Nazorat uchun savollar:
1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va xarakatlantiruvchi kuchlari xaqida ma'lumot bering.
2. Psixik taraqqiyot va ta'limning o‘zaro munosabati deyilganda nimani tushunasiz.
3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat.
4. yetakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz.
5. Yosh davrlarini tasniflab bering.
6. Yosh davrlarini tabaqalash xaqidagi turli nazariyalar xaqida ma'lumot bering?
XIII-mavzu: Pedagogik faoliyat va uning psixologik tavsifnomasi
Tayanch iboralar: pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik muomala, pedagogik ijod, pedagogik qobiliyati, pedagogik madaniyat, pedagogik nazokat (takt), kompetensiya, kasbiy kompetensiya, shaxsiy kompetensiya, umummadaniy kompetensiya, maxsus kompetensiya.
1.Pedagogning kasbiy mahorati
Ma'lumki, psixologning kasbiy mahorati pedagogik mahorati bilan o‘zaro bog‘liq tushunchadir. Shuning uchun, biz avvolom bor-ki, pedagogik mahorati o‘zi nimaligini izohlab berishimizning kerakligini topdik.
Mahorat («mahorat» – mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hyech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish.
Pedagogik mahorat – pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub'ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobiliyati va malakasiga egaligi.
Pedagogik mahorat - bu pedagog – tarbiyachining kasbiy faoliyati, mohirligini o‘rganuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma'lumotlar beruvchi fan hisoblanadi.
Pedagogik mahoratning mohiyat - mazmunini, kasb malakalarini shakllantirish va rivojlantirishning yo‘llari, vositalari, shakllari tashkil etadi. Chunonchi, pedagogik mahorat mazmunidan pedagog – tarbiyachiga pedagogik ijodi, pedagogik texnikasi, ta'lim – tarbiya jarayonini tashkil etish qobiliyati pedagog – bola hamkorligi, muomalasi, kasb madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy – ma'rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish madaniyati va uni amalga oshirishi va bu jarayonda o‘z xulq – atvorini, hissiyotini tartibga solish va rivojlantirish kabi masalalar o‘rin olgan. Shuningdek, mazkur fan tarkibida mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o‘quv – tarbiya jarayonini boshqarish hamda unga rahbarlik qilish, pedagogik – psixologik ta'limot nuqtai – nazaridan yondoshish, ta'lim – tarbiyani modellashtirish, o‘quv – tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish to‘g‘risidagi ma'lumotlar va ularni takomillashtiruvchi ish tizimlari mujassamlashgan.
Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun pedagog o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini mukammal o‘zlashtirishi hamda insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi ma'naviy – axloqiy fazilatlarni o‘zida tarkib toptirishi lozim.
Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, psixolog kasbi murakkab va mas'uliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, psixolog bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta'sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu psixologdan pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni ta'minlaydi. Pedagogning kasbiy mahorati - pedagogik jarayonda tarkib topadi.
Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, psixolog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim.
Psixologning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon – e'tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular psixologga kasbiy xususiyatlarni o‘zida tarbiyalab borishga ko‘maklashadi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta'rif, hamda pedagog-tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagogga qo‘yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. (1.1 jadvalga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |