Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Ilig sundum o‘sh men biligni tilab, 
So‘zuk so‘zga tizdim shoshurdim ura. 
Kiyik tog‘i ko‘rdum bu turkcha so‘zug, 
Ani aqru tuttim yoqurdim ora. 


135 
Siqodim, savittim, ko‘ngul berdi terk, 
Taqi ma beringlar berarda yer-a. 
Sunub tutmishimcha ezardim so‘zug, 
Kelu berdi o‘tru yipori bura. 
Ko‘ni so‘zladim so‘z irig ham achig‘, 
Ko‘ni so‘zni yuzgan uqushlug‘ er-a. 
O‘qug‘liqqa artuq og‘ir kelmasu, 
O‘zum uzra quldum ocha ham yo‘ra.
Mazmuni: Mana, men bilimni istab qo‘l cho‘zdim, 
So‘zni so‘zga uladim, yig‘ib-terib ajratdim. 
Bu turkcha so‘zni tog‘ (yovvoyi) kiyigi kabi bildim, 
Uni ohista ushlab,aldab yaqinlashtirdim. 
Siladim, erkaladim, tez ko‘ngil berdi, 
Shunday bo‘lsa ham, yemish berar paytimda hurkadi. 
(Qo‘l) sunub tutgunimcha so‘zga ergashdim, 
Ipor (xushbo‘yi) anqib kela berdi. 
To‘g‘ri so‘zladim so‘z, dag‘al va achchiq, 
To‘g‘ri so‘zni ko‘tarolgan zakovatli kishi (bo‘ladi). 
O‘quvchiga ortiq og‘ir tushmasin, 
(Ulardan) aniq va ravshan qilib uzr so‘radim. 
Ko‘rinib turganidek, shoir turkiy tilda ko‘p ijod qilganini yovvoyi kiyikni 
o‘ziga o‘rgatishdek mashg‘ulotga aylantirganini ta’kidlaydi. Qolaversa, 
adabiyotimiz tarixida 50 yoshga borgan kishining ijodini boshlaboq “Qutadg‘u 
bilig”dek dostonni yaratishi kuzatilmagan holdir. Shuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos 
Hojibning ijodi faqat shu doston bilan chegaralanmagan, deyish mumkin. 
Shoir ulug‘ xos hojiblik mansabiga chiqqunicha ham saroyda turli lavozim va 
mansablarda xizmat qilgan. Qoraxoniylar davlatining barcha kuchli va zaif 
tomonlari unga yaxshi ma’lum bo‘lgan. Jumladan, jamiyat, ko‘proq hukmron 
tabaqalar qabul qilgan axloq meyorlari yaxshi o‘rganilgan. Buning uchun albatta 


136 
saroy muhitida yashash va ishlash talab etilishi ma’lum. Lekin u kim bo‘lib 
ishlagani adabiyotlarimizda yetarli darajada ochib berilmagan. Bizningcha, Yusuf 
saroyda hojiblik vazifasida ishlagan. Bunday fikrning dalili shuki, hojiblik alohida 
xususiyatga ega vazifa bo‘lib, o‘zining xos hojiblik va ulug‘ xos hojiblik kabi 
boshqaruv ma’muriy tizimiga ega bo‘lgan.
“Hojib” so‘zi lug‘atlarda “qosh”; “chodir”, “to‘siq”, “parda”; “hijobli”; 
“darvozabon”, “eshik og‘asi”; “qoravul” kabi ma’nolari bilan izohlansa-da, arab 
tilida uning o‘zagi (
hajaba
) “yopmoq”, “yashirmoq”, “berkitmoq”, “to‘smoq”, 
“man’ qilmoq” kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Shundan kelib chiqib, bu nom bilan 
yuritiluvchi lavozimdagi xodimning vazifalariga aniqlik kiritish mumkin. 
Binobarin, hojiblik davlatning barcha moddiy va intellektual mulkini, jumladan, 
qonunlarini ham himoya qilish bilan shug‘ullangan. Shuning uchun ham dostonda 
“Ulug‘ hojib-ul begka ko‘rgu ko‘zi” (Ulug‘ hojib begning ko‘rar ko‘zidir) 
deyilgan. Pora haqida “Qutadg‘u bilig”ning faqat hojiblik haqida so‘zlangan ikki 
o‘rnida gap boradi. Birinchisi O‘gdulmish tomonidan eligga aytiladi: 
Ko‘zi to‘q kishi ishta olmas urunch, 
Urunch olsa hojib, bo‘lur beg kulunch.
Mazmuni: Ko‘zi to‘q kishi ishda pora olmaydi, 
Hojib pora olsa, beg kulguga qoladi. 
Ikkinchisi O‘gdulmishning O‘zg‘urmishga aytilgan so‘zlarida ta’kidlanadi: 
O‘zung bo‘lsa hojib, urunch olmagu, 
Chig‘ay, tul, yetimlar so‘zin tinglagu.
Mazmuni: O‘zing hojib bo‘lsang, pora olmaslik lozim, 
Kambag‘al, tul va yetimlar so‘zini (dodini) tinglash kerak. 
Agar hojibni eshik og‘asi, posbon yoki qoravul deb tushunsak, bunday 
vazifadagi kishilarga qo‘yiladigan talablar boshqacha bo‘lishi kerak edi. 
Keltirilgan baytda hojiblar davlat idora ishlarini nazorat qilishi, bunda 
kamchiliklarni pora olish natijasida berkitilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, fuqaro, 
yetim-yesirlar ahvolini o‘rganib ish tutish lozimligi ta’kidlanadi. Qisqa satrlarda 


137 
juda katta vazifalar mohiyati ochib berilgan. Shu o‘rinda dostonda shoirga nisbatan 
“parhez sohibi” iborasining qo‘llanishi ham bejiz emasligi ko‘rinadi. 
Hojibning oddiy 
eshik posboni, darvozabon emasligiga dostonda 
O‘gdulmishning eligga darvozabonlar boshi (boshlig‘i) qanday kishi bo‘lishi 
kerakligi haqidagi bobda aytgan so‘zlari ham dalil bo‘ladi. 
Xos hojiblik mazmuniga ko‘ra, xon va uning yaqinlarini himoya qilgan. Yana 
“hojib” so‘zining ma’nosiga qaytib, ular o‘z vazifalarini yashirin tarzda olib 
borganlarini ham taxmin qilsa bo‘ladi. Har holda, hukmdorning davlat va xalq 
munosabatlarini yuritishi hojiblar orqali amalga oshirilgan, deyishga asoslar 
yetarli. Ulug‘ Xos Hojib hojiblik xizmatini boshqaruvchi bosh rahbar. Bu vazifaga 
aynan shu xizmat bilan shug‘ullanib kelgan kishi tayinlanishi tabiiy edi. 
Hojibning maqomi to‘g‘risida Mahmud G‘aznaviy davridan ikki misolni 
keltirish mumkin. Birinchisi, sulton Mahmud Xorazmshohni mag‘lub qilgach, 
uning o‘rniga o‘z Ulug‘ Xos Hojibi Oltuntoshni taxtga o‘tirg‘izib qaytadi. 
Ikkinchisi, Sulton Mahmud o‘z o‘g‘li Mas’udning Hirotda yashagan davrida qilgan 
nojo‘ya maishiy ishlarini nazorat qilib kelish uchun chopar yuborar ekan, uning 
qo‘liga berilgan farmonda holatning nazoratini o‘tkazishda u yerdagi hojibning 
yordam berishi vazifasi buyuriladi va, jumladan, shunday mazmundagi so‘zlar 
yoziladi: “... Agar hojib Qutlug‘tagin Bihishtiyga jon aziz bo‘lsa, ushbu amru 
farmonga bo‘ysunib, choparga barcha zururiy yordamlarni ko‘rsatsin...” Bu 
misollardan ham hojibning o‘rni va mas’uliyati nechog‘li katta bo‘lganini anglash 
mumkin. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish