142
ham xuddi shu narsalar alohida lavhalar bilan takrorlanib keladi, qisqasi,
muqaddima nasr va nazmdan iborat bir narsaning ikki xil takrori bo‘lib qoladi. Bu,
albatta, muallifning ishi emas...
Uchinchidan, mundarijada keltirilgan sarlavhalar
bilan tekstdagi sarlavhalar
tarkibidagi so‘zlarga ko‘ra farq qiladi, tekstdagi ayrim bob nomlari mundarijada va
mundarijadagi bob nomlari tekstda uchramaydi. Demak, tekstdagi boblar nomining
umumiy mazmunini saqlab, o‘zga shaxs mundarijani o‘z so‘zlarini aralashtirib
yoza bergan.
To‘rtinchidan, nasriy muqaddimada muqaddima avtori kitob muallifi haqidagi
bahsda uchinchi shaxsni nazarda tutib gapiradi...”
15
Muqaddima asar yozilib atrof yurtlarga tarqalgani va o‘z e’tirofini topgandan
keyin qo‘shib qo‘yilganini undagi: “Bu kitob qayu podshohqa yo qayu iqlimqa
tegdi ersa g‘oyat uzluqindin, nihoyatidin kecha ko‘rkluglukindin ul ellarning
hukamolari, olimlari qabul qilib, tekma biri bio turlug ot laqab berdilar: chinlig‘lar
«Adabu-l-muluk» («Hukmdorlar odobi») ot berdilar. Mochin malikining nodimlari
«Oyin-ul-mamlakat» («Mamlakat tartibi»)
atadilar, Mashriqlig‘lar «Ziynatu-l-
umaro» («Amirlar ziynati») teb atadilar. Eronlig‘lar «Shohnomai turkiy» (Turkiy
shohnoma) tedilar, ba’zilar mo «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar pandnomasi»)
temishlar. Turonlig‘lar «Qutadg‘u bilig» teb aymishlar. Bu kitobni tasnif qilg‘ili
Balasog‘un mavludlig‘ parhez ezisi er turur. ammo bu kitobni Koshg‘arda tugal
qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon uskinga kekurmish, malik ani og‘irlab, ulug‘lab
o‘z Xos Hojibliqi anga bermish turur...” degan so‘zlar buni tasdiqlaydi.
Muqaddimaning uslubi va ruhida ham farqlarni sezish mumkin.
Asosiy qism – doston mazmuni 68 bob, umuman, 174 sarlavha ostida berilgan
matnda rivojlantiriladi. Umumiy hajmi taxminan 5896 bayt. Xotima qismi ikki
qismda va masnaviy bobdan iborat bo‘lib, masnaviy bob mazmunigina dostonga
aloqador.
15
Каримов Қ. Сўз боши // Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Тошкент: Фан, 1971. – 14-бет.
143
«Qutadg‘u bilig»da 180 ga yaqin to‘rtlik,
masnaviy va uch qasida ham
keltirilgan. Bulardan tashqari, bir necha o‘rinda “shoir nima deydi eshit”, “dono
so‘zin tingla” kabi bir necha toifaning tilidan aytilgan bayt yoki misralar bor.
Muqaddima muallifi asarda keltirilgan bunday iqtibos uslubidagi she’rlarni “Chin
hakimlarining amsollari” va “Mochin hakimlarining ash’orlari” deb ataydi. Aslida
ularning ba’zilari qofiyalanishidagi farqlar hisobga olinmasa, shoirning o‘zi ijod
qilgani sezilib turadi.
Dostonning mavzusiga kelganda, u, eng avvalo,
inson qadr-qimmati yuksak
fazilatlarga egaligi bilangina baholanishini tarannum etishdan iborat. Bunday
fazilatlarga ega insonlar xalq orasida aziz va mukarramdir. Inson fazilati qancha
ortsa, uning martabasi, qadri shu qadar ortib boradi. Lekin yuksak fazilatlar
nimalardan iborat? Dostonda ular quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchisi,
Yaratganga, olamga, o‘zi yashab turgan mamlakat va uning
hukmdoriga sodiqlik, xayrixohlik.
Ikkinchisi, axloqiy komillik, diniy e’tiqodda sobit bo‘lish.
Uchinchisi, aql-zakovat, chuqur bilim (ilm) va hunar (san’at) egasi bo‘lish.
To‘rtinchisi, ehtiyojlarini qondirishga yetarli mol-mulk yig‘a olish.
Beshinchisi, qanoatli bo‘lish, o‘zida nafsni sindirish, dunyo moliga hirsni
yo‘qotish.
Oltinchisi, mard va jasur bo‘lish.
Muallif barcha ijtimoiy tabaqa, toifa a’zolarining jamiyatda qabul qilingan va
e’tirof etilgan mavqelari, o‘rni borligini zikr etadi
va ularga munosabatning shu
taxlitda olib borilishini ma’qullaydi. Lekin bunda davlat manfaatlari, shaxsning
sha’ni, obro‘-e’tibori hisobga olinishi zarurligiga diqqat qaratiladi.
Ulug‘ Xos Hojib odamlarni ikki jihatiga ko‘ra toifalarga ajratadi: birinchisi,
kishilarning moddiy boylikka egaligi jihatidan tutgan o‘rinlariga ko‘ra tasniflash.
Bu tabiiy ravishda uchga ajraladi: boylar, o‘rta hollar va chig‘aylar (kambag‘allar).
Ikkinchisi, nasab, mansab-martabaga ko‘ra tasnif. Bunda jamiyat a’zolarining
ijtimoiy kelib chiqishlari, asosiy mashg‘ulotlari, kasblari,
hunarlari, xizmatlari
144
kabilar hisobga olinadi. Aslida, shoir jamiyatda mavjud bu toifalarni o‘z nuqtai
nazaridan tavsiflaydi va ularning burch hamda vazifalari nimalardan iboratligini
uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: