Savollar va topshiriqlar
Zaharli gaz bilan ishlashda qanday ehtiyot choralariga e’tibor berish kerak.
Qanday hollarda tajribani mo’rili shkafda amalga oshirish kerak.
Qanday hollarda tajribani ochiq alangada amalga oshirib bo’lmaydi.
Laboratoriya xonasida ishlaganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
Laboratoriyada inson organizmiga ta’sir qiluvchi zararli gazlar bilan zaxarlanganda qanday birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi?
2-laboratoriya ishi. Orgаnik kimyo lаborаtoriyasidа ishlаtiladigan asbob vа uskunаlаr bilаn tаnishish
Oddiy va kalibrovka qilingan probirkalar oz miqdordagi reaktivlar bilan ishlashda qo’llaniladi (1-rasm). Reaktivning egallagan hajmi probirka hajmining yarmidan ortmasligi kerak.
a b
1-rasm. Probirkalar: a-oddiy; b-kalibrovka qilingan
Laboratoriyada burunli yoki burunsiz, oddiy yoki o’lchamli stakanlar turli laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan (2-rasm).
a b c
2-rasm. Kimyoviy stakanlar: a - burunchali; b-burunchasiz; c - kalibrovka qilngan
Laboratoriyada turli o’lcham va shakldagi kolbalar qo’llaniladi (tubi yassi, tubi yumaloq va konussimon) (3-rasm).
a b c
3-rasm. Kolbalar: a - tubi yassi; b - tubi yumaloq; c – konussimon
Vyurs kolbasi 60-80° burchakda egilgan shisha trubkali tubi yumaloq kolba. Undan gaz olishda, atmosfera bosimida suyuqliklarni haydashda foydalaniladi.
Nay chiqarilgan, deflegmator o’rnatilgan, nasadka o’rnatilgan, yumaloq tubli kolbalar haydashning turli hollarida ishlatiladi (4-rasm).
a b c
4-rasm. Haydash kolbalari: a-Vyurs kolbalari: b-Klyayzen kolbalari: c-Favorskiy kolbasi
Kimyoviy voronkalar suyuqliklarni filtrlashda, bir idishdan ikkinchi idishga quyishda ishlatiladi (5-rasm). Suyuqliklarni reaksion aralashmaga oz-oz miqdorda qo’shish uchun uzun nayi bor har hil shakldagi tomizgich voronkalar ishlatiladi. Ajratgich voronkalar qalin shishadan tayyorlanadi. Ularning suyuqlik quyiladigan naychasi tomizgich voronkaning nayiga nisbatan qisqaroq bo’ladi. Bu voronkalar aralashmaydigan suyuqliklarni bir-biridan ajratishda, moddalarni ekstraksiya qilishda ishlatiladi.
5-rasm. Voronkalar: a-kimyoviy; b-tomizgich; c-ajratkich
Deflegmatorlar suyuqliklar aralashmasini haydash, yani ikki suyuqlikni bir-biridan to’la ajratish uchun ishlatiladi (6-rasm). Deflegmator ichidagi nay sirti har hil usullar bilan kengaytiriladi. Sirtni kengaytirish naydagi konussimon egiklar hisobiga amalga oshiriladi. Egiklar shunday joylashganki deflegmatorlar ichida xuddi spiral joylashganga o’xshaydi. Natijada modda bug’larining o’tish yo’li uzayadi. Deflegmatorlar sifatida shisha munchoq yoki shisha halqachalar to’ldirilgan shisha kolonkadan foydalanish mumkin.
a b c
6-rasm. Deflegmatorlar: a-sharikli; b-archasimon; c-nasadkali
Organik reaksiyalarning ko’pi qizdirilganda ko’pincha reagentlar qaynatilganda boradi. Shuning uchun aralashmadagi komponentlar bug’lanib chiqib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idishga qaytarma sovutgich ulanadi. Laboratoriya amaliyotida shisha sovutgich ishlatiladi. Bug’ kondensatsiyalanib, reaksion aralashmaga qaytib tushishi uchun sovutgich idishga qaytarma qilib ulanadi. Oddiy qaytarma sovutgich havo sovutgichi bo’lib, u oddiy uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutgich qaynash temperaturasi 150 0C dan yuqori bo’lgan moddalar bug’ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi (7-rasm).
a b c d e
7-rasm. Sovutgichlar: a-havo sovutgichi; b-Libix sovutgichi; c-sharikli sovutgichi: d-ichki nayi spiral shakldagi sovutgich: e-Dimrot sovutgichi.
Hozirgi vaqtda laboratoriya ishlari uchun standart shlifli shisha idishlar ishlatiladi. Shlif asbobni germetik berkitib turadi. Shlifli asboblarda ishlanganda olingan moddalar probkalar bilan ishlaganda olingan moddalarga nisbatan ancha toza bo’ladi. Chunki shliflar temperatura va har hil reagentlar tasiriga chidamli. Shliflar bir necha xil: yassi, konussimon va shar shaklda bo’ladi. Ko’p idishlarning shliflari konussimon shaklda tayyorlanadi (8-rasm).
a b c d
8-rasm. Shlifli kolba (a), nasadkalar (b), ajratgich voronka (c), alonj (d)
Do'stlaringiz bilan baham: |