Sirtni ximiyaviy modifikatsiyalashning adsorbsiya energiyasiga tasiri. Adsorbent sirtidagi gidroksil gruppalarning dipol va kvadrupol momentlariga. P-elektron bog‘lariga ega bo‘lgan molekulalarga nisbatan qanday axamiyatga o‘rin egallashi to‘g‘risida yuqorida aytilgan edi. Shuning uchun gidroksil gruppalar yoki aktiv funksional gruppalarning konsentratsiyasini oshirish shunday molekulalarning adsorbsiya energiyasini oshiradi. Adsorbent sirtidan xuddi shunday aktiv funksional gruppalarini yo‘qotish molekulaning adsorblanishini kamaytiradi.
Sirtning aktiv funksional gruppalarini noaktiv gruppalarga ( masalan, ОН gruppani ОСН3 yoki OSi (CH)3 gruppalarga) almashtirish katta qiziqish o‘yg‘otmoqda. Silikagel sirtidagi aktiv funksional ОН gruppani trimetilxlorsilon bilan reaksiyasi orqali noaktiv bo‘lgan trimetilsilil gruppalarga OSi (CH)3 almashtirish mumkun:
Katta inert gruppalariga payvandlash yo‘li orqali qattiq jism sirtini shunday ximiyaviy modifikatsiyalash nafaqat gidroksil gruppalar bilan spetsifik tasirlashuvchi molekulalarning adsorbsiya energiyasini pasaytirmasdan balki barcha molekulalarning adsorbsiya energiyasini keskin pasaytiradi. Bu esa shunday modifikatsiyalangan qatlamining hosil bo‘lishi natijasida adsorbat molekulasi birinchidan qattiq jismning asosiy skeleti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasir eta olmasa, ikkinchidan ular kam sonli atomlar bilan tuqnash keladi. Adsorbsiya potensial energiyasining hisobi bunday modifikatsiyalangan sirtda kondensatsiyalanish issiqligini kam qiymatini beradi[14].
Adsorbentlarning sirtini va yuqori dispers jismlarni gruppalar bilan ximiyaviy modifikatsiyalash turli xil qoplovchi jismlarni va plastmassalarning xossalarini yaxshilashda amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Tabiiy gazlarni tozalovchi adsorbentlar Oltingugurtni yutuvchi adsorbent DIAS -25. Neftning yo‘ldosh gazlarini va kimyoviy, neft kimyoviy va metaddurgiya sanoati chiqindi gazlarining aralashmalarini oltingugurtli birikmalardan (H2S, RSH, SO2 va boshqalar) tozalashga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari DIAS-25 quyidagi sanoatlarda ham qo‘llanilishi mumkin:
- Neft va gaz sanoatida;
- Neftni qayta ishlash va neftximiyasida:
- Ximiyaviy ishlab chiqarish zavodlarida:
- Metallurgiyada:
- Kamunol xo‘jaliglarida:
Oltingugurli aralashmalarni adsorbsion ajratish tozalanuvchi gazni DIAS -25 adsorbentining yuzasi bo‘yiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Hech qanday harorat berish zarurati kerak bo‘lmaydi. Adsorbent vertikal holda o‘rnatilgan adsorberga yuklanadi.
Gaz oqimini uzluksiz tozalash uchun va ishlatilgan adsorbentni almashtirish qulay bo‘lishligi uchun ikkita adsorber davriy ravishda o‘rnatiladi.