Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
227
GALOGENLAR MAVZUSINI O’QITISHDA MUAMMOLI MASHQ USULIDAN
FOYDALANISH
M.Jo’raeva, M.Tursunova, M. Beknazarova, T.Saypiyev,
NamDU kimyo yo’nalishi 3 kurs talabasi.
Chortoq tuman 22- sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi.
Organik kimyo kafedrasi magistratura talabasi,
NamDU Organik kimyo kafedrasi mudiri.
Galogenlar mavzusi kimyodagi eng asosiy va muhim mavzulardan biri hisoblanadi,
bunda eng kuchli oksidlovchi yoki nisbiy elektromanfiyligi eng yuqori bo’lgan element,
tuzlar, kislorodsiz kislotalar kabi kimyoning eng muhim moddalarini o’rgatishda zarur
bo’lgan mavzularni qamrab olganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mavzu dastlab umumiy o’rta ta`lim maktab kimyo kursining 8 sinfida o’qitila
boshlanadi. Galogenlarning har birini chuqur va atroflicha o’rganish OTM kimyo
yo’nalishlari dasturiga kiritilgan.
Maktab o’quvchilari va kimyo fanini o’rganuvchi talabalarni galogenlar mavzusini
o’qitishda birgalikda faollikka chorlovchi turli usullar ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur
usullar o’zining mazmuni va davomiyligi oddiy yoki murakkabligi bilan o’zaro bir-
biridan farq qiladi.
Galogenlar mavzularini o’rganishda quyidagi umumiy ma`lumotlardan ma`lum bir
mutanosiblikka, ketma-ketlikka amal qilgan xolda foydalanilishi mumkin.
Galogenlar davriy jadvalda VIIA guruhda joylashgan. Galogenlarga ftor - F, xlor - Cl,
brom - Br, yod - J kiradi. «Galogen» so’zi lotinchadan tarjima qilinganda «tuz
tug’diruvchi» degan ma`noni anglatadi. Galogenlarning tashqi qobig’i ns
2
np
5
ko’rinishda.
Galogenlar atomlari kichik radiuslarga ega. Tashqi qobig’i to’lishi uchun 1 ta elektron
yetishmaydi. Shuning uchun ularda tashqi qobig’ini to’ldirishga moyilliklari juda kuchli.
Birikmalarda ftor -1, qolgan galogenlar -1, +1, +3, +5, +7 oksidlanish darajalarini namoyon
etadi. Ularga tegishlicha HGal, HGalO, HGalO
2
, HGalO
3
, HGalO
4
birikmalar misol bo’la
oladi.
Birikmalarda ftor o’zgarmas I, qolgan galogenlar I, III, V, VII valentliklarni namoyon
etadi.
Galogenlar molekulalarining bog’lanish energiyalari vodorod, kislorod va azot
molekulalarinikiga qaraganda ancha kam. SHuning uchun ularning H
2
, O
2
, N
2
larga
nisbatan reaktsiyaga moyilligi kuchli. Ftordan yodga tomon galogenlarning suyuqlanish
va qaynash haroratlari ortib boradi. Ranglari to’qlashadi: ftor och yashil, xlor sarg’ish-
yashil, brom qo’ng’ir, yod binafsha rangli hisoblanadi.
Galogenlar bir-birini quyidagi tartibda birikmalardan siqib chiqaradi: F
→
Cl
→
Br
→
J.
Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin: 2NaBr+Cl
2
=2NaCl+Br
2
, 2NaJ+Br
2
=2NaBr+J
2
.
2NaCl+Br
2
=bormaydi 2NaBr+J
2
=bormaydi.
Galogenlar havoda uchramaydi. Asosan yer qobig’ida va dengiz suvlarida mavjud.
Galogenlar tabiatda erkin ko’rinishda uchramaydi, faqat birikma holida uchraydi. Asosiy
birikmalariga misollar: NaCl-osh tuzi, toshtuz, galit, KCl·NaCl-sil’vinit, KCl·MgCl
2
-
karnallit, Na
3
AlF
6
-kriolit. Galogenlarning tabiatdagi miqdorlarining taqqosi quyidagicha:
Cl>F>Br>J.
Do'stlaringiz bilan baham: |