4. Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning maʼlum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning oʻlchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki oʻlchash birligi sifatida olingan oʻlchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni oʻlchash birligining oʻlchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan maʼnoni anglashimiz lozim:
5. Hosilaviy birlik - deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, taʼriflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin.
6. Xalqaro birliklar tizimi - 1960-yili oʻlchov va ogʻirliklarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan boʻlib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, hozirgi holati va birliklarga qoʻshimchalar va koʻpaytirgichlar haqidagi maʼlumotlar 2.1- va 2.2-jadvallarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |