68
Rustamni uyg‘otadi. Rustam sarosimaga tushmaydi. U devlarni yaqin keltirish va
qo‘qqisdan hujum qilish uchun qasddan orqasiga qarab ot surib ketadi. Uni quvib
borayotgan devlar endi g‘alaba qozonishlariga ishonadi, har qanday qilib bo‘lsa
ham, Rustamni tiriklayin ushlab, qattiq jabrlashga ahd qilishadi. Lekin birdan
Rustam
otini dushman tomoniga burib, devlarga hamla qiladi, ularga burgutday
chang soladi. Devlar tumtaraqay qocha boshlaydi, ularning ko‘plari o‘ladi, ko‘plari
yaralanadi...
Qadimgi xalq og‘zaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda ham, dev
obraziga murojaat qilishning o‘z falsafasi bor. YA’ni g‘ayritabiiy maxluq bo‘lgan
dev obrazining paydo bo‘lishining o‘zi ijodiy tafakkur ojizligidan emas,
balki
yuksakligidan dalolat beradi. Jamiyatda shunday kuchlar bo‘ladiki, ularni tobe
qilganning har qanday koriga yaraydi, ularga tobe bo‘lib qolganni birin-birin “yeb
qo‘yadi”. Ular har xil ko‘rinishda hayot sahnasiga kirib keladi. Ba’zan ularni nomi
bilan atash ham xavfli bo‘lib qoladi. Devlar ana shunday kuchlar timsoli edi.
Bunday timsolni topish uchun esa katta tafakkur kerak edi.
Bundan tashqari, parchaga e’tibor qaratilsa, devlar turli xil maxluqni minib
olganlari kuzatiladi. Ular ot, fil, cho‘chqa, tulki, it va ilonlar. Nega juda ko‘p
maxluqlar orasidan aynan shu oltitasi tanlanganida ham o‘ziga
xos mazmun
bo‘lishi tabiiy. Ehtimol, epos ijod qilinayotgan davrda so‘g‘dlarga shu hayvonlarni
muqaddaslashtirgan qavmlar hujum qilib turgandir. Yoki so‘g‘dlar adabiy
tafakkurida bu hayvonlar alohida tushunchalarni ifodalagan va ular zararli ekani
bois devlar tomoniga qo‘yilgandir. Devlarning odamlarday fikrlashi, shahar qurib,
unda yashashi ular aslida g‘ayritabiiy maxluq emasligini ko‘rsatadi. Lekin
ularning
piyoda va “kalxatday parvoz qilishi”da majoziy ma’no bor.
Rustamga o‘xshash kuchli, jasur, shijoatli, pahlavon qahramonlarning
yaratilishi o‘tmishda dushmanni faqat jismoniy kuch bilan yengish tafakkuri ustun
bo‘lganidan dalolatdir. Afsona va rivoyatlar ustida uzoq davrlar ijodiy ishlanadi.
Bu jarayonda xalq tafakkuri o‘zgarib, o‘zgarishlar afsona g‘oyasiga singib boradi.
69
Rustam obrazi ustida ham jiddiy ishlangani seziladi. U
asta-sekin ishlarida aqlni
ustun qo‘yuvchi, hatto shaharlar bunyod etuvchi monumental qahramonga aylandi.
Firdavsiy uni o‘z “Shohnoma”siga bosh qahramon qilib oldi. Bunda u katta
arbob, ustoz sifatida ham talqin qilindi. Mashhur “Siyovush” afsonasi bosh
qahramoni ustozi ham Rustamdir. U chinakam pahlavonlik timsoliga aylangan.
Adabiyotlarda u “Rustami doston” deb ham yuritiladi.
Siyovush afsonasi. Siyovush afsonasi ham Sharqda keng tarqalgan va shuhrat
tutgan asarlardan. Uning nisbatan mukammal varianti “Tarixi Tabariy”da
keltirilgan. Ibn al-Asirning “Tarixi komil” asarida uning qisqacha mazmuni
berilgan. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida afsonaning Buxoroga taalluqli
jihatlari, Siyovush zamonidan qolgan yodgorliklar haqida so‘z boradi.
Akademik S.P.Tolstov Beruniy ma’lumotlariga tayanib,
Siyovush miloddan
avvalgi XIII asrda Xorazm davlatiga asos solganini aytadi va miloddan oldingi I
asrdan milodning VIII asrigacha Xorazmda ishlangan tangalarda Siyovush tasviri
tushilganini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, olim Siyovush haqidagi kichik afsonani
ham keltiradi. Olimning ma’lumotlari Siyovushning tarixiy shaxs bo‘lganiga
guvohlik beradi. Lekin bundan afsonani tarixiy ma’lumot sifatida qabul qilish
kerak degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. U chin ma’noda badiiy ijod namunasi
sifatida maydonga kelgan. Bu haqda YE.E.Bertels, A.Qayumov, N.Mallayev kabi
olimlar yakdildirlar.
Ko‘hna Sharqda nasriy asarlarning saqlanib qolishi, ko‘pincha, ularning
tarixiy ahamiyati bilan sodir bo‘lgan. Tarixiy ahamiyat deganda, bu yerda, biror
mashhur tarixiy shaxs yoki tarixiy voqea bilan aloqadorlikni tushunish kerak.
Binobarin, shunday xususiyatga ega bo‘lmagan nasr namunalari aksar vaqt
unutilishga mahkum edi. Shuning uchun mualliflar o‘z
nasriy asarlariga tarixiy
shaxslarni bosh qahramon qilib olishlari yoki majoziy asarlarda didaktikaga yoxud
aysh-ishrat motivlariga ko‘proq o‘rin berishlari kuzatiladi. Ba’zan adib va uning
muxlislari tomonidan asar qahramoni tarixiy shaxs sifatida talqin qilingan bo‘lishi
ham mumkin. Biz uchun, bulardan tashqari, asarning badiiy unsurlarga egalik,
70
adabiylik mezonlarigi moslik darajasi muhimroq. Berilgan matn asl bo‘lsa uni, asar
mazmuni bo‘lsa,
u orqali aslni tasavvur qilib, uning g‘oyaviy va badiiy
xususiyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Shu maqsadda
Do'stlaringiz bilan baham: