15
Undoshlarni ifoda qiluvchi harflar,
ularning yozilish tarzi, fonetik va
fonematik xususiyatlari, ularning ayrimlari «unli+undosh», «undosh+unli»
tabiatiga ega bo‘lishi.
O‘rxun va Enasoy bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik xususiyatlari
bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal qilganidan dalolat beradi: [b],
[p], [d], [t], [q], [k], [g], [g], [z], [s], [c], [s], [y], [1], [m], [n], [ri], [rj], [r].
Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi uyg‗ur va
moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x] fonemalari amal qila
boshlagan. [v] fonemasini Mahmud Qoshg‘ariy
ikki tovush sifatida talqin
qilgan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni ―[b] bilan [f] maxrajlari orasidagi‖
tovush deb ta‘riflaydi (MK, I, 68). XI—XIII asrlarning arab yozuvli
matnlarida ularning ikkovi mustaqil harflar bilan ifoda etilgan. Chunonchi,
[w] tovushi «Devonu lug‗atit-turk»da
keltirilgan turkiy misollarda,
«Qutadg‗u bilig»ning arab yozuvli qo‗lyozmalarida (fe) harfi bilan berilgan.
Tub turkiy so‗zlarda [w] tovushi [v] ga qaraganda ustunlik qiladi. Masalan,
QB da: küwänc, aw, suw, ew.
1.
Mahmud Qoshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal
xususiyatni farqlagan: [v] bilan so‗zlash o‗g‗uz
va ularga yaqin
turuvchilarga, [w] bilan so‗zlash esa boshqa turklarga xos bo‗lgan. E‘tiborni
tortadigan yeri, devonda bir so‗zning ikki xil varianti aralash qo'llanilgan:
tawar (MK, I, 137) // tavar (MK, I, 237). Bir so‗zningikki xil talaffuz etilishi
mumkinligini muallifning o‗zi ham ta‘kidlaydi:uvut // uwut (uyat), yalavac //
yalawac (payg‗ambar), yava // yawa(tursus mevasi) (MK, I, 111). Ko‗k turk
alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf yo‗q. Muhimi shundaki, ko‗k
turk bitiglari bilan deyarli oldinma-ketin yaratilgan uyg‗ur yozuvli qadimgi
turfon matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli matnlarda
[w~v] bilan kelgan so‗zlar ko‗k turk bitiglarida
, harflari bilan
yozilgan. Bu hodisa ko‗k turk alifbosidagi , harflari, o‗rni bilan,
[w] tovushini ham ifoda etgan degan xulosaga olib keladi. Misollarga e‘tibor
bering: tabgac (tawgac) — tabg'ach, tabïsgan (tawïsğan) — tovushqon, sab
(saw) — so‗z, xabar, sub (suw) — suv.
2. Ko‗k turk xatida harfi yo‗q. 0‗rnida faqat keladi: qatun,
qagan, qan. Bu so‗zlardagi [q] arab yozuvli matnlarda [x] ga o‗zgaradi:
xatun, xaqan, xan. Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‗zgarishiga
yo‗ymaslik kerak. Sababi, ―Qutadg‗u bilig‖ asarining tilida qadimgi [q] li
varianti ustivor. Masalan: qalï (agar), qalïq (osmon), yaqsï va b. Keyinchalik
bu so‗zlardagi [q] tovushi [x] ga o‗zgargan: xalï, xalïq, yaxsï kabi.
16
XI—XIII asrlarning yozma yodgorliklarida turkiy so‗zlarda so‗z ichi va
oxirida tishora ẟ undoshi ham uchraydi (buning uchun arab alifbosida
alohida harf ham bor. Masalan, ―Qutadg‗u bilig‖ning Namangan nusxasida:
eẟgü — ezgu, boẟun — xalq, qaẟgu — qayg‗u, qoẟ— qo‗y-(fe‘l) va b.
Muhimi shundaki, ko‗k turk va qadimgi uyg‗ur alifbolarida tishora [ä]
tovushi uchun alohida belgi yo‗q. Arab yozuvli matnlardagi [ä] li so‗zlar
ko‗k turk bitiglarida
, harflari bilan yozilgan. Ushbu so‗zlardagi
, harflari [d] bilan bir qatorda tishora [ẟ] tovushini ham ifodalagan
chiqar: edgü (eẟgii), adïg (aẟïg), qudï (quẟï), qadgu(qaẟgu).Tishora ẟ
undoshi jarangsiz [d] ga variant sifatida qo‗llanilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: