1194-yilda Xorazmshohlar hukmdori bo’lgan Takash sharqiy va g’arbiy Saljuqiylar davlatini tugatdi. Faqatgina Ko’niyoda (Kichik Osiyoda) Saljuqiylar davlatining bir qismi saqlab qolindi. 1308-yilda Saljuqiylar davlati butunlay tugatildi. Ushbu davlat o’rnida butun g’arb olamida mashur bo’lgan Usmoniylar imperiyasi tashkil topdi. Saljuqiylar davlatida boshqaruv tizimi - Sulton ul-a’zam-davlat boshlig’i, oliy hukmdor. Sultonlikda yermulk taqsimlash faqatgina sulton ixtiyorida bo’lgan.
- Bosh vazir-rais ur-ruaso yoki said ur-ruaso (boshliqlarning kattasi)-u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
- Ulug’ hojib-oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushtiruvchi amaldor.
Do'stlaringiz bilan baham: |