Ma’lumki, eronliklar seriltifot xalq hisoblanadi. Ularda o‘zidan yoshi yoki
mansabi kattalarga nisbatan hurmatni ifodalash juda kuchli. Yuqori uslubga oid
deyarli har bir fe’lning varianti bor. Shu qatorda olmoshlarning ham iltifot
variantlari mavjud. Bu haqda M.S. Uzina “Fors tilida iltifot ma’nosini bildiruvchi
so‘zlar ichida olmoshlarning iltifot formasi muhim o‘rinni egallaydi”, deb
Узина М.С. О вежливых эквивалентов местоимений в современном персидском языке //
35
راقحا
ahqār
“haqir” (1-sh.), to‘ldiruvchi
الله مﻀعم
moazzamollāh
“hurmatli”,
frazeologik birikmalardan
ﺐناجنیا
injāneb
“bu taraf” (1-sh.),
ﺐناجنآ
ānjāneb
“u
taraf” (2-sh.),
یلاع بانج
janāb-e ‘āli
“janobi oliylari” (2-sh.),
یلاعراکرس
sarkār-e
‘āli
“hazrati oliylari” (2-sh.)larni kiritish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan so‘z va so‘z birikmalari iltifot ma’nosida o‘zining
leksik ma’nosini yo‘qotib, yangi ma’no qabul qiladi. Ular predmet va ularning
belgisini bildirish xususiyatini yo‘qotib, olmosh vazifasini bajaradi. Olmoshlarning
iltifot shaklining paydo bo‘lishi tilning ijtimoiy funksiyasi bilan bog‘liq. Masalan,
yuqori tabaqaga mansub odam o‘ziga nisbatan
نم
man
“men” deyishi mumkin,
lekin past tabaqaga mansub odam esa yuqori tabaqa vakillari oldida 1-shaxsni
ifodalovchi olmoshlarning iltifot shaklidan birini ishlatadi.
Olmoshlarning iltifot shakli nafaqat fors tili, balki boshqa tillarda ham,
jumladan, o‘zbek tilida ham mavjud.
Ba’zi hollarda olmoshlarning iltifot shakli o‘rnida kishilik olmoshlari
ishlatilish holatlari ham kuzatiladi. Lekin fors tilida bu hodisa nazariy va amaliy
jihatdan to‘liq o‘rganilmagan va grammatikada to‘liq yoritilmagan. M.Uzina
ta’kidlaganidek, faqat
ام
mā
“biz” va
امش
šomā
“siz” kishilik olmoshlari hurmat
yuzasidan
نم
man
“men” va
وت
to
“sen” olmoshlari o‘rniga ishlatilishini
ta’kidlaydi
53
.
V.S.Rastorgueva va Yu.A.Rubinchiklar
54
ناشیا
išān
“ular” olmoshining 3-
shaxs birlik shaklida hurmat ma’nosida ishlatilishini ta’kidlashgan. Yu.Rubinchik
bunga qo‘shimcha ravishda fors tilida iltifot shakllarining paydo bo‘lish
sabablariga ham to‘xtalib o‘tgan.
Eronshunos olimlarning ko‘pchiligi (J.Lazar, A.K.S.Lambton, L.Jirkov) iltifot
shakli bilan almashtirilgan olmosh bilan fe’l har doim shaxs va sonda
moslashishini ta’kidlashgan. Kuzatishlar bu qoidaga rioya qilinmagan holatlarni
ham ko‘rsatdi:
53
Koʻrsatilgan avtoreferat.
54
Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного язика. – Москва: Восточная
литература, 2001. - C.55.
36
خم رایسب زرط هب ﺐناجنیا ناریا هاشنهاش ترﻀح یلعا
ت
ﻞیام یرص
ﻊقوم تسا
ﺄیه
دنیامن ت
یگ
قارع
رشت ار
ﺢی
دنک
A’lāhazrat šāhanšāh-e Irān injāneb be tarz-e besyār moxtasari māyel ast
mouqe-ye hey’at-e namāyandegi-ye Arāq-rā tašrih konad
[8:45]
“Eron shohanshohi a’lo hazratlari, men Iroq delegatsiyasi pozisiyasi haqida
qisqacha to‘xtalmoqchiman”.
؟دشاب یک راکرس
Sarkār ki bāšad?
“Siz kimsiz”?[4:54]
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turganidek, ﺐناجنیا
injāneb
1-shaxs birlik,
راکرس
sarkār
2-shaxs ko‘plikni ifodalasa-da, kesim 3-shaxsda turibdi.
Yuqorida ta’kidlanganidek نم “man” kishilik olmoshi o‘rnida qator
sinonimlar ishlatilishi mumkin. Bu sinonimlardan tashqari o‘zidan kattalar oldida
men deyish o‘rniga birinchi shaxs ko‘plik varianti ishlatilish holatlari ham mavjud.
Masalan:
اقآ
.....
.میرادن ریسقت .... ام ..... ام
Āqā … mā… mā…taqsir nadārim
[4:255]
“Og‘o biz...bizning aybimiz yo‘q”.
Agar jumlani matndan alohida tahlil qilsak, albatta, birinchi shaxs ko‘plik
shaklining hech qanday alohida xususiyati ko‘rinmaydi. Lekin kontekstga murojaat
qilsak, bu jumlada birinchi shaxs birlik haqida gap ketayotganining guvohi
bo‘lamiz.
Ismiy evfemizmlar bo‘yicha to‘plangan materiallar soni juda kam bo‘lganligi
sababli ismiy evfemizmlarning faqat yuqorida taqdim etilgan tahliligina amalga
oshirildi. Misollar kamligi sababli ismiy evfemizmlarning funksional tahlilini
amalga oshirish imkoni bo‘lmadi.