o’qitishda qo’rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish niҳoyatda
muҳim ekanligini tahqidlaydi. A.N.Beketovning o’qitish soҳasidagi fikrlari ko’p
jiҳatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust Lyuben (1804-1873) qarashlarini
eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag’ishlangan uning darsligida bu fanning tarbiyaviy
aҳamiyati, xususan, o’quvchilar olib boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni
tadqiqot ishlar o’tkazish ko’nikmalarini ҳosil etish lozimligi tahkidlanadi. A.Lyuben
metodi bo’yicha o’quvchilar avvalo organik olamning aloҳida vakillari bilan maҳalliy
obhektlar misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy o’simliklar, xayvonlar
bilan boshqa ҳolatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg’ulot olib
borish lozimligi uqtiriladi. O’quvchilar o’qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil
o’quv materiallarini o’rganishlari bunda oddiydan murakkab, mahlumdan nomalum
tomon yo’nalish yahni induktiv metod asosiy o’rin egallashi kerak. Biroq maktablarda
ko’rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg’or metodik ko’rsatmalarini joriy
etishga to’sqinlik qildi.
Bundan tashqari A.Lyuben darsligida diqqat ehtibor faqat o’simliklar morfologiyasi
va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi.
Bu esa o’z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos bo’lgan yangi pedagogik
muammolarni ҳal etish zarurligini ko’rsatardi.
Tabiiyotshunos
pedagog
A.Ya.Gerdning
(1841-1888)
faoliyati
ana
shu
muammolarni ҳal etishga qaratildi.
A.Ya.Gerd fikricha Lyuben tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning
mazmunini zamon talablariga mos emasligidir.
A.Ya.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd
etishicha maktab tabiiyotshunoslikining asosiy maqsadi o’quvchilarga rivojlantiruvchi
bilim berishdan ҳamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy etdirishdan
iboratdir.
A.Ya.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar
o’tkazish, amaliy mashg’ulotlar olib borish muҳim o’rin tutadi. Olimning qayd
etishicha, tabiiyotshunoslikni o’qitishdan qo’zlangan vazifa organizmlarning xilma-
xilligi bilan tanishtirish, ularning ҳayoti yorug’lik, xarorat, namlik, xavo tuproqqa va
boshqa organizmlarga bog’liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan oqibatning
o’zaro bog’liqligini idrok etishdan iborat bo’lmog’i kerak.
A.Ya.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya tahsirida bo’lgan va
o’z darsliklariga evolyutsion printsipni joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi: 1.
Anorganik dunyo; 2.O’simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam», «Er tarixi»
kabi o’quv fanlaridan tuzilgan bo’lishi kerak deb tahkidlaydi.
A.Ya.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogika
fanining aloҳida ilmiy shaxobchasi sifatida ehtirof etila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: