1137-yilda Qoraxoniylar Eloqxoni Mahmud Qoraxitoylardan yengilgach o’zining oliy hukmdori bo’lgan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi. Nihoyat ittifoqchilar qo’shini 1141-yili sentabr oyida Samarqand yaqiniga kelib birlashdilar ammo Qoraxitoylarning hujumi natijasida Sulton Sanjar boshchiligidagi qo’shinlar mag’lubiyatga uchraydilar natijada sultonlar sultoni deb ulug’langan Sulton Sanjarning obro’siga o’nglanmas putur yetdi. 1153-yilda Balx shahri atroflarida yashovchi O’g’uzlar qo’zg’olon ko’tardilar. Saljuqiylarning so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar Balx O’g’uzlaridan yengilib asir olinadi. Uch yillik asirlikdan so’ng 1156-yili taxtga qaytadi. Ammo biroz vaqt o’tgach 1157-yilda xastalik bilan vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |