Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида


Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari



Download 260,9 Kb.
bet58/64
Sana29.04.2022
Hajmi260,9 Kb.
#589797
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
Fj6TLfgjpWfMcGKR628

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari:


  1. Jumaboyev M. O’zbek bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2002, -290 bet.

  2. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2011-B. 260.

  3. Zubareva Y.Y. i dr. Detskaya literatura: Uchebnik G`Y.Y. Zubareva, V.K. Sigov,

Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Masharipova Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi.- T., 2008. – B.150.

9-mavzu: Qudrat Hikmatning badiiy mahorati Reja:


1.Q.Hikmatning hayoti va ijodi.

  1. Adib ijodida bolalalar dunyosining badiiy talqini.

  2. Shoir she`riyatida milliylik hamda zamonaviylik.

  3. Q.Hikmat she`riyatida o`ziga xos poetik obrazlar talqini.

  4. Xulosa.



QUDRAT HIKMAT (1925-1968)


Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan. Bo`lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to`garagida faol ishtirok etadi. Bu to`garak uning she’riyat sirlarini egallashida katta rol’ o`ynaydi.
Q.Hikmatning ijodiy o`sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg’un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo`ldi.
Q.Hikmat bolalar uchun 1945-yildan boshlab she’rlar yoza boshlaydi. Uning dastlabki she’rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosila boshlaydi.
Q.Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishlaydi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika unversitetida o`qiydi. 1957- yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda redaktor, bo`lim boshliQi ifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qiladi.
Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1951-1952), “Obodlik” (1953), “Do`stlik” (1950), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator to`plamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilon shoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “O`Qlim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan o`zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo`shdi.
Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o`qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o`z asarlarida bolalarni qiziqtirgan,
ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o`ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misrlarda ifodalaydi.
Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o`zlashtirgan, o`rgangan. Shuning uchun ham she’rlari go`zal va yoqimli, sodda va ravon.
Qudrat Hikmat o`zining ilk she’rlaridan biri “Mening Vatanim”da mehribon ona-Vatanning ulug`vorligini ko`tarinki ruh bilan kuylasa, “Bog’cha” she’rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog’iga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz so`zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog’chasiga ko`chiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug` Vatan ekanligini uqtiradi:
O`rtoqjon Turg’un, Men bilan yurgin. Bizning bog’chani, Bir borib ko`rgin.
Turli o`yinchoq, Arg’imchoq bizda. Kemamiz suzar, Dengizchamizda. Miltig’imizning O`qlari olmos, Chegaramizga Dushman yo`lolmas.
Shoir “Baxtli bolalar” she’rida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga bo`lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo`r ko`tarinki ruh bilan kuylaydi. Qudrat Hikmat bu she’rida ham o`z uslubiga sodiq o`laroq misralarni eng kichik vaznda ifodalaydi:
Quyosh yo`liday Yorug’ yo`limiz. Qayga uzatsak, Etar qo`limiz... Gullasin doim Jonajon Vatan!
Xalqimiz uchun Fido jon va tan
Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo`lgan xavasini uyg`otishni o`zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, uning “Kitob - do`stim” she’rini olib ko`raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini ko`ramiz. Shoirning ta’kidlashicha, kimki kitobga mehr qo`ysa, astoydil o`qisa aqli–zehni rivojlanishini o`ynoqi misralalarda yozadi:

Download 260,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish