III.1. Raphanus satius L. convar o’simligining namligini aniqlash.
Raphanus satius L.convar o’simligining namligini aniqlash uchun aniq o’lchamga keltirilgan chinni idishga 150 gramm Raphanus satius L.convar o’simligidan chinni idishga soldim. Uni mufel pechda 100-105 gradusda qizdirdim va eksikatorda sovitib, massasini o’lchadim. Uning massasi avvalgi massasiga nisbatan kamaydi. Ya’ni 18 gramm bo’lib qoldi. Huddi shu ishni yana ikki marotaba qaytarib bajardim. Ikkinchisida 12 grammga tushdi. Uchinchi marta qizdirib tortishimda esa massa o’zgarmay 12 gramm bo’yicha qoldi. Bundan endi namlik qancha foiz ekanini hisobladim.
Boshlang’ich massa-150 gramm
Quritilgandan keyingi massa- gramm
Oraliq farq -12 gramm
Umumiy foiz - 92 foiz
Men bu natijalarga qarab Raphanus satius L.convar o’simligining tarkibida 92% miqdorda suv borligini aniqladim.
III.2. Raphanus satius L.convar o’simligining umumiy kul miqdorini aniqlash.
Buning uchun men yuqoridagi namlikni aniqlashdagi natijalardan foydalandim. Umumiy kul miqdori har bir o’simlik uchun turlicha bo’lib, ruxsat etiladigan miqdori GOST, OST hamda davlat farmokopiyasida ko’rsatiladi.
Quyidagi usulda Raphanus satius L.convar o’simligining kul miqdorini aniqladim.
Tahlil tarozida tortilgan Raphanus satius L.convar o’simligining 12 grammini doimiy og’irlikka keltirib chinni idishga soldim. Spirt lampasini alangasida tutaguncha qizdirdim. Tutun chiqishi tugagach 500 gradusda mufel pechda doimiy o’g’irlikka kelguncha qizdirdim. Har safar mufel pechdan olib eksikatorda sovitib massasini aniqlab turdim. Bajargan sayin u kul bo’la boshladi, uni massasini aniqladim. Avvalgi 12 gramm olingan Raphanus satius L.convar kuli esa 2,19 gramm ekan. Foiz hisobida 18 foizni tashkil etdi.
III.3. Raphanus satius L.convar o’simligining biologik faol moddalari aniqlash.
Raphanus satius L.convar o’simligining biologik faol moddalaridan tayyorlangan ajratmada qanday modda va birikmalar borligini taxminan aniqlashda (identifikatsiya qilishda) taqsimlanish xromatografik usuldan keng foydalanildi. Xromatografik analiz uchun Raphanus satius L.convar o’simligining spirtli ekstraktini ajratib oldim. Buning uchun Raphanus satius L.convar o’simligining maydalab 10 g olib ustini yopguncha 70% li spirt quydim va 1 kundan keyin fil’trladim. Bu jarayonni 3 marta takrorladim. Undan so’ng 70% spirt bilan ekstraktsiya o’tkazilgandan keyingi qolgan Raphanus satius L.convar o’simligining qoldig’i ustiga 40% li etil spirti quyib, tajribani yuqoridagidek 3 marta takrorlab ekstraktsiya qildim. Keyin esa 35 foizli spirt bilan ekstraktsiya o’tkazilgandan keyingi qolgan Raphanus satius L.convar o’simligining distillangan suv bilan 3 marta qaynatib, ekstrakt oldim. Bu olingan uchchala ekstraktlarni xromatografiya usulida tarkibini o’rgandim. Buning uchun 0,1 ml filtratni xromatografik qog’ozga start chizig’igacha kapilyar naycha yordamida bir-biridan 2 sm uzoqlikda nuqta belgilab, uning ustiga 1 moddadan 1 nuqtaga, ya’ni 70% ekstraktsiyadan tomizdim. So’ngra 2-nuqtaga 40% li ekstraktsiyadan, 3-nuqtaga distillangan suvli ekstraktsiyadan tomizdim va havoda quritdim. So’ngra 30% li sirka kislotasining eritmasi quyilgan bankaga xromatografiya qog’ozini joylashtirdim. 40 minut davomida xromatografiya o’tkazdim. Eritma finishga yaqinlashganda qog’ozni olib quritdim, so’ngra xromatografiya qog’ozini yodning kristallari o’rniga (30 minut) qo’ydim. Keyin uni olib Rf-o’lchadim. Olingan natijalar, ya’ni Rf qiymatlari flavonoidlar Rf qiymatlariga mos keldi. Bundan tashqari xromatogrammada flavonoidlarga xos bo’lgan qo’ng’ir-sariq rang hosil bo’lishini ko’rdim.
Qog’oz xromotografiyasida RF jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |