Naftion kislota (natriyli tuzi)



Download 2,74 Mb.
bet11/29
Sana30.04.2022
Hajmi2,74 Mb.
#599050
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Organik kimyo

Savollar va topshiriqlar

  1. Amalga oshirilgan tajribalarning tenglamalarini yozing va izohlab bering.

  2. Kalsiy gidroksidning karbonat angidrid bilan reaksiya tenglamasini yozing



8-laboratoriya ishi. Orgаnik moddаlаr tаrkibidаgi аzot, oltingugurt va gаlogеnlаrni аniqlаsh usullаri


Kerakli asboblar: shtativ probirkalari bilan, gaz chiqarish nayi, qisqich.
Reaktivlar: glyukoza (shakar), glitserin, mis (II)-oksid, ohakli yoki bariyli suv
Organik moddalar tarkibiga kiruvchi galogen, azot va oltingugurtni aniqlashning bir necha usullari mavjuddir. Bulardan biri o’rganilayotgan moddani ishqor qo’shib qizdirishdir. Galogen, azot yoki oltingugurt tutuvchi organik moddaga ishqor qo’shib qizdirganimizda azotning ko’p qismi ammiakga aylanadi, galogenlar galogenidlarga, oltingugurt esa sulfidlarga o’tadi.
Hosil bo’lgan moddalarni odatdagi rangli reaksiyalar yordamida aniqlaymiz. Hayvon organizmlarida va o’simliklarda hosil bo’ladigan ba’zi bir organik moddalarning tarkibidagi azotni, shu moddalarni yondirganimizda hosil bo’ladigan piridin asoslari hosilalarining o’ziga xos hidiga qarab aniqlashimiz mumkin (masalan, shoyi, jun, soch, shox va boshqalar).
Azot, oltingugurt va galogenlarni aniqlash usullaridan biri tarkibiga shu elementlar kiruvchi moddalarni natriy metali qo’shib qizdirish yo’li bilan parchalash usulidir. Natriy metali qo’shib qizdirganimizda modda tarkibidagi azot - natriy sianidga, oltingugurt - natriy sulfidga va galogenlar - galogenidlarga aylanadi.
Azotni aniqlash uchun suvda eмritib filtrlangan reaksion aralashmaning bir qismiga temir (II)-sulfat va temir (III)-xlorid eritmalaridan quyamiz. Bunda natriy sianid kompleksi ferotsianid tuziga - berlin zangorisiga aylanadi. Ishqoriy muhitda Fe3+ ionlari gidroksil ionlari bilan bog’lanib temir gidroksidga aylanadi va berlin zangorisi hosil bo’lmaydi. Shu sababli reaksion aralashma suvda eritilganda muhit ishqoriy bo’lsa xlorid kislota qo’shib kislotali muhitga o’tkazishimiz kerak bo’ladi, chunki berlin zangorisi temir gidroksidni kislota ta’sirida eritganimizdan keyingina hosil bo’ladi.
Na + (modda-C) + (modda-N) NaCN + …
NaCN +FeSO4 Fe(CN)2+Na2SO4
Fe(CN)2+ 4NaCN Na4[Fe(CN)6]
3Na4[Fe(CN)6] +4FeCl3 Fe4[Fe(CN)6]3+12NaCl
Bu reaksiyada aralashmaga temir (III)-xlorid tuzini qo’shish shart emas, chunki Fe3+ amalda doimo temir (II)-sulfat tarkibida bo’ladi.
Reaksion aralashma - filtratning ikkinchi qismiga qo’rg’oshin atsetat eritmasidan yoki natriy nitroprussidning yangi tayyorlangan eritmasidan qo’shish bilan oltingugurt borligi aniqlanadi. Natriy sulfid bilan natriy nitroprussidning o’zaro ta’sirlashuvidan beqaror binafsha rangli kompleks birikma hosil bo’ladi:
Na2S + Na2[Fe(CN)5NO] Na3[Fe(CN)5ONSNa]
Natriy qo’shib qizdirish ancha xavflidir. Shu sababli oltingugurtni natriy qo’shib qizdirmasdan ham aniqlash mumkin. Buning uchun oltingugurt tutuvchi moddaga chinni kosachada ozroq miqdorda konsentrlangan yoki tutovchi nitrat kislota qo’shib to’la uchib ketguncha qizdiramiz. Qoldiqqa yana ozroq miqdorda kislota qo’shib bug’latamiz. Bunda modda oksidlanib parchalanishi natijasida oltingugurt sulfat kislotaga aylanadi. Qoldiqni suvda eritib filtrlaymiz va filtratga bariy xlorid eritmasidan tomizsak, bariy sulfatning erimaydigan oq cho’kmasi hosil bo’ladi. Natriy qo’shib qizdirilgandagi reaksion aralashma suvdagi eritmasi filtratning uchinchi qismiga galogenlarni aniqlashga xalaqit beruvchi sulfid va sianidlarni yo’qotish uchun nitrat kislota qo’shib mo’rili shkafda qizdiramiz. Bunda sulfidlar oksidlanib vodorod sulfidga, sianidlar esa vodorod sianidga aylanadi va uchib ketadi. Aralashmani sovutib, ustiga bir necha tomchi kumush nitrat eritmasidan tomizsak cho’kma hosil bo’ladi, uni rangiga qarab moddada qaysi galogen borligini ham taxmin qilish mumkin. Kumush xlorid - oq rangli (yorug’likda saqlansa qoraya boshlaydi), bromid - sargish, yodid esa sariq rangli bo’ladi.
Na+(modda-Cl)NaCl + ...
NaCl +AgNO3  AgCl + NaNO3
Organik moddalar tarkibidagi galogenlarni aniqlashning yana bir usuli, galogen tutuvchi organik modda kaliy permanganat bilan oksidlanganda galogenid-ionlar erkin galogenlargacha oksidlanishiga asoslangan.
Bunda hosil bo’lgan galogenlar organik erituvchida oson eriydi. Eritmaning rangiga qarab brom yoki yod borligini aniqlash mumkin, chunki ular eritmani xarakterli rangga bo’yaydi. Bu usuldan foydalanib galogenlarni miqdoriy aniqlash ham mumkin. Organik moddalarda galogenlar borligini aniqlashning eng oson usullaridan biri rus akademiki Beylshteyn taklif etgan mis simi bilan galogeni bor moddani qo’shib qizdirishdir.
Qizdirilgan simni organik galogen tutuvchi moddaga tekkizib yana qizdirilganda alanga rangi uchuvchi mis (I)-galogenidi hosil bo’lishi natijasida zangori rangga bo’yaladi. Bu reaksiya juda sezgir bo’lib, oz miqdordagi galogenlarni ham aniqlash imkonini beradi. Masalan, bu usul bilan so’lakdagi juda kam miqdordagi xlorni ham aniqlash mumkin.
2CHC13 + 5CuO  CuC12 + 4CuC1 + 2CO2+H2O
Tuzsimon organik moddalarni qattiq qizdirganimizda ishqoriy metallarning karbonatlari yoki ishqoriy yer metallarining oksidlari yoki boshqa anorganik birikmalar hosil bo’lishi mumkin. Reaksion aralashmaning suvdagi eritmasi organik modda tarkibida ishqoriy yoki ishqoriy yer metallari bo’lsa, ishqoriy reaksiya beradi (pH>7) va xlorid kislotada to’la eriydi. Xlorid kislotada to’la erimasa, bu organik modda tarkibida og’ir metallar borligini ko’rsatadi.

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish