KIMYO FANI MASHG’ULOTLARIDA O’RGANUVCHILARNING MUSTAQIL
FIKRLASHGA YO’NALTIRISH
M.Qo’chqarov, Sh.Ilhonjanova, M.Tursunova, U.Yulchiyeva, Sh.Raxmonov, T.Saypiyev
O’quv jarayonlarida noan`anaviy usullarda mashg’ulotlarning olib borilishi
o’rganuvchilarning mustaqil fikrlash, faollik ko’rsata olish, jarayonga ijodiy yondoshish,
to’g’ri va tez fikrlash va o’zlashtirish, qaror qabul qilish, vaqtdan unumli foydalanish,
mavzuga doir mavjud manbalardan unumli hamda oqilona foydalanish kabi jihatlaridan
o’ziga xos samara va ahamiyat kasb etishi mumkin.
Bugungi kunda ta’lim jarayonlarida o’rganuvchilarni muayyan mavzular bo’yicha
mustaqil fikrlashga yo’naltirish, ma’lumotlarni taqqoslash, sharhlash orqali o’z fikr-
mulahazalarini namoyon erishlari uchun sharoit yaratish orqali ta’lim-tarbiya berish va
rivojlantirish sohaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
235
Kimyo fani tabiiy fanlar ichida o’ziga xos bo’lgan qiziqarliligi shu bilan birga ma’lum
darajada murakkabligi bilan ajralib turadi. Valentlik bu kimyo fanining asosiy obyekti
bo’lgan kimyoviy elementlarning ajralmas bir qismidir. Valentliksiz elementlarni qanday
nisbatlar bilan o’zaro birikib, birikmalar hosil qilishini aniqlay olmaymiz. Valentlikni
bilishimiz biz uchun juda katta imkoniyatni bera oladi. Muhumliligi esa har bitta
elementning o’ziga xos valentliligi bo’ladi. Shu valentlik esa har bitta elementning
ajralmas bir bo’ladi, eng muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Valentlikni bilish
moddani to’g’ri formulasini yoza olish, grafik tuzilishini tasvirlash, ayni moddaning xossa
va xususiyatlarini tushunish imkoniyatlarini va bu orqali asosiy qonuniyatlar hamda
tushunchalarni o’zlashtira olish imkoniyatlarini beradi. Hozirgi kunda valentlikni
o’qitishni turli xil metodlari ishlab chiqilmoqda.
Quyida o’rganuvchilarni valentlik mavzusiga doir mustaqil fikrlashga yo’naltirishi
mumkin bo’lgan taklif etilayotgan usulimiz to’g’risida to’htalib o’tamiz.
1. Nomi: Yashiringan elementlarni topish.
2. Vaqti: 5 -8 minut.
3. Kimlar uchun: Maktab o‘quvchilariga va kimyo fanidan tayyorganlik ko‘rayotgan
o‘rganuvchilarga.
4. Qaysi mavzularga mos keladi: Davriy jadvaldan to’g’ri foydalanish, davriy
jadvalidagi elementlarning valentliklarini topish, mos keluvchi element atomlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni topish va undan so‘ng tegishli bob va bo‘limdan so‘ng esa
takrorlash sifatida qo’llansa bo‘ladi. Qolaversa tegishli to‘garak mashg‘ulotlarida, sinfdan
tashqari darslarda, kimyo kechalari va fan xaftaliklarida topshiriq sifatida berilishi
mumkin.
5. Maqsad: O‘rganuvchini mustaqil fikrlashga undash, uning ilmiy saloxiyatini
oshirish uni ijodiy va kreativ g‘oyalarini rivojlantirishga, talabchanlikka, tezkorlikka
intilishga qolaversa elementlarni yodda saqlash ko‘nikmalarini xosil qiladi.
6. Afzalligi va Yutuqlari: Elementlarni davrlarda joylashish o’rni, nomi va valentlik
bo‘yicha eslab qolish, uzviylik va mutanosiblik bo‘yicha, diqqatni jamlash bo‘yicha,
teskorlik, topqirlik va chaqonlikni rivojlantirishga undaydi.
7. Kamchiligi. Usulni maqsad va vazifasi avvaldan yahshilab tushuntirilmasa
o’quvchi biroz chalg’shi mumkin.
Proyektor ekranida yoki tarqatma materialda quyida keltirilgan tasvirli ma’lumot
tarqatiladi.
Ftor
Bariy, Kalsiy
Brom, Azot, Xrom +
Bor
Do'stlaringiz bilan baham: |