N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik



Download 482,14 Kb.
bet34/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

Nazorat uchun savollar:
1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va xarakatlantiruvchi kuchlari xaqida ma'lumot bering.
2. Psixik taraqqiyot va ta'limning o‘zaro munosabati deyilganda nimani tushunasiz.
3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat.
4. yetakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz.
5. Yosh davrlarini tasniflab bering.
6. Yosh davrlarini tabaqalash xaqidagi turli nazariyalar xaqida ma'lumot bering?


X-mavzu: Tarbiya psixologiyasi. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik aspektlari, turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari, shaxs shakllanishiga oilaning ta'siri, shaxs tarbiyasida madaniyat


Tayanch tushunchalar: Ontogenez, psixik taraqqiyot, psixologik xususiyatlar, bilish jarayonlari, ahloqiy tushunchalar, estetik hissiyot


1. Bog‘cha yoshidagi davri - ta'limning boshlangich qadamlari, shaxsda ijtimoiy zarur hislatlar shakllanishi
Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri (4-5 yosh) kichik bog‘cha yoshi, o‘rta maktabgacha davr (o‘rta bog‘cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshilarga ajratish mumkin.
Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan hatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy ahloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davri shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter hisatlarining namunalari shakllanib, ahloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir.
Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola ahloq me'yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan xolda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o‘zi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. O‘zi bilgan ertagini qayta - qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo‘lish, o‘ynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va xaddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi kuni-kushnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqkan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqkan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim hislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish