Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


O’zbekistonda biologiya o’qitish metodikasi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/52
Sana26.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#511607
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

4.O’zbekistonda biologiya o’qitish metodikasi. 
Respublikamizda biologiya o’qitish metodikasiga oid tadqiqotlar XX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlanadi. O’zbekistonda sobiq Ittifoq markazida nashr qilingan 
darsliklar joriy etilgani va undagi ko’pgina o’quv materiallar notanish bo’lgani sababli, 
o’quvchilarning bilim darajasi past edi. SHu sababli respublika metodist olimlarining 
ehtibori maktab botanika, zoologiya, umumiy biologiya darslarida maҳalliy 
materiallardan foydalanish muammosini yechishga qaratildi. (E.M.Belg’skaya, 
A.E.Suxarev, A.T.G’ofurov). SHu bilan bir vaqtda botanik, zoologik bilimlarni maktab 
tajriba yer uchastkasida va tirik burchakgida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan 
bog’lash masalalari tadqiq qilindi (M.Jabborov, T.Isxakov, X.SHokirov). 
1961 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (ҳozirgi ped. 
universitet)da “Biologiya o’qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Mazkur 
kafedrani tashkil etilganligi bir tomondan yuqori malakali metodist olimlarni 
tayyorlashga, ikkinchi tomondan biologiyani o’qitishdagi turli mavzular bo’yicha ilmiy 
tadqiqot ishlarni olib borishga imkon yaratdi. 
Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi faqat O’zbekiston uchun emas, balki 
qardosh Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalari uchun ҳam 
15 dan ortiq yuqori malakaga metodist olimlar-fan nomzodlari yetishtirib berdi. 
Metodist olimlardan I.A.Norbekov, M.Maxkamov, A.T.G’ofurov botanika, zoologiya 
fanidan o’tkaziladigan ekskursiyalarning xillari, ularni o’tkazish metodikasi, unda 
o’quvchilar tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni ҳal qildilar. 
Maktab botanika kursini o’qitishga bo’lgan didaktik talablar, botanika darslarida 
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalari Ye.M.Belg’skayaning 
“Botanika didaktikasi” qo’llanmasida o’z ifodasini topdi. M.Ortiqov esa o’zining 
maktablarda o’tkazgan tajribalariga asoslanib, biologiya darslarida ekran vositalari 
(o’quv filg’mlari, diafilg’mlar, diapozitivlar)dan foydalanish o’kuvchilarda biologik 
o’kuv materialini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishini orttirishiga, ularning bilimini 
mustaxkam bo’lishida aloxida axamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. J.Tolipova 
darslarni xilma xillashtirish, noanhanaviy darslar (seminar, konferentsiya, muammoli 
munozarali) o’tkazish o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, mustaqilligini 
rivojlantirishda, puxta bilim egallashlarida katta rolg’ o’ynashini ko’rsatib berdi.
Maktabdagi bilimlar tushunchalardan tashkil topgan. 1950 yillardan boshlab 
N.M.Verzilin boshliq bir guruҳ rus metodistlari xususiy biologik tushunchalarni tadqiq 
qildilar. Ulardan farqli ravishda 1970 yildan boshlab A.T.G’ofurov umumbiologik 
tushunchalarni, xususan, “xujayra”,”moddalar va energiya almashinuvi”, “irsiyat va 
o’zgaruvchanlik”, “organik olam evolyutsiyasi” kabi tushunchalarni o’quvchilar qanday 
o’zlashtirishi ҳaqida kuzatish, tajriba ishlarini olib bordi va bu soxada “umumiy 
biologik tushunchalarni shakllantirish” degan mavzuda o’quv metodik qo’llanma 
yaratdi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi o’quv fani bo’yicha laboratoriya 
mashg’ulotlarini olib borish to’g’risida A.M.Qodirovning o’quv qo’llanmasi maktablar 
ҳayotida keng qo’llanilmoqda. Maҳalliy materiallarga asoslangan ҳolda sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarni qanday shaklda mazmunda o’tkazish kerakligi A.T.G’ofurov, 
S.K.Xabirovalarning qo’llanmasida yoritilgan. Qo’llanmada ayrim o’quvchilar, 
o’quvchilar guruxi ҳamda ommaviy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarning xillari, ularning mazmuni va o’zaro bog’liqligi maktablarda 


o’tkazilgan pedagogik tajribalar asosida ochib berilgan. Keyingi paytlarda ekologik 
muvozanatning buzilishi oqibatida suv, ҳavo, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanishi 
ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida o’simliklar va ҳayvonotlar, odamlar ҳayotiga xavf 
solmoqda. SHu o’rinda maktablarda olib boriladigan ekologik tahlim-tarbiyaga 
nixoyatda axamiyat berish zarurligini ko’rsatadi. Mazkur masalaning dolzarbligini 
ehtiborga olib A.T.G’ofurov, O.N.Nosirov maktablarda o’qituvchilar bilan ҳamkorlikda 
o’tkazilgan tajribalarga asoslanib “Maktab biologiya kursida tabiat muxofazasi 
tushunchasini shakllantirish”, M.Nishonboeva “Maktabda ekologik tahlim-tarbiyani 
amalga oshirish” kabi qo’llanmalarni chop etdilar. 
Maktab biologiya kursini o’qitishdan maqsad o’quvchilarni faqat bilimlar bilan 
emas, shu bilan bir qatorda ularda o’quv ko’nikma va malakalarni ҳosil qilishdan iborat. 
Bu soҳada laboratoriya mashg’ulotlarni olib borish niҳoyatda muҳim sanaladi. SHuni 
ehtiborga 
olgan 
ҳolda A.M.Qodirov “Odam fiziologiyasidan laboratoriya 
mashg’ulotlar”, A.M.Qodirov, K.Ҳaydarov “Biologiya o’qitish metodikasidan 
laboratoriya mashg’ulotlari” kabi qo’llanmalarni nashr etdilar. 
Mustaqillik yillarida respublika metodistlarining diqqat ehtibori o’quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirish masalasiga qaratildi. Bu o’rinda biologiyadan 
noanhanaviy darslar o’tkazishga (xamkorlikda o’qitish konferentsiya darslari modulli 
tahlim va ҳ) qaratildi. (J.Tolipova, A.T.G’ofurov). 
Republikamiz metodistlari biologiyaning faqat umumiy o’qitish metodikasi bilan 
emas, balki xususiy metodikasi bilan ҳam shug’ullana boshladilar. (J.Tolipova va 
boshqalar)
Maktab biologiya kursida chet tillardan olingan ko’pgina atamalar mavjud. Mazkur 
atamalarning tub mahnosini bilish biologik bilimlarni ongli o’zlashtirishga yaqindan 
ko’mak beradi. O’zbek biolog olimlari botanik, fiziologik, biologik atamalarning izoxli 
lug’atini tuzishga muvaffaq bo’ldilar. (M.Nabiev, SH.Kurbanov, A.Zikiryaev, 
S.S.Fayzullaev). Mazkur izoxli lug’atlardan foydalanish o’quvchilar bilimini ongli 
bo’lishida ijobiy natija berishi muqarrardir.
Bilimni nazorat qilish uchun savol va topshiriqlar. 
1.
V.F.Zuev asarida biologiya o’qitishning qanday masalalari ҳal qilingan. 
2.
A.Ya.Gerdning biologiya o’qitish metodikasidagi xizmatlari nimalardan iborat. 
3.
Asrning 20-30 yillarida maktablarda biologiya o’qitish qanday usullarda va 
shakllarda amalga oshirilgan. 
4.
Nima sababdan o’tgan asrning 30-65 yillarida maktab biologiya darsliklarining 
ҳolati fan rivojidan orqada qoldi. 
5.
O’zbekistonda biologiya o’qitish metodikasi qaysi vaqtdan boshlab rivojlangan. 
6.
Respublikada nashr qilingan biologiya o’qitish metodikasiga oid qanday 
qo’llanmalarni bilasiz. 
7.
E.M.Belg’skaya, A.T.G’ofurovlarning biologiya o’kitish metodikasiga 
qo’shgan ҳissalarini yoritib bering. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
1.
Biologiya bo’yicha tahlim standartlari bilan tanishing va unda biologik bilimlar 
qanday yo’nalishlarda berilganligini aniqlang. 
2.
Maktab biologiya o’quv dasturi bilan tanishing va uning asosiy 
komponentlarini belgilang. 



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish