37
ham uchraydi, bu ―son sanog‗i, hisob‖ ma‘nosini bildiradi. Bu so‗z ayrim joy
otlari tarkibida hozir ham uchrab qoladi. Masalan,
Toshkentning Eski
shaharida
Saqicman
degan mahalla bor. Ushbu toponim shunday yasalgan:
saqis
(sanoq) so‗zidagi [s] tovushi [c] ga aylangan;
-man
- kishi oti yasovchi
qo‗shimchadir. Chog‗ishtiring, hozirgi o‗zb.:
taparman- tutarman.
Yoki
turkchada:
ogretmen -
―o‗qituvchi‖. Demak,
saqicman (
so‗zi
―sanoqchi, hisobchi‖ degan ma‘noni bildiradi. O‗tmishda bu so‗z
lavozimlardan birini anglatar edi. Chamasi, xon saroyida yoki davlat
idoralarida hisob-kitob ishlari bilan shug‗ullanuvchi kishi shu mahallada
yashagan, mahallaning oti ham shundan kelib chiqqan bo‗lishi kerak.
Turkiy tillar tarixida sanoqning kelib chiqishi kishining o‗zidan
boshlangan. To‗g‗rirog‗i, kishi o‗z barmoqlarini sanash orqali sonlarga ot
qo‗ygan. E‘tibor qaratadigan bo‗lsak, o‗ngacha bo‗lgan sonlarning kelib
chiqishi, ularning tub, lug‗aviy anglami kishi barmoqlarining oti, o‗rni yoki
holati bilan bog‗lanadi. Masalan,
bir
soni bosh barmoq (xalq tilida
basmaldaq)qa
bog‗lanadi.
ikki
undan keyingi (bosh barmoqdan keyingi ilk
barmoq);
uc
- qo‗lning eng uchida joylashgani uchun shunday atalgan va b.
O‗ngacha bo‗lgan sonlarning atalishini etimologik jihatdan o‗rganib chiqilsa,
bu fikr o‗z tasdig‗ini topadi. Bu hodisa turkiy tillarda son turkumining kelib
chiqishi, eng muhimi, turkiy tillarning tarixiy ildizlari kishilik jamiyatining
ilkin chog‗lariga, tilning yuzaga kelish paytlariga ildiz otganidan belgi
beradi. Demak, son turkumiga kiruvchi so‗zlarimiz bizga jamiyatining ilkin,
kishi sanashni o‗rgana boshlagan chog‗laridan qolgan meros ekan. Qadimgi
turkiy til davrida esa son turkumi takomillashib, tugal bir tizimga aylangan
edi.
Qadimgi turklarda ―nol‖ yo‗q, chunki ―nol‖ - yo‗q son. Sanoq ―bir‖dan
boshlanadi. Kishi tug‗ilgan chog‗da bir yosh sanalgan, ona qornidagi davri
qo‗shib hisoblangan. Bir yil o‗tgach, ikki yoshga to‗lgan va shu sanoqda
yoshiga yosh qo‗shila borgan.
Sanoqda
bir
- so‗zlovchi demak, ya‘ni ―men‖dir (mening o‗zim, men
turgan yer yoki men tutgan narsa). ―Men‖ qadimgi turkiy tilda
bi
bo‗ladi. Bu
so‗z
biru~beru
ko‗makchisining tarkibida ham saqlangan.
-ru
-
jo‗nalish kelishigi
qo‗shimchasi,
beru
- ―men tomon‖ degani, hozirgi o‗zbekchada beri
deyiladi. Masalan:
beri kel, kopdan beri. Bir
ning tarkibidagi
bi
-
so‗zlovchi(―men‖)dir. Demak, sanoq so‗zlovchining o‗zidan boshlanadi.
Hozirgi o‗zbek tilida sonlarda yasalish yo‗q. Qadimgi turkiy tilda esa
38
sonlarda yasalish bor. Ularning morfem tarkibini tiklash ham mumkin.
Masalan:
iki
ning asli
ilki
dir
(il- ki>ilki>iki.
Hozirgi o‗zb.: ikki). Qadimgi
turkiyda
il
- ―old‖ degani. ―Poygak‖ ham
Do'stlaringiz bilan baham: