Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti lingvistika


Magistrlik dissertatsiyasinning tuzilishi



Download 96,7 Kb.
bet9/43
Sana31.12.2021
Hajmi96,7 Kb.
#233396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

Magistrlik dissertatsiyasinning tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi ishning umumiy tavsifi, kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, ish hajmi 75 sahifadan tashkil topgan.

7

1-bob. “Hamlet” targediyasi – Shekspir ijodining cho`qqisi


1.1. Shekspir –jahon adabiyotining o`lmas namoyandasi
Buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Vilyam Shekspir asarlari dunyoning shunday bir mo`jizasidirki, ulardan hayratlanishdan inson toliqmaydi: tarix shaxdam qadamlar bilan oldinga siljisa-da, hayot tarzi o`zgarsa-da, insonlarga bizdan yuzlab yillar oldin yashab, ijod qilgan bu adibning ijod mahsuli suv va havodek zarur. Shu sababdan uning asarlari mana to`rt asrdan ko`proq vaqtdan beri jahon adabiyoti va teatr san`ati ixlosmandlarini hayratga solib keladi. Filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqul ta`kidlaganidek, “Vilyam Shekspir ham “cherik chekmay” dunyoni zabt etgan adabiyot qiroli edi. Jahonda qancha elat va xalq yashasa, Shekspir aytarli hammasining mehr-muhabbatini qozongan.Dunyodagi biror bir til bo`lmasa kerakki, Shekspir qahramonlari unda gapirmagan bo`lsa. Shekspir dahosi − bu eng oliy madaniyat tarozusi demak.”5
Vilyam Shekspir 1564-yili Angliyaning Eyvon daryosi sohilida joylashgan Stradford shahrida tug`ilgan. U o`ziga to`q, serfarzand oilaning uchinchi bolasi edi. Otasi Jon Shekspir Stradford hokimi vazifasida ham ishlagan. Vilyam oilada yaxshi tarbiyalangan, maktabda muhabbat bilan o`qigan.
Shekspir 23 yoshida Londonga ko`chib ketadi. U yerda teatr jamoasiga qo`shiladi. Avval Jeyms Berbej rahbarligidagi truppada faoliyat ko`rsatib, keyinchalik «Globus» teatrida ishlaydi.
Ijodining ilk bosqichida Shekspir she`r, doston, komediya, xronikalar yozgan. «Richard III», «Richard II», «Qirol Ioan», «Genrix IV», «Genrix V» kabi qator
dramalar, shuningdek, «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya savdogari», «Bunisiga nima deysiz» deb nomlangan, ko`ngilga shodlik, quvnoqlik bag`ishlovchi komediyalar bitgan.6





  1. Вильям Шекспир. Сайланма.Биринчи жилд. −Тошкент: Фан, 2007, 6−бет.




  1. Аникин Г.В., Михальская Н.П. История английской литературы. М., «Высшая школа», 1975.

8

Shekspir hayot va turmush quvonchlaridan qayg`uga qarab yurgan, odam taqdiri, ruhiyatidagi ziddiyatlarini butun keskinligi, shafqatsizligi ila yoritishga kirishgan ijodkor edi. «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar»da bu tamoyil dastlabki ifodasini topgan. 1601-1608 yillar oralig`ida yaratilgan «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Makbet», «Antoniy va Kleopatra» tragediyalari dunyo dramaturgiyasining mo`jizasi edi.7


Shekspir uncha uzoq umr ko`rmagan – 52 yil yashagan, xolos. Hayotining 20 yildan ziyodrog`ini ijodiy mehnat bilan o`tkazib, nihoyat «Qish ertagi», «Simbelin», «Bo`ron» degan asarlar ham yozib qoldirgan.
Shekspir ijodining birinchi davrida (1591-1601) yozgan “Adashishlar komediyasi” (1592), “Veronalik ikki yigit” (1594), “Yoz kechasidagi tush” (1595), “Yo`q narsadan chiqqan g`avg`o” (1598), “O`n ikkinchi kecha” (1600) va boshqa pyesalarida uyg`onish davri kishisining o`ziga xos tiynatini yaratdi. Tarixiy xronikalar deb atalgan “Genrix VI” (1590-1592), “Richard III” (1592), “Richard II” (1595), “Genrix IV” (1599) va boshqalar. Nomlari keltirilgan asarlarida V.Shekspir feodal anarxiyasiga qarshi markazlashgan hokimiyat uchun kurash, davlat va xalq taqdiri bilan bog`liq masalalarni targ`ib etgan edi. Hayotning fojiali tomonlari, ayniqsa, “Romeo va Julietta” tragediyasida chuqur aks ettirilgan. Unda bir-biriga dushman bo`lgan ikki feodal oilada tug`ilib voyaga yetgan va bir-birlarini sevib qolgan ikki yoshning fojeali taqdiri ularning erkin sevgisiga to`g`anoq bo`lgan feodal tuzum illati aks etgan. “Yuliy Sezar” (1599) tragediyasida Shekspir qadimgi Rimda muhim siyosiy voqealar, respublikachilar (Brut Kassiy ) bilan monarxiya ( Yakka hukmronlik) tarafdorlari – sezarchilar ( Antoniy, Oktaviy) o`rtasidagi kurashni va bu kurashda respublikachilarning fojeali mag`lubiyatini ko`rsatgan.
Shekspir ijodining ikkinchi davri (1601-1608) dramatik faoliyatining yana ham rivojlanishi bilan xarakterlanadi. U tug`ilib kelayotgan kapitalistik tartiblar ham




  1. Морозов М.М. Шекспир, Бернс, Шоу. М.: Издательство «Искусство», 1967.

9

inson istak-orzulariga zid ekanini ilg`ab, burjua munosabatlarini qattiq qoralaydigan, chuqur gumanistik (insonparvarlik) g`oyalar bilan sug`orilgan tragediyalar yaratdi. “Hamlet, Daniya shahzodasi “ (1601) da qahramonning qirol Klavdiydan o`ldirilgan otasi uchun qasos olishi uning buzilgan feodal saroyidan, zulm va istibdoddan intiqom (o`ch) olishi darajasiga o`sib chiqqan ijtimoiy ziddiyatga aylangan edi. Hamlet chirigan feodal olami kirdikorlarini fosh etibgina qolmay, balki izdan chiqib ketgan va buzilgan asrni “izga tushirish” ni o`z zimmasidagi burch deb biladi. Hamlet uyg`onish ruhi bilan yangi tipdagi kishi – adolat uchun kurashuvchi insonparvar kishi timsolidir, chunki uning ko`ziga “Daniya – zindon” bo`lib ko`ringan edi. “Otello” (1604) tragediyasida Shekspir ikki tarixiy davr – o`sib borayotgan absolyutizm (yakka hokimiyatchilik, mutlaq hokimiyat) va tug`ilib kelayotgan burjua (hukmronlik qilayotgan boy badavlat sinf) tuzumi sharoitida vujudga kelayotgan yangi axloq va tushunchalarning murakkab jarayoni (oqimi) va o`sha muhit o`rtasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan. Qahramonning shaxsiy fojeasi zamonning ijtimoiy-axloqiy konflikti darajasiga ko`tarib ifodalangan. Asarda rashk fojiasi aldangan ishonch g`oyasi bilan birikib ketadi. “Qirol Lir” (1605) trgediyasida Shekspir zeb-ziynat va aysh-ishrat ichida dabdabali hayot kechirayotgan bir to`da hukmronlar bilan son-sanoqsiz azob-uqubatlarini ko`rsatadi. Lir murakkab shaxs. Uning kuchli va ojiz tomonlari bor. Hukmronligi davrida u zaif edi, chunki haqni nohaqdan ajrata olmasdi. Gadoy holiga tushib qolgan Lir turmushning achchiq-chuchugini o`z boshidan kechirib, haq va nohaqlikni farqlaydigan ma`naviy kuch kasb etadi, ezilgan xalq ahvoliga achinadi. Asarda feodal jamiyati odamlar orasidagi tabiiy, yaqin aloqalarning buzilish jarayoni katta iste`dod bilan ko`rsatilgan. “Makbet” (1606) tragediyasiga Shekspir siyosiy despatizm (istibdod) ning to`la in`ikosi bo`lgan zolimlar ( Makbet va Ledi Makbet) yer yuzida yashamasligi degan teran gumanistik (insonparvarlikka xos) fikrni olg`a suradi va ularga omma manfaatlarini himoya qiluvchi qahramonlar (Malkolm, Makduf) ni qarshi qo`yadi. “Antoniy va Kleopatra” (1607), “Korchalon” (1607), “Afinalik Timon” (1608), “Rim tragediyalari” turkumiga oid asarlarida ham


10

Shekspir chuqur gumanistik g`oyalarni ilgari surdi, sof insoniy tuyg’ularni ulug’lab, tubanliklarni qoraladi.


Shekspir ijodining uchinchi davri (1600-1613) Yakob I ning feodal reaksiya (ijtimoiy taraqqiyotga qattiq qarshilik ko`rsatish va inqilobiy harakatni bostirish siyosati) si kuchaygan uyg`onish davri gumanistik g`oyalarni amalga oshirish haqidagi xayolot zarbaga uchragan hayotga to`g`ri keladi. Teatr faoliyati qirollik nazorati ostiga olinadi. Endi Shekspir kishini hayajonga soluvchi katta ijtimoiy – siyosiy voqealar aks ettiriladigan tragediyalar emas, balki tomoshabinga yengil ta`sir etadigan tragik – komik xarakterdagi pesalar yarata boshlaydi. Lekin shunday paytda ham Shekspir o`zining gumanistik g`oyalariga sodiq bo`lib qoladi. Garchi asarlarining nihoyasi ezgulik bilan tugasa ham mavjud tuzum bilan murosa qilmaydi, aksincha, u teskaricha kuchlarning fe`l – atvoriniqoralovchi pesalar yozishni davom ettiradi. Shekspir tragik komediya janrini yuzaki qabul qilgan bo`lsa ham, unga chuqur insonparvarlik g`oyalarini kiritdi. Uning bu turdagi asarlarida real voqelik hayotiy ertaklar bilan qo`shilib ketadi va ularda kishining yaxshi fazilatlari yomon ehtiroslar ustidan g`olib keladi.
Shekspir realistik metodining o`ziga xos xususiyati muallifning voqelikni chuqur o`rganib murakkab ”voqealar oqimi“ ning asosiy ma`nosini anglab, inson kuchi va uning cheksiz imkoniyatlariga to`la ishonch bilan qaraganligidadir. Bu hol Shekspir gumanizmining hayotbaxsh ruhini belgilaydi. Shekspir realizmining kuchi feudal tuzumi halokatini, shuningdek, paydo bo`layotgan burjua jamiyatining odamlar uchun fojeaviyligini sezish, bu jamiyatning razolat va qaboxatlarini hayotiy timsollar bilan haqqoniy gavdalantirishidadir. Daho olimlar, shoirlar, yozuvchilar Shekspirning realism va xarakter yaratishdagi san`atkorligini alohida ta`kidlaganlar. Shekspirning realistic san`at haqidagi o`z qarashlari Hamletning aktyorlar bilan bo`lgan suhbatida aniq ravshan ifodalangan. Bunda u ortiqcha shovqin – suron ko`tarmaslik, sun`iylikka berilmaslik, “so`zga yarasha harakat” qilish, “harakatga

11

yarasha” gapirish va bular “ tabiiylik chegarasidan chiqmasligi shart” ekani haqida fikr yuritgan.


Shekspir tragediyalarini yuqori bosqicha ko`targan omillar – asarlar mavzusining boyligi, g`oyaviy yo`nalishining aniqligi hayotning realistik tasvirlanishidir. Shu boisdan uning dramatik ijodi dunyo teatrlari repertuarlaridan mustahkam o`rin egallab, hozirgacha kishilarni hayajonlantirib kelmoqda.
G`arbiy Yevropada Shekspir ijodini o`rganish XVIII asrning o`rtalariga to`g`ri keladi. Germaniyada Gyote va Lessing, Fransiyada Volter va boshqalar Shekspir faoliyati haqida turli xil fikrlar aytgan. Rossiyada ham Shekspir asarlariga qiziqish XVIII asrning oxirlarida boshlangan. N.M Karamzin uning “Yuliy Sezar” tragediyasini tarjima qilgan. A.S.Pushkin Shekspir dramatik ijodiga yuqori baho bergan. V.D.Belinskiy Shekspirning realistik metodini batafsil tahlil qilib, yuksak baholagan. M.Gorkiy Shekspirni “eng ulug` dramaturg” deb atagan edi.
Biz Shekspirni hayot qarama-qarshiliklariga jiddiy e`tibor qaratgan, kundalik turmushda uchraydigan qabohatdan larzaga keladigan adib sifatida bilamiz.8 Fojiaviy motivlarni yosh Shekspirning tarixiy pyesalarida ham, adib umrining taxminan 31-yillarida yaratilgan birinchi tragediyasi «Romeo va Julyetta»da ham uchratish mumkin. Adib 40 yoshga yaqinlashganida fojiaviylik uning ijodida asosiy mohiyatni tashkil etardi. 37 yoshida «Hamlet»ni, 40 yoshida «Otello»ni, 41 yoshida «Qirol Lir»ni, keyin «Makbet», «Antoniy va Kleopatra» ni va 44 yoshida oxirgi fojia − «Afinalik Timon»ni yaratdi.
Shekspirning «Romeo va Julyetta», «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir»
tragediyalarini bir qatorga qo`yish mumkin. Ularga xuddi shu tartibda – inson hayoti yoshlik davridan qariligigacha bo`lgan bosqichlar sifatida qarash o`rinli bo`lsa kerak.




  1. Вилям Шекспир. Танланган асарлар. 5 жилдлик. Қирол Лир. 2-жилд. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1981.

12

Shekspir ijodi haqida yozgan tadqiqotchilar uning shoirlik iste`dodiga bas keladigan ijodkorni topish juda mushkul ekanligini alohida ta`kidlaydilar. U chinakamiga ulkan, nafis so`z ustasi shuningdek, fikrni teran shaklda aks ettirishda ham tengi yo`q edi. Tom ma`noda Vilyam Shekspirning «jumlada fikrni ta`sirli aks ettirish» mahorati noyobdir. Shu tufayli bu daho adib asarlari bilan to`liq tanish bo`lmaganlar ham uning ko`pgina satrlarini yoddan biladilar.


Shekspirning o`lmas asarlarini o`zbek tiliga o`girishda G`afur G`ulom va Maqsud Shayxzoda, Uyg`un va Komil Yashinlarning xizmatlari ham katta bo`lgan.
O`zbek kitobxonlari Shekspirning «Hamlet» tragediyasi bilan ilk bor ona tilida Abdulhamid Cho`lponning nodir tarjimasi orqali tanishish imkoniyatiga ega bo`lgan edilar. 1935-yilda bu tragediya o`zbek sahnasida ham Mannon Uyg`ur tomonidan qo`yilib, necha minglab tomoshabinlar qalbida muhrlangan edi. Shundan keyin teatrlarimizda «Otello» va «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar» va «Qirol Lir», «Veronalik ikki yigit», «Yoz tuni g`aroyibotlari» kabi dramalari sahnalashtirilgan.
Shekspir merosi – abadiy so`nmas mash`ala. Uning nuri necha asrlarkim, dunyo xalqlarining ko`nglini munavvar etib, o`z tegrasida birlashtirib keladi, insonlarni insonlarga tanitadi, ellarni ellarga yaqinlashtiradi, hech qachon zulmatning ziyodan g`olib kelmasligiga kitobxonni ham, tomoshabinni ham ishontiradi, yo`ldan adashganlarga yo`l ko`rsatadi, ezilgan, jabr chekkanlarni suyaydi. Kechmish ayyomlar tarixi buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shekspir asarlari bizga mangu ma`naviy yo`ldosh bo`lib qoladi. Va bu mislsiz ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun ma`naviyatning yuksak manzillarni yorituvchi yorqin bir mash`ala kabi yarqirab, nur sochib yashayveradi.
Shekspir – jahon adabiyotining yorqin siymosi. Turli davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va xalqlar va adabiyotlarning adabiy-madaniy o`ziga xosliklariga qarab Shekspir asarlari turlicha talqin qilib kelinmoqda. Mazkur jarayon tarixini o`rganmay turib, o`zbek tarjimashunosligi, qolaversa, o`zbek tili va adabiyotida
13

Shekspir talqini va tarjimalari masalasiga munosabat bildirish to`g`ri emas. Bu tabiiy hodisa. Sobiq ittifoq hududida, jumladan rus va ukrain adabiyolariga Shekspir XIX asrning o`rtalarida kirib kela boshlagan. Filologiya fanlari doktori, professor G`aybulla Salomovning ta`kidlashicha, Shekspir, 1845-1849 yillarda prof. P.Savitskiy “Hamlet”ning birinchi pardasini polyak tilidan ukrain tiliga o`girgan9. 1872-1874 yillarda yozuvchi Y. Fedkovich “Hamlet” va “Makbet” tragediyalarini nemischadan ukrain tiliga tarjima qilgan. 1850-yilda D.Kipiani Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragedyasining gruzincha dastlab tarjimasini qayta ishlar ekan, Benjamin Laroshfukoning fransuzcha tarjimasidan foydalanganligini qayd etadi. Bunday tarjima hodisasini asliyatning tarjima tiliga ikkinchi yoki uchinchi tillardan kirib kelish, deb ham yuritiladi. Chunki, badiiy tarjima faqat lingvistik hodisa bo`libgina qolmay, u keng ma`nodagi estetik hodisa va badiiylik bilan bog`liq bo`lgan kategoriya ham sanaladi.


Shekspir asarlari tarjimalari tahlili borasida fikr yuritganda tarjima jarayonida filologik tahlil intuitsiya bilan yonma-yon yurishini, boshqacha aytganda, tarjimada tahlil va tasvir o`zaro hamkorlik qilishini esdan chiqarmaslik lozim. Bu borada G`.Salomovning “Til va tarjima” (1966), “Tarjima nazariyasiga kirish” (1978), “Adabiy an`ana va badiiy tarjima”(1980) monografiyalarida atroflicha fikr yuritilgan.
Rus shekspirshunosligidagi diqqatga sazovor ishlardan birini Korney Chukovkiy amalga oshirgan. Uning tadqiqotlarida Shekspirni rus tiliga tarjima qilish an`analari, usullari borasida qiziqarli fikrlar aytiladi. Jumladan, uning “Yuqori san`at” nomli risolasida rus tiliga o`girilgan tarjimalarning asliyatga qay tomondan yaqin kelishi qiziqarli misollar bilan ko`rsatilib, tarjimada erkinlik va aniqlik borasida tahliliy fikrlar keltiriladi.
G`.Salomovning ta`kidlashicha, rus shekspirshunosligi shu qadar taraqqiy etib ketdiki, endigi navbat Shekspirning qaysi asarini o`girish emas, balki, uning



9Саломов Ғ. Адабий анъана ва бадиий таржима. – Тошкент: Фан, 1980, 15-бет.

14

qaysi so`zi, jumlasi, iborasi, abzasini yana qanday usulda o`girsa bo`ladi? – yo`sinida qo`yilmoqda. Bu juda katta gap. Jumladan, taniqli tarjimon V Levik shunday deydi: “Shekspir asarlarining yangi tarjimalari kerakmi? Buyuk dramaturg asarlarini tarjima qiluvchi kishilarning oldida ikkita muammo bor. Birinchidan, umuman yangi tarjimaga zarurat bormi? Ehtimol avval hamma ishni qilib bo`lingandir! Ikiknchidan, Shekspir asarlarining hozirgi yangi tarjimalari qanday bo`lishi kerak? Shekspir ijodini o`zlashtirish borasida shunday ulkan ishlar amalga oshirilgan bir sharoitda, endilikda tarjimonlar oldida qanday vazifalar turadi?”.


Agar o`zbek shekspirshunosligida Cho`lpon, Shayxzoda, G`afur G`ulom va Jamol Kamollar amalga oshirgan tarjimalar muhim ahamiyat kasb etsa, rus Shekspirshunosligida Shekspirning uch buyuk tarjimoni alohida ta`kidlab ko`rsatiladi. Bular: Mixail Lozinskiy, Boris Pasternak va Samuel Marshaklar. G`.Salomov ta`biricha, - M.L.Lozinskiy Shekspirni aynan o`ziday, so`zma-so`z tushunishga, uni satrma-satr tiklashga harakat qiladi. Bu juda zukko kuzatish. Zero, Mixail Lozinskiyning o`zi shahodat berishicha, u “Hamlet”ni o`ylaganida, beixtiyor, Jabotinskiy bilan Volkov ko`z o`ngiga kelishini ta`kidlaydi. Uning aytishicha, u juda vahimali og`ir tosh ko`tardi, lekin bunday alp g`ayrat qanday natija berdi va uning foydali koiffitsenti niamga teng?”. G`.Salomovning aytishicha, M.Lozinskiy tarjimasidagi ayrim satrlarni asl nusxa bilan qiyos qilib ko`rilsa, uning naqadar aniq berilganligiga tasanno o`qiging keladi. Lekin asl nusxani bir chetga qo`yib, tarjimaning o`zi o`qilsa, she`riy nafosat va haqqoniyat qo`ldan berilgani ma`lum bo`lib qoladi.
Shekspir hayotligi paytida ortiqcha bir hurmat-izzatga sazovor bo`lmagan. Vafotidan 150 yil o`tganidan so`nggina – XVIII asr o`rtalarida u mumtoz adiblar safiga kiritilgan. XIX asr boshlaridagina uni buyuk shoir deb e`tirof etishgan.
Vaqt oliy hakam ekanligini yana bir karra isbotladi. Yaqinda Buyuk Britaniya jamoatchiligi o`rtasida o`tkazilgan so`rovda Vilyam SHekspir «Ming yillikning eng mashhur inglizi» nomiga sazovor bo`ldi. YuNESKOning e`tirofiga ko`ra, SHekspir
15

jahon adabiyotida eng ko`p tillarga tarjima qilingan va chop etilgan muallifdir.


Undan keyingi o`rinlarni Lev Tolstoy va Chingiz Aytmatovlar egallagan.
Shekspir asarlari bizga mangu ma`naviy yo`ldosh bo`lib qoladi. Va bu mislsiz ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun ma`naviyatning yuksak manzillarni yorituvchi yorqin bir mash`ala kabi yarqirab, nur sochib yashayveradi. Insonlarni ezgu his-tuyg`ularni qadrlashga, illatlardan esa xalos bo`lishga, chin inson bo`lib yashashga chorlayveradi.

Download 96,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish