Davlat, saltanatning umid guli edi ul,
Nazokatu nafosatning timsoli edi…
Bu ne lutfu karamingdir, ey parvardigor! (286-bet)
Sinonim so`zlar juft so`zlar tarkibida ham faol qo`llangan. Masalan:
Poloniy:
Olis-yiroq, chekka-ovloq yo`llardan yurib,
Tekis-to`gri yo`lga keyin tushib olamiz (251-bet)
Asar qahramonlari ruhiy holatini tasvirlashda zid ma`noli so`zlarning o`ziga xos o`rni bor. Chunki hayot o`zi ziddiyatlardan iborat. “Hamlet” tragediyasida voqealarni rivojlantiruvchi kuch ham ikki qarama-qarshi kuch – ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi ziddiyat, kurash.
Badiiy asarda ifodalilikni yanada oshirish maqsadida mazmunan biri ikkinchisiga zid tushunchalar, mantiqan biri ikkinchisini rad etuvchi fikrlarni qarama-qarshi qo`yiladi. Bu esa antiteza hodisasini yuzaga keltiradi. Antiteza hodisasi til sathlarining barchasida kuzatiladi. Lekin bu hodisaning sintaksis doirasidagi, ayniqsa, qo`shma gap sintaksisi doirasidagi vazifasi alohida ahamiyatga
ega. Stilistik-sintaktik figuralar doirasida antiteza usuli qo`shma gaplarda qo`llanilish mahsuldorligi jihatidan sintaktik takror bilan bir qatorda turadi.
49
Antiteza badiiy adabiyotda va notiqlikda faol qo`llanadigan sintaktik-stilistik vosita hisoblanib, unda bir-biriga zid qo`yiladigan tushunchalar, fikrlar qarama-qarshiligi natijasida nutqning ta`sirchanligi ortadi, bayon qilinayotgan umumiy fikrga nisbatan tinglovchining qiziqishi kuchayadi. Qo`shma gaplarda esa bu sintaktik-stilistik vositalarda intonatsiya ko`tarilib, shu gap doirasida kulminatsion nuqtaga yetadi.20
Antiteza hodisasi orqali qahramon ruhiyatidagi qarama-qarshi tuyg`ular kurashi, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar, voqea-hodisalar o`rtasidagi ziddiyatlar yaqqol tasvirlanadi. Tasvirning emotsional-ekspraessivligi yanada ortadi. Buni misollar asosida ko`rib o`tamiz.
Hamlet:
Kim qashshog`u kambag`alga xushomad qilgay?
Qo`y, boylaru kiborlarning dahlizlarida
Tiz cho`kkancha yashayversin xushomadgo`ylar
Insonlar o`rtasidagi ijtimoiy tafovut va buning xushomadgo`ylar uchun muhimligi, xushomadgo`ylik, insonlarni ijtimoiy tabaqaga qarab baholash noma`qul ish ekanligi antiteza orqali yanada yaqqolroq tasvirlangan.
Antitezaning reallashuvida antonimlar asosiy material bo`lib xizmat qiladi:
Rozenkrans:
Qulluq, malikam,
Sizga buyruq yarashadi, o`tinch yarashmas.(254-bet)
Hamlet:
Panoh bo`ling bizga, osmon farishtalari,
Соипова Ҳ., Усмонова М. бадиий нутқда қўлланувчи антитезали қўшма гаплар.// Ўзбек филологийси ва уни ўқитишнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. Фарғона, 2013, 131-б.
50
Kimsan, ruhi yazdonmisan, yo zilli shayton,
Do'stlaringiz bilan baham: |