimyo o'qitish
o'quvchilarni mehnatsevar va vataniga muhabbat qo'yadigan q'ilib, fanga chuqur
qiziqadigan qilib, ilmiy predmetlar to'g'risida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega qilib,
ijodiy faollik ko'rsatadigan, kimyodagi asosiy tushuncha va qonunlarning tadrijiy-tarixiy
rivojlanishiga to'g'ri nuqtai-nazardan qaraydigan qilib tarbiyalashi kerak.
Kimyo fani va o’qituvchisining, darsning asosiy maqsadi boshqa barcha fankar kabi
ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirishga qaratiladi.
Kimyodan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishning uslubiy ta`minotiga qo`yiladigan
ayrim talablar. Kimyoni o’rgatish asosan darsda amalga oshadi. Ma’ruza, so’zlab berish,
tushuntirish va ko’rsatish orqali asosiy maqsadga erishiladi. Mazkur darslarda olingan
bilimlar amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yanada mustahkamlanadi.
Egallangan nazariy bilimlarni amalda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishda
amaliy mashg’ulotlarni o’tni nihoyatda kattadir.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish o’qituvchidan katta mahorat, qunt, tajriba va
bilim talab etadi. Amaliy mashg’ulotl yuklama soatiga ega bo’lgan har bir professor -
o’qituvchida laboratoriya mashg’ulotlarining uslubiy ko’rsatmasi kabi amaliy
mashg’ulotning ham uslubiy ta’minoti, yani uslubiy ko’rsatmasi bo’lishi shart.
Amaliy mashg’ulotning uslubiy ko’rsatmasida quyidagilar bo’lishi maqsadga
muvofiq: Kirish. Bunda amaliy mashg’ulotlani umumiy vazifasi, qisqa mazmuni, tarkibi,
kimlarga va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligi ko’rsatib o’tiladi.
Hurmatli o’rganuvchi (o’qituvchi, o’quvchi, talaba!
) Kimyo fanidan amaliy
mashg‘ulotlar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish uchun mo‘ljallangan, sinfda ishlash, amaliy
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va hisobotlarni to‘g‘ri yozishda yordam berish uchun
yaratilgan uslubiy ko‘rsatmalar bilan oldindan tanish bo’lishingiz kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |