O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO YO’NALISHI
“RAPHANUS SATIUS L. COVAR O’SIMLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALARI”
mavzuidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Bajardi: 5140500-kimyo yo’nalishi bitiruvchi 4-kurs talabasi Abdiraximov A.M.
_______________________________
Rahbar: k.f.n., dotsent Dehqonov R.S.
_______________________________
Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi.
Organik kimyo kafedrasining 9-sonli bayonnomasi. 26-aprel 2022 yil
Namangan – 2022
MUNDARIJA
№
|
MAVZULAR
|
Bet
|
1.
|
KIRISH………………………………………………..
|
3
|
2.
|
I -BOB. АDABIYOTLAR SHARHI............................
|
10
|
3.
|
1.1. Raphanus satius L. convar o’simligi va uning turlari.…………………………………………………...
|
10
|
4.
|
1.2. Raphanus sativus L. convar turkumi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va foydali xususiyatlari……………………………………………
|
23
|
5.
|
1.3. Oshlovchi moddalar va aminokislotalar..................
|
26
|
6.
|
1.4. Flavonoidlar va kumarinlar………………………..
|
35
|
7.
|
1.5. Flavanoidlarni sifat va miqdoriy analizlari……….
|
43
|
8.
|
II-BOB. TAJRIBA QISMI............................................
|
62
|
9.
|
2.1. Oʼsimlik namliginin aniqlash usuli...........................
|
62
|
10.
|
2.2. O’simlikning kul miqdorini aniqlash........................
|
63
|
12.
|
2.3. Ekstraktiv moddalarni ajratish va sifat reraksiyalar.
|
64
|
13.
|
III-BOB. BAJARILGAN ISHLARNING TAHLILI
|
69
|
14.
|
3.1. Raphanus sativus L. Convar o’simligi namligini aniqlash…………………………………………………
|
69
|
15.
|
3.2. Raphanus sativus L. Convar o’simligining kul miqdorini aniqlash……………………………………...
|
70
|
16.
|
3.3. Raphanus sativus L. Convar o’simligining biologik faol moddalarini aniqlash……………………………….
|
71
|
17.
|
HULOSALAR................................................................
|
78
|
18.
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..
|
80
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Oʼzbekistonda oʼsadigan oʼsimliklardan dorivor preparatlarni olishga sabab, koʼpchilik sunʼiy preparatlar, antibiotiklar kishilarda immunitetning kamayishiga allergiyalarga hamda organizmdagi mikrofloralarning buzilishiga olib keladi va boshqa taʼsirlari ham maʼlum. Oʼsimliklar biologik faollik koʼrsatadigan tabiiy birikmalarni bitmas-tuganmas manbai boʼlib zamonaviy samarali dorivor moddalarning yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etishga sabab boʼlmoqda. XXI asrda kasalliklarni davolashda qoʼllaniladigan dorivor preparatlar koʼproq tabiatda uchraydigan biologik faol moddalarga xos tuzilishlariga ega boʼlmoqda, chunki ular sunʼiy preparatlarga qaraganda organizmga qoʼshimcha taʼsirlarga ega boʼlmaydi. Oʼsimliklardan olingan qator preparatlar sintetik moddalarga nisbatan afzalliklarga ega, chunki, ular kishilar organizmini allergik holatlarga olib bormaydi. Bugungi kunda dorivor oʼsimliklar arzon va tabiiy dori-darmon sifatida foydalanish dolzarb muammolardan biridir. Yurtimiz xududlarida oʼsimliklarning 4448 turi oʼsib, ulardan 577 turi shifobaxsh
xisoblanadi.
Mamlakatimizda tibbiyot sоhаsini rivojlantirish uchun, ekоlоgik jihаtdаn sof va tаbiiy bo’lgаn dоri vоsitаlаrini tоpish, o’rgаnish vа tаdbiq qilish bugingi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shifobaxsh o’simliklar tarkibida fiziologik faol moddalar, jumladan efir moyi, yog’li moy, katron moddalar, triterpen kislotalar, kumarinlar, polifenol birikmalar, flavonoidlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar ko’pdir.
Shunig uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida biologik aktiv moddalarga boy, bugungi kun uchun dolzarb bo’lgan shifobaxsh o’simliklardan biri Raphanus satius L. convar o’simligining biologik faol moddalarini taxlil qilishni maqsad qilib olindi.
O`simliklardan ajratib olinadigan moddalar jumladan efirlar, trityerpenlar, vitaminlar, flavonoidlar, kofe kislotalar, sopaninlar, ursol, kolin, atsetilxolin, xolin, kvyertsetin, qand va oshlovchi moddalar farmasevtikada, sanoatda bo`yoqlar sifatida ishlatiladi.
Xozirgi kunda turli xil dori preparatlarnind soni kundan kunga oshib borar ekan, unga bo`lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Organizmga tez ta’sir etuvchi sintez yo`li bilan olingan kimyoviy dorivor preparatlarni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste`mol qilish inson va xayvon organizmida noxush o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko`ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o`simliklardan olinadigan dorivor preparatlarga extiyoj ortmoqda. Shuning uchun o’simliklarni tarkibini kimyoviy jixatdan tahlil qilish orqali tabiiy dorivor moddalarni ajratib olish bugungi kunnig dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |