Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
224
Kichik guruhlarda ishlashga moslashadigan ishtirokchilarga albatta yordam berish
talab etiladi. Kichik guruhlarga besh kishidan ortiq ishtirokchini qo’shmaslikka harakat
qilish maqsadga muvofiq. Katta bo’lmagan guruhda ishlashda ularni qanday bilimlar
zarurligini anglashlariga yordam berish kerak.
Guruh ahzolarini o’z induvidual xulq-atvorini tahlil qilib ko’rishga imkoniyat
beruvchi yo’llardan biri ularga “nazoratchilar” tayinlashdir. Uni qo’yilgan masala sari
siljishlarini belgilab beruvchi kishidir. “Nazoratchilar” xisoboti guruh ahzolariga
qo’yilgan topshiriqni qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirganliklarini baholash
imkonini berishi mumkin.
Nazoratchilar xulq-atvordagi o’ziga xos jihatlarni belgilab, ishning borishida yuzaga
kelgan muammolarni guruh a’zolari qanday uddalashlarini aniqlab borishadi.
Nazoratchilar guruh ichida hisobot berayotganlarida maksimal darajada izohlangan va
obyektiv shaklda bo’lgan kuzatuv natijalarini taqdim etishlari kerak. Kichik guruhda
ishlayotgan ishtirokchilar aylana bo’lib tizzama-tizza, yuzma-yuz tarzda o’tirishganiga
ishonch hosil qilish va har bir guruh ahzosi qolganlarni bemalol ko’rib turishi mumkin
bo’lshini ta`minlash maqsadga muvofiqdir.
Uglerod mavzusi kimyo kursidagi eng katta va muhim mavzulardan biri
hisoblanadi. Uni atroflicha o’rganish kelgusida organik kimyo mavzularini o’zlashtirish va
bilim hamda malaka, ko’nikmalarga ega bo’lish jarayonlarida muhim xisoblanadi. Quyida
uglerod va uning aytim birikmalariga taalluqli bo’lgan materiallar xavola qilingan.
Uglerod (lotincha Carbo — ko’mir, lot. Carboneum), C — D.I.Mendeleyev davriy
sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 6, atom massasi
12,011, p- elementlar oilasiga mansub. Tashqi elektron pog’onasida 4 ta elektron mavjud.
Uglerod qadimdan ma
ʼ
lum bo’lgan moddalardan biri hisoblanadi. Pista ko’mir
rudalardan metallar eritib olishda, olmos qimmatbaho tosh sifatida qo
ʻ
llangan. Keyinroq
esa grafit tigel va qatlam tayyorlashda ishlatilgan. Lavuazye 1772-yilda olmosning kristall
holdagi uglerod ekanligini isbotlagan. 1778-yilda Shved kimyogari Sheyele grafitni selitra
bilan qizdirilganda ham ko
ʻ
mirni selitra bilan qizdirilgandagi singari karbonat angidrid
hosil bo
ʻ
lishini aniqlagan. Ingliz olimi Tennant 1797-yilda kaltsiy karbonatga fosfor bug
ʻ
i
ta
ʼ
sir ettirib sof uglerod olganligi to’grisida ma’lumotlar mavjud.
Uglerod yer po
ʻ
stining massa jihatidan 2,310 2% ini tashkil etadi. U yer po
ʻ
stining
yuqori qismi (biosfera)da bo
ʻ
ladi. Tirik moddalarda 18%, yog
ʻ
ochda 50%, toshko
ʻ
mirda
80%, neftda 85%, antratsitda 96% uglerod bor. Uglerodga xos minerallar soni 112 ta.
Uglerod koinotda ham keng tarqalgan. Quyoshda vodorod, geliy va kisloroddan keyin 4
o
ʻ
rinni egallaydi.
Uglerodning 4 kristall modifikatsiyasi: grafit, olmos, karbin va fulleren ma
ʼ
lum.
Karbin sun
ʼ
iy usulda olingan qora rangli mayda kristall kukun. Zichligi 1,9—2 g/sm³.
O
ʻ
zaro parallel uzun C atomlari zanjiridan tuzilgan. Fulleren uglerodning 80-yillar
ohirlarida kashf qilingan allotropik shakl o`zgarishi hisoblanadi. U 80 dan ortiq uglerod
atomlarining 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan iborat ikosaedr shaklida mavjud.
U gazsimon uglerodning qattiq xolatga o`tishida ozi miqdorda hosil bo`ladi.
Uglerodning amorf shakli — faollangan ko’mir kuchli adsorbent hisoblanadi. U
nafaqat gazlarni, balki erigan moddalarni ham yutadi. Uglerodning barcha allotropik
shakl o
ʻ
zgarishlari kimyoviy jiqatdan ancha chidamli va inert moddalardir. Uglerod
Do'stlaringiz bilan baham: |