Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Zavjam meni koyirdi, namoz tark etgonimga, 
“Nozir kerakmas menga, taloq!” dedim xonimga. 
Ollohning nomi bilan qasam ichgumki, mundoq 
Faqir bo‘lib ibodat qilmasman Rahmonimga. 
Shayx al-Jalilu Foyiq, Tosh, Bektoshu ham Kunbosh, 
Nasr ibn Molik etsin ibodat rabbonimga. 
Mol-davlatga ko‘milgan, oltinlarga cho‘milgan, 
Sohibi iqlim bo‘lgan sig‘insin aytgonimga. 
Mashriq itoat etgan Nuh o‘ltirib qasrida –
Hayron qolma, tilovat etsa gar Yazdonimga
... 
Muallif hajviya davomida mazkur Samoniylardan bo‘lgan Nuh ibn Mansur 
(hukmronligi 976 – 997 yy.), uning vaziri, yirik feodallari va lashkarboshilarining 
to‘kin hayoti bilan o‘z ahvolini qiyoslab, nochor turmushidan ham shikoyat 


121 
qilishga imkon topadi, albatta. Lekin bu she’rni sho‘ro davrida olimlarimiz 
ta’kidlaganlaridek “ateistik she’r” deya baholash unchalik to‘g‘ri emas. 
Arabnavis shoirlarning ko‘pchiligi madh yozishga zo‘r berganlar. Lekin 
madhlarning hammasini ham munosib shaxslarga bag‘ishlangan deb bo‘lmaydi. 
Shoirlar o‘z dunyoqarashlariga mos tushgan va shaxsiy turmush sharoitlariga 
ko‘maklashishi mumkin kishilarga ham madh yozavergan ko‘rinadi. 
Mahalliy xalqlarning ozodlik harakatlari siyosiy qarashlarini arab tiliga qarshi 
istilodan bir oz oldin shakllana boshlagan dariy tilida olib borilar edi. («Dariy» 
so‘zining etimologiyasi qat’iy aniqlangan emas. Ko‘p olimlar u «dara» (tog‘ 
oralig‘i) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak, deb faraz qiladilar. R.Hodizoda arab 
tilini tashqi til deb bilgan forslar uni “dar” – ichki, degan so‘zdan yasagan bo‘lishi 
mumkinligi to‘g‘risida fikr bildiradi. «Forsiy» so‘zi esa manbalarda qadimgi 
Eronning Fors viloyati nomidan olingani ta’kidlanadi). VIII – IX asrlarda Abul 
Hafs Sug‘diy, Abul Abbos Marvaziy, Muhammad Vasif, Feruz Mashriqiy kabi 
shoirlar bu tilning takomil topishida xizmat qildilar. Lekin X asrda u 
“Odamushshuaro” laqabi bilan shuhrat topgan Rudakiyning yuksak iste’dodi va 
izchil harakatlari bilan mukammal holga keldi. Somoniylar davlati dariy tilini 
davlat tili sifatida rasmiylashtirdi. G‘aznaviylar va saljuqiylar sulolalari turkiylar 
bo‘lsa-da, bu tayyor adabiy tildan foydalanishni ma’qul ko‘rdilar. Hatto, ular 
o‘zlariga tobe qilgan Kavkaz hamda shimoliy Hindistonda ham dariy tilining 
ommalashuviga zo‘r berdilar. Bunday e’tibor ijodkorlarning ham bu tilda asarlar 
yaratishiga rag‘bat uyg‘otdi va adabiyot o‘z taraqqiyotini aynan shu tilda davom 
ettirdi. 
X-XIII asrlarda dariy tilida 30 tomlik kitob yozgan Abulfazl Bayhaqiy, 
«Buxoro tarixi» kitobining muallifi Narshaxiy, tarixchi Majididdin Muhammad ibn 
Adnon («Tarixi mulki Turkiston»), tabiblardan Ibn Xammor, Najibiddin 
Samarqandiy, matematik va astronom Abulmajid Xo‘jandiy, astronom Muhammad 
Balxiy, huquqshunos Burhoniddin Ali Marg‘iloniy, tilshunoslardan Abulqosim 
Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy va boshqalar ilm-fanning turli sohalari 


122 
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib, ajoyib asarlar yaratdilar. Adabiy asarlar Rudakiy, 
Daqiqiy, Firdavsiy, Robia, Mahastixonim, Asad Tusiy, Faxriddin Gurgoniy, Nosir 
Xisrav, Umar Xayyom, Am’aq Buxoriy, Rashididdin Vatvot, Xoqoniy Shirvoniy, 
Nizomiy Ganjaviy kabi ulkan san’atkorlar tomonidan yaratildi. 
Abu Abdulloh Ja’far ibn Muhammad Rudakiy Samarqand yaqinidagi 
Panjrudak qishlog‘ida tavallud topgan. Dastlabki tahsilni Samarqandda oldi. Uni 
Buxoro amiri Nasr binni Ahmad Somoniy o‘z saroyiga taklif qildi va bu yerda shoir 
40 yildan ortiq shoirlarga rahnamolik qildi. Ba’zi manbalarda uning ko‘zi tug‘ma 
ojiz bo‘lgani zikr etilsa, boshqalarida shoir nohaq jazolanib, ko‘ziga mil tortilgani 
aytiladi. Uning ulkan adabiy merosidan ming bayt atrofida saqlanib qolgan. Ular 
shoirning qasida, g‘azal, ruboiy, qit’a, masnaviylar yaratganidan dalolat beradi. 
Shuningdek, uning axloqiy mavzularda yozilgan yetti dostonidan parchalar ham 
mavjud. O‘z ijodida Rudakiy didaktik va falsafiy mazmunni betakror san’atkorlik 
mahorati bilan ifoda eta oldi. Bu fazilati bilan o‘zidan keyin yashagan barcha 
shoirlarga badiiy mahorat namunasi bo‘lib qoldi. Ro‘dakiyning uslubini o‘rta asr 
adabiyotshunoslari “sahli mumtaneh”, ya’ni «osonu nomumkin» deb ataganlar. 
Chunki, o‘qishda ravon va oson ko‘ringan bu uslub, o‘zida nihoyatda mukammal 
mazmun va san’atni jamlaydi. 
Dariy tilida ijod qilgan ikkinchi buyuk siymo Abulqosim Firdavsiydir. Shoirga 
uning «Shohnoma» dostoni shuhrat keltirdi. 
Firdavsiy 940-941 yillar atrofida Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Taboron 
qishlog‘ida dunyoga keldi. Bu davr somoniylar saltanati inqirozga yuz tutgan, uning 
og‘ir kunlari boshlangan, oxir-oqibat qoraxoniylar va g‘aznaviylar hujumiga bardosh 
berolmay yemirilgan edi. 
«Shohnoma» qadimiy tarix kitoblarida va og‘zaki ijodda saqlanib qolgan 
qariyb to‘rt ming yillik tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Unda afsonaviy qahramonlar 
qalamga olinadi. 


123 
Firdavsiy o‘zining bu ajoyib asarini yozib tamomlagach, Sulton Mahmud 
G‘aznaviyga tortiq qiladi. Rivoyatlarda aytilishicha, ulug‘ shoir butun umrini sarflab 
yozgan shoh asar o‘z qadrini topmaydi. 
Shoirning 80 yoshdan oshib qolganda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozgani 
to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor. 
“Shohnoma”da ellik podsholik tasvir etiladi va dostonning kompozitsion 
qurilishi shu bilan belgilanadi. Bunda ba’zi shohliklar bir necha yil davom etgan 
bo‘lsa, boshqalari necha yuz yillab davom etadi. Ba’zilariga shoir 10-20 bayt 
bag‘ishlasa, ayrimlariga minglab baytlardan iborat dostonlar bag‘ishlaydi. Masalan, 
Suhrob haqidagi ming baytdan ortiq doston, Siyovush haqidagi uch ming baytdan 
ortiq doston, Kaykovus shohligi davridagi voqealarni o‘z ichiga olsa, bir necha ming 
baytdan iborat bo‘lgan Isfandiyor haqidagi doston Gushtasp shohligi davrining bir 
qisminigina tasvirlaydi. Har bir shohlik davrining tavsifi ham, har bir doston ham 
«Shohnoma» uchun qonunlashtirilgan uslubda yozilgan bo‘lib, ularning har biri 
debocha, asosiy qism va xotimadan iborat. 
«Shohnoma»ning bosh qahramonlari – Rustam, Suhrob, Kova, Isfandiyor, 
Iskandar, Bahrom, Giv, Siyovush, Bejan, Mazdak, Lumbak kabilardir.
«Shohnoma»ning bosh g‘oyasi – vatanni ulug‘lash, xalq qudratini ko‘z-ko‘z 
qilishdir, xalq bahodirlarini vasf etishdir. 
Umar Xayyom o‘rta asrning buyuk riyoziyotchi, faylasuf va astronom olimi 
bo‘lishi bilan birga jahon she’riyati klassiklari qatoridan sharafli o‘rin egallagan 
zabardast shoirdan biri sifatida e’tirof etiladi. U 1048 yilda tug‘ilib, Nishopurda, 
Balx, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda o‘qib ulg‘ayadi va o‘z 
zamonasining barkamol olimlaridan bo‘lib yetishadi. Rivoyatlarga qaraganda, 
saljuqiylarning ulug‘ vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif etadi. 
Ammo Xayyom bunga rozi bo‘lmaydi. Nihoyat Xayyom Isfaxon rasadxonasiga 
boshchilik qilishga rozi bo‘ladi. Uning matematika, astronomiya va falsafaga oid bir 
qator kitoblari bizgacha yetib kelgan. 


124 
Umar Xayyom ruboiylarida ham ilmiy-falsafiy kitoblarida bo‘lganidek olam 
sirlari, hayot haqiqatini izlaydi, bu boradagi fikru o‘ylarini she’riy obrazlar talqinida 
ifoda etadi.
Xayyom she’rlarida tez-tez tilga olinadigan may, sharob badiiy obraz bo‘lib, 
uni aynan tushunish to‘g‘ri emas. 
Masalan, Xayyom may obrazi orqali goho kishilar portretini chizib: 
Ichkilik kekkaygan boshni qilur ham, 
Maydan echilmagan biror tugun kam. 
Bir qultum may ichgan bo‘lsaydi shayton, 
Ming sajda qilardi odamga ul ham

desa, goho xudbinlikni fosh qiladi: 
May ichamen, mastlik qilmaymen aslo, 
Qadahdan o‘zgaga bo‘lmaymen balo. 
Boda ichishlikdan mening g‘arazim, 
O‘zimga sen kabi qo‘ymaslik bino. 
May, sharob obrazi sharq mumtoz adabiyotida ishq, muhabbat ramzi sifatida 
ifodalanadi. Tasavvufiy shoirlar Haqning jamoliga yetishni ham may obrazi orqali 
ifoda etadilar. 
Umar Xayyom ijodi turkiy adabiyotda ruboiy janrining shakllanishi va 
taraqqiyoti uchun xizmat qilgani bilan qadrlidir. 
X-XIII asrlar arab va fors tillaridagi adabiyot lirikada qasida, g‘azal, 
ruboiy, qit’a, marsiya, munozara va boshqa janrlar, turli mavzudagi dostonlar 
vujudga kelishiga zamin tayyorladi. Nasrda Abulmuayyad Balxiy («Shohnoma», 
«Gershaspnoma»), Homididdin Balxiy («Maqomoti Homidiy») kabilarning 
asarlari turkiy nasriy asarlar, jumladan “Qisasi Rabg‘uziy”ning yaratilishiga 
ta’sir ko‘rsatdi. Adabiyoshunoslik sohasida Ar-Roduyoniy («Tarjimon-ul-
balog‘a»), Rashidduddin Vatvot («Hadoyiq-us-sehr»-«Sehrlar bog‘i»), Nizomiy 
Aruziy Samarqandiy («Chohor maqola»), Muhammad Avfiy («Lubob-ul-albob» 


125 
– «Negizlar negizi») asarlari yuzaga kelishi turkiy adabiy tamoyillar yuzaga 
kelishini ta’minladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish