2.5. Kasb-hunar va amal-martabaga oid leksemalar tahlili
Badiiy asardagi milliy va tarixiy o`ziga xoslikni aks ettirishda muallif tomonidan qo`llanilgan turli kasb-hunarga oid kalimalarning ham o`ziga xos o`rni bor. Buyuk dramaturg Vilyam Shekspir ham ana shunday tasvir vositalaridan mahorat bilan foydalangan. Tarjimashunoslikda bunday so`zlarni realiyalar tarjimasi muammolari sirasiga kiritib o`rganiladi. Asliyatdagi tarjima qilish eng mushkul bo`lgan milliy xoslikni to`laqonli, muqobil qayta yaratish tarjima bo`lishlikka olib boruvchi muhim bosqich ekanligini ta`kidlash lozim.
“Hamlet”ning dastlabki sahnasidanoq Shekspir davrini aks ettiruvchi turli xil kasb-hunar va lavozimlarga oid xos so`zlarga duch kelamiz. Zero, bunday so`zlar badiiy asarga tarixiy va milliy kolorit bag`ishlaydi, undagi davr o`ziga xosligini
44
ta`minlashda muhim tasviriy vosita bo`lib xizmat qiladi. Mutaxassislarning shahodat berishlaricha, Shekspir asarlari tili bir paytning o`zida o`ziga xos soddaligi va uning zaminida yashiringan sirliligi bilan ajralib turadi. Shekspir murakkab davrda ijod qilganligi ma`lum. U ham o`z ijodida o`z davri kimchiliklarini ochiqdan-oydin baralla aytish imkoniyati bo`lmaganligi tabiiy. Shu sabab Angliyada bo`lgan tarixiy voqe`lik to`g`risidagi badiiy to`qimani Daniyaga ko`chirishga, “kosa tagida nim kosa” rusumida ijod qilishiga to`g`ri keladi. Asardagi Daniya shahzodasi Hamlet ham bundan mustasno emas.
Har bir davr Shekspirni o`zicha talqin qiladi, o`zicha idrok etadi, o`zicha tushunadi. Agar “Hamlet” o`zbek kitobxonlariga, qolaversa, teatr sahnasiga XX asarning 30-yillarida (Cho`lpon) kirib kelgan bo`lsa, 60-yillarga kelib (M.Shayxzoda) asar yana bir topqir o`girildi, 90-yillarda esa uchinchi bor (Jamol Kamol) “Hamlet” o`zbekchalashtirildi. E`tibor bilan qaralsa, har 30 yilda yangi tarjimaga ehtiyoj paydo bo`libdi.
Dramaning dastlabki sahnasida posbonlar almashinuvi ko`rinishi bor.
Fransisko
O`shalarmi, deyman ... To`xta! Kelayotgan kim?
Horatsio va Marsell kiradi.
Horatsio
Yurt do`stlari.
Matsell
Va qirolning mulozimlari. (210-bet)
Ma`lumki, murojaat inson nutqiy jarayonining ajralmas qismi bo`lib, tinglovchini xabar-ma`lumot olishga tayyorlash, uning e`tiborini tortish demakdir. Murojaat asosan tinglovchiga yo`naltirilsa-da, so`zlovchi mavqei ham murojaat
45
jarayonida unga teng yoki undan balanddir, chunki murojaat shakli va unda ifodalanuvchi qo`shimcha ottenkalarni so`zlovchi tanlaydi: murojaatni shakllantiradi.19
Murojaat shakli nutqda til birliklarining faol harakatida yuzaga chiqadi. Murojaat shaklining keng o`rganilgan shakli an`anaviy tilshunoslikda undalma deb belgilanadi va tahlil qilinadi.
Asarning ikkinchi sahnasining boshlanishida unda ishtirok etuvchilar nomlari keltiriladi. Ulardan Shekspir davriga xos bzlgan lavozim va martabalarning nomlarini bilib olishimiz mumkin. Quyidagi misolga e`tibor beraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |