39
yirik sonlarga uning ko‗paytmasi qo‗shib aytilgan:
bes tuman
- 50 000,
sakiz
tuman
- 80 000,
on tuman
- 100 000 va b. Bitiglardan o‗rnaklar keltiramiz:
Tabgac oq tutuq bes tuman su kelti.
- Tabg‗ach o‗ng tutuqning besh tuman
qo‗shini keldi (X.25).
Yaris yazida on tuman su terilti.
- Yaris dashtida o‗n
tuman [yuz ming] lashkar terildi (Ton.36).
Caca saqun sakiz tuman su birla
suqusdum.
- Chacha
Sangunning sakkiz tuman qo‗shini bilan urushdim (X.26). QB.287 da:
miy
tuman
- 10.000000.
Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlar quyidagi tartibda aytilgan:
1.
Avval birlik aytilib, keyin shu son qo‗shilgan o‗nlik emas, balki undan
yuqori o‗nlik aytilgan:
yeti yigirmi
- buning bilan ―(o‗ndan oshib) yigirma
tomon yettita son qo‗shildi (=o‗n yetti)‖ degan ma‘no anglashiladi. Yana
misollar:
tortyigirmi
- o‗n to‗rt,
bisyigirmi
- o‗n besh,
sekizyigirmi
- o‗n
sakkiz,
alti otuz
-
yigirma olti,
iki qirq
- o‗ttiz ikki,
iki elig
- qirq ikki,
uc
yetmis
- oltmish uch,
yeti yetmis
- oltmish yetti,
sakiz yetmis
- oltmish sakkiz,
toquz sakiz on
- yetmish to‗qqiz. Ko‗k turk bitiglaridan misollar:
Eki otuz
yasima Tabgac tapa suladim.
- Yigirma ikki yoshimda Tabg‗ach tomon
qo‗shin tortdim (X.25-26).
Man toquzyigirmi yil sad olutrum, toquzyigirmi
yil qagan olurtum, el tutdum.
- Men o‗n to‗qqiz yil shad bo‗lib turdim, o‗n
to‗qqiz yil xoqon bo‗lib turdim, davlatni tutdim (Xa.9).
Eltaris qagan
bilgasin ucun, alpin ucun Tabgacqa yeti yigirmi suqusdi.
- Eltarish xoqon
allomasi bilan bo‗lgani uchun, (49) alpi bilan bo‗lgani uchun Tabg‗achga o‗n
yetti bor jang qildi (Ton.48-49).
2.
Hozirgiga yaqin bir tartib bo‗lib, faqat o‗nlikdan so‗ng
artuqi
so‗zi
qo‗shilgan:
otuz artuqi tort
- o‗ttiz to‗rt. Zamonlar o‗tib o‗nlikka
qo‗shilayotgan
artuqi
so‗zi qisqarib, hozirgi ko‗rinishga aylangan:
otuz tort.
Matnlardan misollar keltiramiz:
Qirq artuqi yeti yoli sulamis.
- Qirq yetti
yo‗la lashkar tortgan (K.15).
Ikki xonalilarga yana bir misol:
bir tuman artuqiyeti b'iq
- 17000.
Ko‗p xonali sonlarning o‗qilish tartibi shunday: 85 -
bis toquz on / sakiz
on bis
; 45360 -
tort tuman, bis miq, uc yuz, altmis.
Bitiglarda ―yarim‖ ma‘nosini
s'iqar
so‗zi bildiradi:
S'iqar susi ebig
barqig yulgali bardi, s'iqar susi suqusgali kelti.
-
Qo‗shinining yarmi uy-joyini bo‗shatgani bordi, yarim qo‗shini jang qilgani
keldi (X.32).
Sira (tartib) sonlar narsalarning sirasini, kishilardan har birining sirada
tutgan o‗rnini belgilash uchun aytiladi. Sonlarning sira (tartib) ko‗rsatkichi
40
boshlab
-nc
shaklida edi. ―Birinchi‖ sira ko‗rsatkichi
qadimgi turkiy tilda
birinc shaklida, ba‘zan bir shaklida ham qo‗llanilgan. Bularning o‗rnida
ilki,
bastmq'i
so‗zlari ham ishlatilgan. ―Ikkinchi‖ sira ko‗rsatkichi
ikinti~ikindi
yoki
ikinc
deyilgan. Qolgan sonlarga birday qo‗shilaveradi:
ucunc, tortunc,
bisinc, altmc, yitinc, sakizinc, toquzunc, onunc.
Ikki xonali sonlarda tartib
o‗zgaradi:
bir yigirminc, iki yigirminc, uc yigirminc, tort yigirminc
singari.
XI-XII yuzyilliklardan
-nc
ko‗rsatkichining
-nci, -nci
shakli ham
qo‗llanila boshladi:
ucunci, tortunci, bisinci, altinci, yitinci, sakizinci,
toquzunci, onunci singari.
Do'stlaringiz bilan baham: