Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


Benazir Bxutto – Pokiston xalq partiyasi lideri



Download 375 Kb.
bet11/16
Sana15.08.2021
Hajmi375 Kb.
#148230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ваккасов

2.2. Benazir Bxutto – Pokiston xalq partiyasi lideri

Benazir Bxutto 1985-yildan Pokiston xalq partiyasi hamraisi vazifasini bajarib, 1980 – 2007-yillarda Pokiston xalq partiyasining rahbari sifatida faoliyat ko`rsatdi. Keyinchalik uning ishlarini uning farzandi Bilaval Zardari davom ettirdi. 1988-yilning noyabrga belgilangan saylovlar bekor etilmadi, balki, partiyalar ishtirokida o`tishi belgilab qo`yildi. Saylovlarda g’olib bo`lishga asosiy davogar Pokiston xalq partiyasi va uning rahbari Benazir Bxutto hisoblanar edi. Barcha siyosiy kuchlarga nisbatan u va uning partiyasi siyosiy rejimdan bezor bo`lgan insonlar uchun jozibador va uyushqoq ko`rinardi. Harbiylar Pokiston xalq partiyasining g’alabasiga tavakkal qilib, uning rahbari imkoniyatlarini mustahkamlashga intildi. Natijada, Pokistonda armiya boshqaruvidagi harbiy blok ya`ni “Islom demokratik al`yansi” (Islam jumhuri ittehad)ni paydo qilish haqida mustahkam fikr vujudga keldi43. Ushbu partiya asosini Pokiston musulmonlar ligasi tashkil qildi. Oqibatda sindlik yirik er egasi oilasi vakili M.X.Djunedjo o`rniga panjoblik yirik sanoat xo`jayini oilasi vakili yosh Mian Navoz Sharif keldi.

1988-yil 24-noyabrdagi saylovda Benazir Bxutto partiyasi g’alaba qozonishi aniq edi, ammo, bu ham to`liq emas edi. Sababi, Milliy majlisda (Quyi federal qonunchilik organi) partiya uning 48 % o`rnini egallab, saylovchilarning 39% ginasi ularga ovoz bergandi44.

Pokiston xalq partiyasi uchun hududlarning ovoz berish ko`rsatkichi qanchalik yomon statistikani taqdim etgandi. Benazir Bxutto uchun qadrdon o`lka Sind aholisi 90% uning partiyasini yoqlagan bo`lishsa, yirik o`lka Panjobda Pokiston xalq partiyasi Islom jumhuri ittehadga (Islom demokratik al’yansi)ga imkoniyatni boy bergan edi. Pokiston xalq partiyasi Belujiston va chegaradagi kichik Shimoliy-G’arbiy provintsiyalari bilan hamkorlikda hokimiyatni rasmiylashtirdi.

Benazir Bxutto Sindning taniqli va boy zamindori Zardari oilasi vakili Asaf Aliga turmushga chiqib, uning tanqidga uchrayotgan harakatlari natijasiga ro`baro` keldi. Sababi, Asaf Ali oilasi mavqeyidan boylik orttirish yo`lida foydalanib, “janob 10 foiz” nomini orttirdi45. Lekin, Benazirning onasi Nusrat Bxutto doimo shubha ostida qolaverdi. Chunki, vazirlar idorasida Nusrat Bxutto ham mas`ul lavozimga tayinlangan edi.

Bu jihat oilaviy ijrochi hokimiyatini yuzaga keltirdi. Bu holat Pokistondagi etnik guruhlar o`rtasida hokimiyat ta`sirining susayishiga olib keldi. Bunday holatlar markazida 1980-yillarning so`ngida Karachi shahri bo`ldi. U yerda Afg’onistondagi urush harakatlari ta`sirida qochib kelgan katta miqdorlagi pushtunlar jamoasi shakllandi. Bir vaqtning o`zida ko`p millionli nohiyalarga afg’on qochoqlari joylashtirildi46.

Pushtunlar, qashshoq va ish qidirib yurgan panjobliklar bilan yonma-yon qabiladosh bo`lib qoldi. Bunday holat o`z-o`zidan ajdodlardan meros bo`lgan yurt sifatida bu yerlarning egasi deb o`zini hisoblovchi muxojirlar va ikkinchi tomondan afg’on, pushtun va panjobliklar o`rtaisda mehnat bozorida keskin raqobatni yuzaga keltirdi. Iqtisodiy va xo`jalik nizolari asta-sekin siyosatga ko`chdi. Muxojirlar o`rtasida “muxojir qavmi muvment” (muhojirlar milliy harakati) partiyasi tashkil topdi47.

Partiyani sobiq talabalar jamoasi lideri, taniqli siyosatdon Altef Huseyn boshqardi. Muxojirlarga qarshi bo`lgan qavmlar alohida guruhlarni tashkil qildi.

1988-yilgi saylovlarda urdu tilli muxojirlar Sindning yirik shaharlari Haydarobod, Sukkura va Karachida ajratilgan o`rinlar uchun qattiq kurash olib borib, milliy muxojirlar harakati g’alabalarga erishdi. Shu sababdan, 1988-yil noyabrda Milliy muxojirlar harakati Pokiston xalq partiyasining ittifoqchisi sifatida siyosiy maydonga chiqdi, 10 oy davomida boshqaruvchi partiya sifatida mavqe egallab, Sind hududini alohida federal provintsiyadek boshqarishdi. Ammo, ittifoqchi partiyalar o`rtasida munosabatlar murakkablashib boraverdi. Asosiy tortishuvli masala muxojirlarni repatriatsiya qilish masalasi bo`ldi.

Sababi, “bixar” deb nomlanuvchi bu holat 1970-yillarda Bangladeshning Dakka shahri yaqinida lagerlarga qochoqlar sifatida joylashtirilgan muxojirlarga Pokiston Sind hududi bo`ylab joylashish imkonini bergandi. Ammo, bunga panjobliklardan tashqari, sinkx va pushtunlar ham qarshi chiqib, bu yerda muxojirlar soni oshib borib, azaldan yerli xalq bo`lgan xalqlarga xavf solishi va o`zlarining alohida “sub”larini tashkil etishi mumkinligini qoralab chiqishdi.

Haqiqatda milliy muxojirlar harakatining asosiy mafkurasi, muxojirlarni mamlakatdagi asosiy yirik etnik birliklarning beshinchisi deb tan olinishini ta`minlash, eng kamida Karachi shahrining ularga hudud sifatida belgilash hisoblanardi48. Milliy muxojirlar harakati partiyasining boshqa talablari doirasiga provintsiyalar va shahar markazlari mahkamasida mavjud lavozimlarga saylashda muxojirlarga ko`proq kvota-o`rinlari ajratish, muhokamali masalalarni sikxlar qiziqishiga to`g’ridan-to`g’ri qarshi chiqqan holatda ham hal etishda ishtirok etish kabilar kirardi. Markaziy boshqaruv apparatida asosiy hukmron partiya sinkxlarning milliy ustunligini ta`minlamaslikning imkoni yo`q edi.

Sababi, u o`zining mashhurligi va provintsiyalardagi ta`siri bilan radikal kayfiyatga ega edi. Bundan tashqari, Sind milliy al’yansi va “Assalom Sind” harakati (Jiye Sindx motaz) M.G.Said boshchiligida ushbu ta`sir doirasining mustahkamligini ta`minlardi49.

1989-yil oktyabrda Milliy muxojirlar partiyasi Pokiston xalq partiyasi bilan rasman bo`linganligini e`lon qildi, Islom demokratik al’yansi tomonidan ishonsizlik votumi joriy etish uchun yaqin munosabatda bo`ldi. Ammo, oppozitsiya 1-noyabr’ kuni etarlicha ovoz to`play olmay olmaganligi uchun Benazir Bxutto mahkamasi o`z faoliyatini davom ettirdi, ko`plab jiddiy muammolarga duch kela boshladi. Bularning ichida qonunchilik va tartibga doir holatning keskinlashuvi xavfli hisoblanadi. Buholat ayniqsa, Karachi va Sindda “dakoytlar” ya`ni ko`cha bezorilari, bandalarning ko`payishida namoyon bo`ldi50. Sindlik dakoytlar shaharlar bo`ylab harakatlarib, qishloqlarda amalga oshirgan operatsiyalarini yashirin saqlashdi. Ular taniqli va boy xonadon egalarini garovga olib, buyurtma asosida ularni talon-taroj qilar, katta pul evaziga ularni ozod etish talabini qo`yishardi. Ularning harakati, Sind, Karachida tadbirkorlik faoliyatiga jiddiy zarba berdi. Fond birjalarida yirik kompaniyalar sarmoyalari va qimaatbaho qog’ozlar qiymati qadrsizlarini kuzatildi.

Notinch vaziyat, Karachidan ko`plab tadbirkorlar hayotiga bo`lgan jiddiy xavf tufayli, ishlab chiqaruvchilar qatlamining qochib ketishiga sabab bo`ldi. Ishlab chiqarish vositalarini chet elga olib chiqib ketishga, yoki mamlakat shimoliga Panjob, Laxor va poytaxt Islomobod jamaosiga yaqin hududlarga ko`chirish imkonini qidirishga majbul etdi.

Shuni aytish joizki, Benazir Bxutto partiyasining saylovlarda g’olib chiqishi va uning bosh vazir lavozimin egallashi, yirik xususiy kapital sohiblarini keskin cho`chitib yuborgandi51. Ular uning otasi yuritgan siyosatda milliylashtirish muhim jihat ekanligini yaxshi eslashardi. Shuning uchun ular erishilgan tajribani yo`qotishdan qo`rqardi. Benazir Bxutto ishlab chiqaruvchilar va bankirlar o`ylaganchalik talabni oshirmadi va milliylashtirishga oshiqmadi ham. U vaqt o`zgardi deb ta`kidladi. Garchi, uning dasturida qashshoqlikka qarshi kurashish va ijtimoiy nohaqliklarga katta e`tibor qaratmasligiga qaramasdan, ushbu maqsadlarni yuzaga chiqarish usullari tamoman boshqacha edi. Benazir Bxutto hukumati davlat sektori-ning ayrim qismini xususiylashtirish haqida reja ishlab chiqqanligiga qaramay, bu yo`lda deyarli biror muhim qadamni tashlagan emas. Uning birinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan paytda bo`lganidek, keyin ham xususiy kapitalga nisbatan ishonsizlik bilan qaraldi. 1988-yil mamlakatdagi iqtisodiy holat ham birdaniga yomonlashdi, pulning qadrsizlanishi tezlashdi, byudjet taqchilligi yalpi ichki maxsulotning 8,5 % igacha oshdi. Mamlakatning tashqi qarzi eksport quvvatiga nisbatan 28 % gacha oshdi. Pokistonning valyuta zahirasi 438 mln dollargacha qisqarib, import uchun uch xaftagacha etadigan holatga tushib qoldi52.

Jahon banki bilan kelishuv asosida o`zlashtirilgan 1,2 mlrd dollar mablag’ni hukumat dastlabki muvaffaqiyatga erishib, qiladigan foyda hisobiga qaytarishga va`da berdi. Lekin, bunday imkoniyatning yo`li uzoqlashib, mamlakat tashqi savdosida kuchli inqiroz sharoiti paydo bo`ldi. Pokiston jamiyatidagi iqtisodiy muvozanatni tiklash dasturi jahon banki bilan belgilangan ijro muddatlari uzaytirildi. Benazir Bxutto hukumati faoliyati aynan mamlakatdagi mushkul bir moliyaviy inqiroz holatida kechdi, boz ustiga bu hukumatning inqirozga qarshi chidamlilik quvvati etmadi. Buning uchun ichki va tashqi vaziyatlarta`sirida qulay fursat yuzaga kelishi kerak edi. Aytib o`tish lozimki, hukumat konfiguriyasida ham turli qarashlar mavjud bo`lib, Ziyo ul-Haqning halokati vaziyatni ancha murakkablashtirgan edi. Bir vaqtning o`zida xalq tomonidan saylangan parlament bilan birgalikda yana ikkita siyosiy institut mavjud edi. Bular: fuqarolik byurokratiyasining oliy namunasi bo`lgan prezident va uning atrofidagi siyosiy elita va mamlakat quruqliq qo`shinlari shtabi boshlig’i general rahbarligidagi armiya vakillari. Shu tariqa rus tarixchi olimlari qo`llagan atama bilan ifodalansa, hokmiyatda “uchburchaklik” yoki “uchlik” hosil bo`ldi53. Hokimiyatning bunday uch tomonga bo`linish shakli Ziyo ul-Haq zamonidan meros qolgandi. Bunday holatning yuzaga kelishi Pokiston konstitutsiyasiga kiritilgan 8-o`zgartirishning natijasi edi. Chunki ushbu o`zgartirishga binoan konstitutsiyaning 5-bo`limida prezident vakolatlari oshirilib, u siyosiy maydondagi erkin vakil rolini bajarib, mamlakat armiyasining prezident va bosh vazir o`rtasida kelishmovchilik paydo bo`lganda, uchinchi hokimiyat sud hokimiyati sifatida veto qo`yish huquqi saqlab qolingandi54.

Bunday o`ziga xos tizim 1998 -yilgacha Pokistonda saqlanib qoldi, 1999-yilgi harbiy to`ntarish tufayli ikkita siyosiy institut prezident timsolidagi byurokratiya va armiya birlashdi. Pokistondagi byurokratiya siyosiy qatlami zamonaviy Pokistonning siyosiy tizimi uchun demokratiyani cheklab turuvchi, uning ijobiy tomonlarini inkor etuvchi xarakterga ega. Bu bilan bemalol ommaviy axborot vositalarining erkin harakati, mustaqil sudlov tizimi, siyosiy harakatlar erkinligini cheklash mumkin.

Shuning uchun Benazir Bxutto hukumat tepasiga kelishi bilan Ziyo ul-Haq boshqaruvi paytida qamalgan maxbuslar, sudlangan harbiy tribunallar maxbuslari, talabalar va kasba uyushmalari faoliyati kabilarga qo`yilgan ta`qiqni bekor qilish maqsadida tezkor kengash chaqirib, favqulotda vaziyatni bekor qildi. Shu vaqtning o`zidan Sind provintsiyasida qonunga xilof to`qnashuvlar, talabalar tashkilotlari, etnik guruhlar o`rtasida to`s-to`palonlar, nohaq qon to`kilishlar avj olib ketdi. Natijada 1989-yilda yarim harbiy holat joriy etilib, politsiya vakillari soni oshirildi, oqibatda armiya kuchi yordamida tartib o`rnatildi. 1990-yilda Karachi shahrining o`zida harbiylar kontingenti 15 ming kishidan oshib ketdi.

Benazir Bxutto hukumati ichki muammolar girdobida qolgan bir vaziyatda tashqi siyosatda ham jiddiy muammolar yuzaga keldi. U to`qnashgan dastlabki muammo “afg’on mojarosi” bo`ldi. 1988-yilning avgustida sovet qo`shinlari Afg’oniston hududining yarmini tark etib bo`lishgandi. Lekin, Islomobod rasmiylarida Moskva qaroriga nisbatan to`liq ishonch yo`q edi. Shuning uchun ular ehtiyotkorlik yo`lidan borishdi. S.Yaqubxonning mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimida qolishi Afg’onistondagi kuchlarni ruslarga qarshi harbiy jihatdan ta`minlab turish bo`yicha Jeneva kelishuvining o`z kuchini saqlab qolishiga sabab bo`ldi.

1989-yil 15-fevralda ittifoq qo`shinlarining Afg’onistondan olib chiqib ketilishi yakunlanishi bilan Islomobod Qobuldagi tizim kuchsizligini ta`kidladi. Shu yil mart oyidan boshlab, afg’on mujohidlarining Qobulga yo`l oluvchi Pokiston chegarasiga yaqin bo`lgan Jalolobod shahriga hujumi uyushtirildi. Hujum to`xtatildi, may oyida “kommunistlar” yordami bilan qilinayotgan ishning ortida Pokistondagi kuchlar turganligi ma`lum bo`ldi.



Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish