Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


Benazir Bxuttoning tashqi siyosati



Download 375 Kb.
bet12/16
Sana15.08.2021
Hajmi375 Kb.
#148230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ваккасов

2.3. Benazir Bxuttoning tashqi siyosati

Benazir Bxuttoning hukumat tepasiga kelish davrida mintaqa siyosiy hayotida ham tub o`zgarishlar amalga oshyotgan davrga to`g’ri keldi. Sababi, 1989- yilda Sobiq ittifoq kuchlarining Afg’onistondan olib chiqib ketilishi Benazir Bxuttoga tashqi siyosiy va etnik muammolarni hal etish vazifasini yukladi. Karachida ruslar taziyqi ostida qochib kelgan ko`plab pushtun jamolari mavjud edi. Bir vaqtning o`zida ko`p millionli nohiyalarga afg’on qochoqlari joylashtirildi.

Pushtunlar, qashshoq va ish qidirib yurgan panjobliklar bilan yonma-yon qabiladosh bo`lib qoldi. Bunday holat o`z-o`zidan ajdodlardan meros bo`lgan yurt sifatida bu erlarning egasi deb o`zini hisoblovchi muxojirlar va ikkinchi tomondan afg’on, pushtun va panjobliklar o`rtasida mehnat bozorida keskin raqobatni yuzaga keltirdi. Iqtisodiy va xo`jalik nizolari asta-sekin siyosatga ko`chdi. Muxojirlar o`rtasida “muxojir qavmi muvment” (muhojirlar milliy harakati) partiyasi tashkil topdi55.

Partiyani sobiq talabalar jamoasi lideri, taniqli siyosatdon Altef Huseyn boshqardi. Muxojirlarga qarshi bo`lgan qavmlar alohida guruhlarni tashkil qildi. Milliy muxojirlar harakatining asosiy mafkurasi, muxojirlarni mamlakatdagi asosiy yirik etnik birliklarning beshinchisi deb tan olinishini ta`minlash, eng kamida Karachi shahrining ularga hudud sifatida belgilash hisoblanardi. Milliy muxojirlar harakati partiyasining boshqa talablari doirasiga provintsiyalar va shahar markazlari mahkamasida mavjud lavozimlarga saylashda muxojirlarga ko`proq kvota-o`rinlari ajratish, muhokamali masalalarni sikxlar qiziqishiga to`g’ridan-to`g’ri qarshi chiqqan holatda ham hal etishda ishtirok etish kabilar kirardi. Markaziy boshqaruv apparatida asosiy hukmron partiya sinkxlarning milliy ustunligini ta`minlamaslikning imkoni yo`q edi.

Sababi, u o`zining mashhurligi va provintsiyalardagi ta`siri bilan radikal kayfiyatga ega edi. Shunga qaramasdan Benazir Bxutto tashqi siyosatni mustaqil yuritishga intildi. Mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklarda 10 mingdan ortiq politsiya vakillari va armiya kuchidan foydalanishga to`g’ri keldi. Benazir Bxutto tashqi siyosatda kuchlar tengligi saqlashga intildi. Shuning uchun uning Sobiq ittifoq va keyinchalik Rossiya federatsiyasi va AQSh bilan teng hamkorlik munosabatlarini yuritgani kuzatiladi. Benazir Bxutto tashqi siyosatda arab davlatlari bilan o`zaro aloqalarga alohida e`tibor qaratdi.

Bundan tashqari uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borgan hamkorlik aloqalari ham o`ziga xos ahamiyatga ega edi. AQSh hukumati uning sobiq talaba sifatida Benazir Bxuttoning hukumat tepasida bo`lishi va o`zaro iliq munosabatlar davom etishi qulayroq edi. Benazir Bxutto hukumatining arab davlatlari ayniqsa, yirik islom sakkizligi davlatlari bilan aloqalari mutahkam edi. Bu keyinchalik ning uning muhojirligi davrida ham Dubayda yashaganligi bilan ham izohlash mumkin. Afg’onistonda yangi guruh tolibonlar harakatining paydo bo`lishi Pokiston xavfsizligi uchun ham jiddiy masala hisoblanardi.

“Sovuq urush”ning tugashi, natijasida Islomobod va Vashington o`rtasidagi strategik hamkorlikning o`z kuchini yo`qota boshlab, Pokiston tashqi siyosatda yangi kursni amalga oshira boshladi56. Buni yuqorida ta`kidlanganidek Benazir Bxuttoning sotsialistik lager davlatlari bilan hamkorlik aloqlarini tiklash yo`lidagi harkatlarida ham ko`rish mumkin.

Geosiyosiy o`zgarishlar AQSh – Pokiston munosabatlarida ham ayrim o`zgarishlar bo`lishini talab qildi. 1989-yilda Benazir Bxutto Saudiya Arabistonida rasmiy tashrif bilan bo`ldi. 1990-yilda Pokiston bosh vaziri musulmonlarning muqaddas zaminiga ikkinchi bor tashrif buyurdi57. Afg’on mojarosi ushbu Pokiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarida alohida ahamiyat kasb etdi. Tolibonlar harakati tufayli Saudiya Arabistoni Islomobod bilan yaqin aloqlar o`rnatib, moliyaviy yordam ham berib turdi. 1997-yilda Pokiston tashqi ishlar vaziri Goxar Ayux Xon Ar-Riyodga rasmiy tashrif buyurdi. Fors ko`rfazida yuzaga kelgan inqiroz tufayli Pokiston hukumati Iroqning Quvaytga bostirib kirishini qoraladi. 1994-yilda B.Bxutto Kashmir maslasida u hududda yashovchi musulmonlarni namoyishlar qilishga chaqirdi, bu musulmonlarning Kashmirdagi ta`siri keskin oshishiga sabab bo`ldi. 1995-yilda Pokiston xalq partiyasi vakillari Pokiston islom respublikasi va tashqi siyosatni ham unga asoslanib yuritishini yana bir bora e`lon qilishdi. 1996-yilda Kashmir masalasi Djakarta shahrida bo`lib o`tgan xalqaro konferentsiyada muhokama etildi. 1996-yil noyabr’ oyida Pokiston siyosiy hayotida jiddiy o`zgarish amalga oshirilib, 5-noyabr’ kuni prezident Faruq Ahmad Legari B.Bxutto hukumatini iste`foga chiqarib, Milliy majlisni tarqatib yubordi. Keyinchalik musulmonlar ligasi partiyasi o`z mavqeyini yana qayti tiklab olishga erishdi. 1990-yillarda Pokiston tashqi siyosatida Benazir Bxutto mamlakatning yadroviy imkoniyatini oshirishni qo`llab-quvvatlab, harakatlar aynan ommaviy qirg’in qurolga ega bo`lish, shu orqali Hindiston tazyiqidan qutilishga intildi. 1999-yilgi Hindiston – Pokiston o`rtasidagi harbiy harakatlar AQShni yadroviy urush boshlanishi mumkinligi keskin cho`chitib yubordi. Shuning uchun “Pressler tuzatishi” amalga oshirilib, AQSh hukumati Pokistonga harbiy yordam ko`rsatishni to`xtatishga qaror qildi. Chunki, 1981-yil sentyabrda imzolangan AQSh – Pokiston kelshuviga ko`ra, 3,2 mlrd dollar miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam Islomobodga ko`rsatilishi lozim edi58. Bu davrda afg’on mojarosi bo`yicha Islomobod Vashington orqali ish ko`rishi belgilangan edi. Hujjatlar bu “AfPak kelishuvi” nomi bilan ham yuritildi. Sababi, 1989-yilda sobiq Ittifoq qo`shinlari Afg’onistondan olib ketilgach, Janubiy Osiyo mintaqasida AQSh va uning strategik sheriklari manfaatlari oldini planga o`tgandi.

Afg’oniston masalasi ushbu hududdagi tashqi siyosatda asosiy richag hisoblanardi. Afg’onistonda barqarorlikni o`rnatish va mustahkamlash maqsadida NATO boshchiligidagi Xavfsizlikka ko`maklashuvchi xalqaro kuchlar (International Security Assistance Forces, ISAF) tarkibidagi qator G’arb davlatlari umumiy va milliy strategiyalar asosida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda Afg’onistonda barqarorlikni saqlashda NATOning barcha a`zo-davlatlari, shuningdek, al’yansga a`zo bo`lmagan ISAF faoliyatiga ko`maklashayotgan o`ndan ortiq hamkor-davlatlar ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, yigirmaga yaqin davlatlar, xususan O`zbekiston Afg’onistonni qayta tiklashda o`z hissasini qo`shmoqda59. G’arb avlatlari uchun ustuvor vazifa Afg’onistonda harbiy kontingentni kuchaytirish va bu yerdagi faoliyat muddatini uzaytirish hisoblanadi. Afg’on missiyasini rejalashtirish va amalga oshirishda NATOning yetakchi davlatlari – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadada mustaqil harakat qilishga intilish namoyon bo`lmoqda. AQSh strategiyasi asosan muammoni harbiy yo`l bilan hal etishga asoslangan. Aniqrog’i, birinchidan, Al-Qoida va Tolibonning jangari va faol qismlarini yo`q qilishga;

ikkinchidan, afg’on jamiyatida ularning siyosiy ta`sirini kamay-tirishga;

uchinchidan, yangi afg’on harbiy va davlat institutlarini parallel ravishda qurish va takomillashtirish hamda asta-sekin mamlakat barqarorligini ta`minlashni afg’on milliy hukumatiga o`tkazishga asoslanadi.

Qayd etish lozimki, AQSh hukumati hozirda “Yangi Ipak yo`li” strategiyasini amalda tatbiq etishga kirishgan. J. Xopkins Universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari F. Starrning ommaviy axborot vositalariga bergan ma`lumotiga ko`ra, ushbu strategiya Afg’onistonni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni nazarda tutuvchi qadimgi “Ipak yo`li” bo`ylab yangi transport va energetika marshrutlarini shakllantirishga qaratilgan. “Yangi Ipak yo`li” strategiyasini 2009-yil Barak Obama ma`muriyati tomonidan ilgari surilgan “AfPak” strategiyasining mantiqiy davomi sifatida ko`rsa bo`ladi. “AfPak” strategiyasi, avvalam-bor, mintaqadagi vaziyatni barqarorligini ta`minlashda diplomatik vositalardan foydalanishni nazarda tutsada, harbiy kuchdan foydalanish asosiy instrument sifatida e`tirof etiladi. Shu bilan birga, ekspert V.Korgunning fikricha, “Yangi Ipak yo`li” strategiyasi J. Bush davridagi “Katta Markaziy Osiyo” kontseptsiyasining zamonaviy varianti hisoblanadi.

Buyuk Britaniya strategiyasi ISAF tarkibida ishtirok etishda tushunarli aniq siyosiy maqsadlarni shakllantirish, qonun doirasida armiya faoliyati, strategik rejani bajarish jarayoniga barcha muassasalarni jalb etishni nazarda tutadi. SHuning uchun konfliktni hal etishda siyosiy, iqtisodiy yo`llar bilan, xususan, aholini qo`llab-quvvatlash va ishonchiga erishish ko`zda tutilgan. Britaniya strategiyasi mojaroni siyosiy vositalar bilan hal etish orqali shakllantirilgan. U amalda Gilmend viloyatida qo`llab ko`rilgan va qator sabablarga ko`ra, xususan, mahalliy hukumat va politsiya institutlarining kuchsizligi, diniy va etnik guruhlarning ishtiroki, hokimiyatdagi korruptsiya, narkomafiyaning ta`sirida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Germaniya strategiyasi tarixiy, siyosiy (jangovar harakatlar olib borishga taqiqning mavjudligi) va geografik (nisbatan tinch hisoblangan Afg’oniston shimolida joylashganligi) kabi kompleks omillarni o`z ichiga qamrab oladi. Nemis strategiyasining mohiyati hujumkor amaliyotlarda ishtirok etishdan “qochish” va turli infrastrukturaviy loyihalarda ishtirok etishda ko`rinadi, ya`ni bundesver qismlari ko`makchi bo`linma (“qurilish batal’oni”) sifatida tayyorlangan.

Bugungi kunda butun dunyoda siyosiy jarayonlar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Shular qatorida Janubiy Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlar ham bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, keng jamoatchilikni e`tiborini o`ziga tortib kelmoqda. Xususan, Janubiy Osiyo mintaqasining davlatlaridan Pokiston Islom Respublikasining qo`shni Afg’oniston Islom Respublikasi bilan o`zaro munosabatlaridagi muammolarning saqlanib qolayotganligi dunyo xamjamiyatini o`ziga jalb qilib kelmoqda. Ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ikki tomonlama normativ-huquqiy hujjatlar jumladan, 2002-yil 22-dekabrida mintaqada tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta`minlash yuzasidan imzolangan Qobul deklaratsiyasi, 2005- yilgi “Pokiston Islom Respublikasi va Afg’oniston Islom Respublikasi o`rtasida tranzit qatnovi to`g’risida”gi kelishuv, 2007-yilgi “Pokiston Islom Respublikasi va Afg’oniston Islom Respublikasi o`rtasida o`zaro ishonchni mustahkamlash bo`yicha uch tomonlama qo`shma ishchi guruhini tuzish to`g’risidagi” shartnoma, 2009-yil 6-yanvarda imzolangan “Ikki tomonlama hamkorlik yo`nalishlari to`g’risida”gi qo`shma deklaratsiya, 2009-yilda imzolangan “Islomobod deklaratsiyasi” hamda “AIR va PIR tranzit yuklarini tashish to`g’risidagi” kelishuv, “AIR va PIR terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik to`g’risidagi” memorandumlar bo`lishiga qaramasdan o`zaro munosabatlar beqarorligicha qolmoqda.

Bunga ikki davlat munosabatlaridagi pushtun masalasi, chegara statusi hamda “Tolibon” harakati kabi omillar salbiy ta`sir ko`rsatib kelmoqda. Xususan, mazkur mamlakatlar tashqi siyosiy strategiyalarini ishlab chiqishda pushtunlar masalasi doim kun tartibining birinchi o`rinda turadi. Federal boshqaruvdagi qabilalar hududi yashovchi 4 mln. aholining 90 % ni pushtunlar tashkil etadi. Pushtunlarning umumiy soni 38 mln. kishini tashkil etib, ulardan 12,5 mln. Afg’oniston hududida, 25 mln. Pokistonda istiqomat qilishadi. Ikki davlatda yashovchi pushtunlarni birlashtiruvchi yagona “Buyuk Pushtuniston” davlatini qurishga intilishlar mintaqada notinch vaziyatning saqlanib qolishiga sabab bo`lmoqda60.

Shu bilan birga Afg’on – Pokiston munosabatlarida davlat chegaralarini belgilab olishda muammolar mavjud. Hozirgi vaqtda Britaniya Hindistoni va Afg’oniston tomonidan o`rnatilgan “Dyurand chizig’i” deb nomlanuvchi 2640 km.lik chegara Pokiston va Afg’onistonni bo`lib turadi.

Bu chegara to`g’risidagi kelishuv 1893-yil 12-noyabrda Qobul shahrida Afg’on amiri A. Rahmon va Britaniya Hindistoni vakili G. D. Mortimer tomonidan imzolangan. Keyinchalik “Dyurand chizig’i” 1905, 1919, 1921-yillarda ingliz – afg’on shartnomasi bilan tasdiqlangan. Bugungi kungacha chegaraning qonuniyligi masalasi ikki tamonning tortishuviga sabab bo`lib kelmoqda. 1949- yilda afg’on Loyi Jirg’asi Dyurand chizig’ini noqonuniy deb e`lon qilgan61.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ham bu muammo xususida, “Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashuvi uchun qo`shni Pokistonning rahbariyati, hukumati bilan hamkorlikda chegara muammolarini, birinchi navbatda Vaziriston hududidagi muammolarni hal qilish muhim ahamiyatga ega” deb bejizga ta`kidlamagan edi. So`nggi yillarda ikki davlat o`rtasidagi davlat chegaralarining tan olinmayotganligi chegaradagi vaziyatni keskinlashishiga olib kelmoqda.

Xususan, 2011-yil 26-iyun’ kuni Afg’oniston Milliy Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo`lib o`tgan. Ushbu kengashda AIR davlat rahbari X. Karzay joriy yilning iyun’-iyul’ oylari davomida Pokiston hududidan Afg’onistonning janubiy Kunar va Nangarxar provintsiyalariga 800 dan ortiq raketalar hujumi uyushtirilganligi oqibatida 42 nafar tinch aholi halok bo`lgan, 55 fuqaro yaralangan va 120 dan ortiq uylar vayron bo`lganligi sababli, 2 mingga yaqin tinch aholi o`z uylarini tashlab boshqa joylarga ko`chib o`tishga majbur bo`lganligini ma`lum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan, 2011-yil 4-iyul’ kuni Afg’oniston parlamenti yig’ilishda Pokiston hukumati tomonidan bo`lib o`tgan holat yuzasidan chora-tadbirlar ko`rmayotganligi sababli ushbu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzishga va PIR yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to`lashi shartligi ta`kidlangan. Shu bilan birga, Afg’oniston quyi palatasi (Uolesi djirga) deputatlari ham hukumatning qurolli xujumlarni to`xtatishga qaratilgan harbiy choralarini ham qo`llab-quvvatlashini bildirgan. Shuningdek, 2011- yilning 19-iyul’ kuni Qobulda PIR Prezidenti Yu.A. Zardori bilan AIR davlat rahbari X. Karzay o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tgan. Ikki davlat rahbarlari uchrashuvi davomida Pokiston Prezidenti Yu.A.Zardori mintaqaviy xavfsizlik, savdo-tranzit masalalari bilan birga hududlardagi chegara holatlariga ham to`xtalib, Pokiston ushbu holat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`rishini ta`kidlab o`tgan. Ushbu uchrashuv davomida, Pokiston Iislom Respublikasi Mudofaa Vaziri R. Malik hamda Afg’oniston Islom Respublikasi Mudofaa Vaziri B.X.Muhammadi Pokiston – Afg’on chegaralaridagi mavjud muammolarni oldini olish maqsadida nazorat postlariga beometrik tizimni shakllantirish va chegaralardagi fuqarolarning o`tib qaytishini tartibga solish tizimini kelishib olishgan.

So`nggi yillarda PIR va AIR munosabatlarida “Tolibon” xarakati ham destruktiv omil sifati nomoyon bo`lib kelmoqda. Jumladan, “Afganistan. ru” internet saytining ma`lumotlariga ko`ra, Pokiston Islom Respublikasidagi 37 ming madrasa va 2 mingdan ortiq jangarilar tayyorlanadigan norasmiy markazlarda tolibon harakati uchun jangarilar tayyorlab berayotganligini ma`lum qilgan. 2011-yilning iyun’ oyida AIR Prezidenti Xamid Karzay, NATO Qurolli Kuchlari boshlig’i D. Petreus va AQSh ning Afg’oniston Islom Respublikasidagi elchisi K. Eykenberrilar ishtirokda bo`lib o`tgan Afg’oniston Milliy Xavfsizlik Kengashining yig’ilishida tomonlar rasmiy Islomobodni Tolibon harakatini qo`llab-quvvatlashini to`xtatishga chaqirgan.

Bundan tashqari, 2011-yilning 20-sentyabrda Afg’oniston sobiq Prezidenti, Tinchlik kelishuvi Kengashi (TKK) rahbari, Burxoniddin Rabboniy o`ldirilishi ikki davlat munosabatlarini yanada keskinlashuviga olib kelgan. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, AQSH va NATO harbiylarining Afg’oniston hududidan chiqib ketishi “Tolibon” harakatining faoliyatini kuchayishi va davlatning barcha xududlarini o`z nazoratiga olishiga olib kelishi mumkin. Bu esa nafaqat Janubiy Osiyo balki AIR bilan bevosita chegaradosh bo`lgan Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimiga ham salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.


Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish