Ismoil al-Javhariyning shoir bo‘lish bilan birga tilshunos bo‘lgani ham
ma’lum. Uning tilshunoslik fanidagi shon-shuhrati yuzlab yillar davomida
Sharqning bir qancha mamlakatlarida tarqalib keldi. Hatto, hozir ham uning
118
“Kitobu-s-sihah fi-l-lug‘a” – “As-sihoh” (Tilning to‘g‘riligi kitobi) asaridan arab
tilini o‘rganish bo‘yicha darslik sifatida istifoda etib kelinadi.
Uning bir she’ri mazmuni shunday:
Naysabur bulutlari soyasida,
Yunusdurman go‘yo men hut (baliq) qornida,
Kulbam ham, ko‘nglim ham yorishmas hargiz,
Kunlarim qorong‘u zulmatdir tubsiz.
SHe’riy parchadan muallifning yangi davr she’riyati tasvir usullari, obraz va
timsollaridan foydalangani ko‘rinadi.
Umuman, bu davr arab tilidagi sheriyat kuzatiladigan bo‘lsa, ular asosan
quyidagi mavzularda yozilgan:
1. Ma’rifiy she’rlar.
2. Dunyodan shikoyat mavzuidagi she’rlar.
3. Tasavvufiy she’rlar.
4. Hajviy she’rlar.
5. Maddohlik ruhidagi she’rlar.
Ma’rifiy she’rlar asosini diniy nasihatlar tashkil qiladi. Ularda oyat va
hadislardagi g‘oyalar bilan birga turli majoz hamda obrazli iboralarga ham
murojaatlar qilinadi. Masalan, Abul Fazl as-Sukkariy al-Marvaziy she’rlari orasida
shunday mazmundagi misralar bor:
Kimki jahl bilan quyoshni bekitmoqchi bo‘lsa,
Xato qiladi.
“Quyoshni choyshab bilan yopib bo‘lmaydi”.
Kechaning eng yaxshi sifati shuki,
“Kecha homilador, ammo nima tug‘ishini bilmaydi
”.
Al-Marvaziy asli marvlik bo‘lib, Buxoroga kelib qolgan. U forsiyzabon shoir
sifatida ham e’tirof qilingan. U o‘z she’rlarida forsiy maqollardan, xalq og‘zaki
ijodi namunalaridan keng ko‘lamda foydalangan. Lekin bunday go‘zal misralar
119
asta-sekin turkiy she’riyatning ham ana shunday qiyofa kashf etishiga zamin
yaratgani bilan ahamiyatga ega.
Dunyodan shikoyat mavzusi arabiy she’riyatda katta miqdorni tashkil qiladi.
Ma’lumki, dunyo moddiy va ruhoniy olam tasavvurlari hamda ijtimoiy tuzim
kabilarning umumiy ramzi, timsoli. Shuning uchun ham shoirlarning dunyodan
shikoyatini mavjud shart-sharoitlardan qoniqmaslik natijasi sifatida tushunish
mumkin. Buxoroda shuhratli shoirlardan bo‘lgan Abu Tayyib al-Mus’abiy bir
she’rini:
Dunyo, sen fisqu fasod, qalloblik do‘konisan,
Adolatsiz, vafosizsan, beomonlik makonisan,
degan mazmundagi misralar bilan boshlaydi. Keyinchalik bunday tasavvurlar bilan
ijod qilish turkiy adabiyotda ham keng tarqaldi.
Bu davrning muhim belgilaridan yana biri tasavvuf falsafasining badiiy ijodda
o‘z ifodasini topa borishi bilan ham belgilanadi. Bunda ko‘proq Abu Nasr Forobiy
va Abu Ali ibn Sino kabi ham ilm, ham ijod bilan shug‘ullangan
yurtdoshlarimizning ta’siri katta edi. Forobiy tomonidan Platon, Aristotel,
Ptolomey, Galen, Porferiy va Afrozinskiy kabi bir qator faylasuflar asarlarining
tarjima qilinishi yoki sharhlanishi tasavvuf falsafasining rivojlanishiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. Uni “Arastui Sharq” – “Sharq Arastusi”, “Muallimussoniy” –
Aristoteldan keyingi “Ikkinchi muallim”, deya e’tirof etadilar. U o‘z davrida
falsafa, fizika, metafizika, meteorologiya kabi fanlar qatori musiqa ilmi va
adabiyot taraqqiyotiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Uning arab tilida yaratilgan
“Falsafa manbalari”, “Aql haqida risola”, “Substansiya”, “Davlat haqida risola”,
“Fozil odamlar shahri” (yoki “Fazilatli shahar aholisining fikr-qarashlari ibtidosi
haqida kitob”), “Musiqa haqida katta kitob” kabi asarlaridagi axloqiy tendensiyalar
ular yaratilganidan ko‘p o‘tmay mutasavviflarning asarlarida ochiq tasavvufiy
talqinda aks eta boshladi.
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy faoliyati falsafa, tibbiyot, fizika, kimyo,
matematika, mantiq, tilshunoslik va musiqashunoslik kabi sohalarni qamrab oladi.
120
U Forobiydan badiiy ijodga ko‘proq e’tibor qaratgani, faqat arab tilida emas,
movarounnahrliklarga ko‘proq yaqin dariy (forsiy) tilida yozgani (“Donishnoma”,
“Forsiy mantiq”, “Yurak urishi haqida risola”, urjuza, qit’a va ruboiylar”) bilan
farqlandi va oddiy xalq orasida ko‘proq shuhrat tutdi. Shuningdek, u “Hay bin
Yaqzon”, “Salomon va Absol”, “Risolatu-t-tayr” kabi nasriy majoziy asarlar ham
yaratdi. Ulardan “Risolatu-t-tayr” tasavvufiy ruhda yozilgani ko‘pchilik
mutaxassislar tomonidan ta’kidlangan.
Bu ruh mahalliy shoirlarning she’rlarida ham o‘z ifodasini topa bordi.
Ma’lumki, arab she’riyatida islomga qadar ham hajviyaning o‘rni ancha
yuqori edi. Islomiyat davrida musulmonlashgan o‘lkalarda ham bu usul keng
tarqaldi. Xususan, Movarounnahr shoirlari ijodida hajviyaning turli ko‘rinishlarini
uchratish mumkin. Ularning ba’zilarida ma’lum shaxslar ochiq-oydin hajv qilinsa,
ba’zilarida boshqalarning nuqsonlari ularning o‘z tillaridan fosh etiladi. Masalan,
Abul Hasan al-Ifriqiy al-Mutayyim o‘sha davrda musulmonlik belgisi hisoblangan
namoz o‘qishni odamlar o‘zaro nazorat qilib turishiga bo‘yinso‘nishni xohlamagan
dangasa tilidan shunday hajviya yozgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |