Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида



Download 260,9 Kb.
bet59/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Kitob – keng dunyo So`z nur ziyo.
Qo`ysang mehringni, Ochar zehningni.
Shoir kitobning mohiyatini chuqurroq ochishga intilib, “Keng - dunyo”, “So`zi nur - ziyo” kabi istioralarni qo`llab o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishadi.
“Salom, maktab” she’rida shoir maktabning mohiyati va ulug`vorligini bir butunligicha kitobxon ko`z o`ngida gavdalantira olgan. Sa’natkor jozibali misralar tuzib, bolalar e’tiborini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi:
Ilmu fan bori. Hayot bulog’i. Aziz umrning Suyangan tog’i.
She’rda nazarda tutilgan eng muhim masalalardan biri shundaki, maktabdan olgan ilmni xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida ta’kidlanadi:
Sendan olib dars, O`sdik har nafas. Vatan xizmatin- O`tash bizning qarz.
Qudrat Hikmat ijodida “Tinchlik haqida qo`shiq” she’ri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha she’rga soladi:
Tinchlik juda soz,
To`kin – sochin yoz. O`q tovushi chiqmas,
Yangrar qo`shiq – soz, -deb bolaning tinchlik haqidagi tasavvurini hayotiy parchalar orqali kengaytiradi. Shoir tinchlik so`zini yanada chuqurroq ochish uchun urushning yomon oqibatlarini bolalar ongiga mos ravishda ko`rsatadi:
Bo`lsa –chi, urush, O`t tushar har yon. Tinch, shirin turmush, Bo`ladi vayron...
Go`zal shaharlar, Yonib kul bo`lar. Na giyoh qolar, Na daryo, ko`llar. Bu sira bo`lmas,
Xalqar yo`l qo`ymas, Tinchlik – obodlik, Hech qachon so`nmas.
Shoir hamma, har bir oila, jumladan, shavkatlarning oilasi ham tinchlik bo`lsin, deb astoyidil xizmat qilayotganini tasvirlab, tinchlik urushni engishi muqararligini tasdiqlaydi. SHoir bu bilan bolada jahon ilg’or xalqlarining, ayniqsa, tinchliksevar xalqlarning kuch-qudratiga zo`r ishonch tug’diradi, bolaga tinchliksevarlik ruhini singdiradi.
Qudrat Hikmat halol mehnatni go`zal hayot manbai, u bilan kishi hurmat topadi, e’tibor orttiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o`zining kichik kitobxonalarida yoshligidanoq mehnat ko`nikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. “Buvimning deganlari” she’rida o`z mehnat samarasidan xursand bo`lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni shoir Sanobar obrazida gavdalantiradi. Muallif o`zining kichkina qahramonidagi intilishni sezib, uni ulug` ishlarga boshlaydi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan benihoya xursand bo`ladi. Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo`lgan muhabbati cheksizdir. Sanobardagi bu holni:
Sanobarning vaqti chog’,
Barg keltirdi bir quchoq,- deb tasvirlaydi.
Buvi ham Sanobarning ishidan xursand bo`ladi, endi uning katta ishlarni ham uddalay olishiga ishonadi:
Endi senga shu so`zim- Qurtlar kirdi dahaga,- O`rnak bo`lib hammaga Dastaga harakat qil,
O`z ishingning ko`zin bil!
Shoir Sanobarning buvisidan o`rgangan ishining katta ijtimoiy mohiyatga ega ekanini sodda misralarda chuqur ochishga erishadi:
Bu yil bizlar uch marta Qurt tutib, mamlakatga- Topshiramiz pillani, Pilla emas, tillani.
Bu she’rning har bir misrasi o`ynoqi, tez yodda qoladigan asarlardan biridir. Buning uchun yuqoridagi parchaga, ayniqsa, “Pilla emas, tillani” iborasiga qayta nigoh tashlash kifoya.
Shoir bu she’rida bolalarni mehnatsevarlikka, Vatan va xalq oldidagi burchini muqaddas deb bilishga undaydi.
Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona-Vatanga nisbatan bo`lgan muhabbatlari “Mening Vatanim”, “Men tug’ulgan kun” kabi she’rlarida yaqqol ifodasini topgan. Jumladan, “Mening Vatanim” she’rida jonajon O`zbekistonimizning go`zalligi, yurtimizdagi barcha xalq aka-ukaday do`st bo`lib, ittifoq bo`lib hayot kechirayotganligi o`ynoqi misralarda aks ettirilgan:
Ko`kday bepayon Boyliklarga kon, Keng paxta maydon Mening Vatanim.
Qudrat Hikmatning “Chovkar”, “Toshbaqalar hujumi”, “Qum ostida qovunlar”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak”, “Chirchiq farzandi” kabi doston va ertak-dostonlarini bolalar huzur qilib o`qiydilar va katta estetik zavq oladilar.
Qudrat Hikmatning “Bobodehqon hangomasi”, “Qum ostida qovunlar”, “Toshbaqalar hujumi” dostonlarida bolalarning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan o`rnak olishga intilishlari yoritiladi.
Bolalar shoirning “Ko`milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” singari ertak-dostonlarini ham yaxshi biladilar.
Oz va mazmunli umr ko`rgan Qudrat Hikmat bolalarga bag`ishlab yigirmadan ziyod kitob yozdi. U tamomila yosh kitobxon ishonchini oqlab, kishilar hurmatini qozondi. Buning evaziga u munosib taqdirlanib, el nazariga tushdi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Qudrat Hikmat kimning to'garagidan she'riyat sirlarini o'rganadi?

  2. Qudrat Hikmatni ijodiy o'sishida kimlar murabbiylik qilgan?

  3. Qudrat Hikmat 1960-yildan umrining ohirigacha qaysi nashriyotda, qanday vazifada faoliyat yuritdi?

  4. 1957-1960-yillarda Qudrat Hikmat qaysi nashriyotda muharrirlik qildi?

  5. Qudrat Hikmat o'zining “Bog'cha” she'ri orqali bolalarga nimani uqtirmoqchi bo'ladi?

  6. Qudrat Hikmat “Mening Vatanim” she'rida qanday g'oyani ilgari surdi?

  7. Qudrat Hikmat onasi haqida qaysi she'rida yozadi?

  8. Oybek Qudrat Hikmatni she'rlariga zo'r baho berib qayerga borishi uchun yo'llanma olib beradi?

  9. Qudrat Hikmat qaysi shoir bilan muloqoti tufayli ijodi shakllanadi?

  10. Qudrat Hikmatning qaysi dostonsi Chirchiq o'tmishi haqida?

  11. Qudrat Hikmatning “Chirchiq farzandi” dostonining xulosasini so'zlab bering.

  12. Qudrat Hikmatning “Qum ostida qolgan qovunlar” dostonida bosh obrazlar kim edi unga ta'rif bering.

  13. Qudrat Hikmatning “Qum ostida qolgan qovunlar” dostonining tarbiyaviy ahamiyati nimada?

  14. Qudrat Hikmatning “Toshbaqalar hujumi” dostonida qanday voqea hikoya qlinadi?

  15. Qudrat Hikmatning qaysi dostonsida Qo'ldosh boboning ulug' fazilatlari talqin etiladi?

  16. Qudrat Hikmat haqida atoqli shoirlardan kim Oybekka xat yo'llaydi?

  17. Qudrat Hikmat ijodi haqida Mirtemir qanday so'zlar aytadi?

  18. Qudrat Hikmatning “Eshak nega hangraydi?” she'rini sharxlab bering.

  19. Qudrat Hikmatning “Mix” she'rida mixni nimaga o'xshatadi?

  20. Qudrat Hikmatning biror bir dostonini so'zlab bering.

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish