N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik


Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi



Download 482,14 Kb.
bet42/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

3. Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi
Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik qobiliyatdir. Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.

Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Didaktik qobiliyatlar. Bu bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni rivojlantira oladigan qobiliyatdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan pedagog zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib, bolalarga moslashtirib yetkazib bera oladi. Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda pedagogning fikri bo‘yicha ayrim sinf bolalari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni bolalarga yengil va ularning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli pedagog shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish, bolalarni diqqat e'tiborini jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunday pedagog zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars bolalarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyatini tormozlaydi va pedagogning so‘zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar – pedagogning boshqa fanlar sohasiga xos bo‘lgan chuqur va keng bilimlarga ega bo‘lish qobiliyatidir.
Akademik qobiliyatli pedagog faqat o‘z sohasi doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilimlarga ega bo‘lib, bu sohalar da erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, ulardan dars jarayonida o‘quv materiali sifatida qo‘llay oladi hamda kichik tadqiqot ishlarini olib boradi. Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, pedagog o‘z sohasi bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, bolalarda katta qiziqish uyg‘ota olishi uchun yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.
3. Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, bola shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, bolaning vaqtinchalik psixik holatlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
4. Nutq qobiliyati – pedagogning o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.
Bu pedagoglik kasbidagi muhim xislatlardan biri hisoblanadi. Chunki pedagogdan bolalarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Pedagog nutqi, uning talaffuzi aniqravshan, oddiy va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda bolalarning diqqat-e'tibori yuqori darajada faollashtirilishi lozim. Qobiliyatli pedagogning nutqi jonli, obrazli, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘lmasligi lozim. Bir xil ohangdagi nutq bolalarni juda tez toliqtiradi. Shu bilan birga bunday nutq I.P. Pavlovning fiziologik ta'limotiga ko‘ra, doimiy ta'sir etuvchi qo‘zg‘atuvchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonini yuzaga keltiradi. Nutq tezligi ko‘p jihatdan pedagogning individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq. Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga halaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‘ta sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish bolalarning asabiga tegib, ularni tez toliqtiradi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati – bu dars jarayoni va darsdan tashqari faoliyatlarni tashkil eta bilish, bolalar jamoasini uyushtira bilish va jipslashtira olish, shuningdek o‘z shaxsiy ishlarini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
Pedagogning o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali pedagoglarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali pedagoglar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati – bu bolalarga bevosita emotsional- irodaviy ta'sir etib, ular o‘rtasida obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat pedagogning rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlar hamda qator shaxsiy fazilatlarga, shu bilan birga bolalarni ta'limtarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e'tiqodi, bolalarga ma'naviy va ma'rifiy e'tiqodni singdira olish kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
7. Kommunikativ qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, bolalarga bo‘lgan munosabatda to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai -nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashda pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi – bolalarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta'sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, bola shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarni hisobga olish zarurdir. Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta'sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirshp, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Maxoratli pedagog bolalarga e'tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. Pedagogik taktning yo‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. Pedagogning pedagogik takti masalasi haqida so‘z ketganda shuni ham aytish joizki, qachon bolalar pedagogning ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha pedagogning adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
8. Pedagogik xayol – bu kishining bolalar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.
Bu qobiliyat pedagog ma'lum boladan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, bolalarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, pedagog ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali pedagog bir vaqtning o‘zida o‘z diqqate'tiborini o‘quv materialining mazmuniga, uning qanday bayon etilishiga, bola fikriga qaratadi va shu bilan bir qatorda barcha bolalarni kuzatib, ularning hissiy-emotsional holatlariga, e'tiborli yoki e'tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, bolalarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga xam (yurishturishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e'tibor beradi. Tajribasiz pedagog, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, bolalarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, bolalarni diqqat-e'tibor bilan kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yo‘qotib qo‘yadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari,pedagog inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U bolalarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun pedagoglik shaxsi bilan bolalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Pedagogning o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, pedagogning barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me'yorlariga mos keluvchi xislatlari o‘quv- tarbiyaviy jarayonda katta ahamiyatga ega.
N.V.Kuzmina pedagog faoliyatidagi ba'zi qobiliyatlarga muvofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga konstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni namoyon etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativlik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va gnostik (bilimlardan foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) qobiliyatlarini kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni ham kiritadi.
O‘z ishini muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir qator zarur bo‘lgan umumiy va maxsus qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Umumiy qobiliyat deganda, har qanday inson faoliyatida yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘lgan, maxsus qobiliyat esa bolalarga ta'lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan pedagog faoliyati davomidagi kerakli qobiliyat tushuniladi. Umumiy qobiliyatlar faqatgina pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmaydi, maxsus qobiliyatlar esa pedagogik faoliyat samaradorligiga bevosita to‘liq ta'sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:



Bu barcha maxsus qobiliyatlar-ta'lim berish, o‘qitish, o‘rgatish uchta o‘zaro bog‘langan bilim olish, malaka oshirish va ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. Ular ontogenezda qachon va qanday shakllana boshlanishini, shuningdek, qanday qonuniyatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish qiyin. Ulardan qaysilaridir tug‘ma hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, holbuki hozirgacha ilm-fan bu narsalar to‘g‘risida aniq ma'lumot bera olmaydi. Boshqa qobiliyatlar kabi pedagogik qobiliyat ham tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda bolalarda shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin. Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qobiliyati o‘ziga xos sinfni tashkil etadi.
Ular ichida asosiylari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay olish, hamdardlik, hamfikrlik (empatiya) qobiliyati.
2. Bolalar uchun qilayotgan ishlarida namuna va o‘rnak bo‘la olish qobiliyati.
3. Bolalarda oliyjanoblik hissini, yaxshi inson bo‘lishga xohish va intilishni, yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllantirish qobiliyati.
4. Tarbiyalanuvchi bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga tarbiya ta'sirlarini moslashtira olish qobiliyati.
5. Odamda ishonch hissini uyg‘ota olish, uni tinchlantira olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash qobiliyati.
6. Har bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa bilishi, o‘zaro tushunishga erisha olish qobiliyati.
7. Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota olish, bolalar orasida hurmat qozona olish qobiliyati.
Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning pedagoglik qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, yaxshi pedagog bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bo‘lish birmuncha murakkabroqdir.
Ba'zan yaxshi pedagog bo‘lib, nisbatan kuchsiz tarbiyachi bo‘lish mumkin. Ba'zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yaxshi pedagog bo‘lish murakkablik qiladi. Bu holat ayrimlarda pedagoglik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining asosiy ekanligini anglatadi.
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham borki, ularni aniq pedagoglik yoki tarbiyachilik faoliyatiga mansub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham bir xilda zarurdir. Ushbu jihat – pedagogik muloqot, muomaladir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib shunday fikrlarni bergan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi – pedagog shaxsining bola shaxsiga ta'siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan yana biri bolalar bilan uzoq va samarali ta'sir o‘tkazishni tashkil etishidir. Odatda bu mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega bo‘lish – shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shaxsining muhim tomonidir.
Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon bo‘ladigan kommunikativ qobiliyat – bu bolalar ta'lim va tarbiyasi bilan bog‘liq pedagogik ta'sir doirasida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. Shulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:

Birinchidan, insonning barcha kommunikativ qobiliyatlari ham birdek namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo‘lgan bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar borki, ular boshqa kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, muloqot jarayonini to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa odamlar bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishidir.


Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini batafsil ko‘rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib o‘tamiz.
Insonni inson tomonidan bilish insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasida jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari va kelgusi rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyotlari o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; jestlari, imo-ishoralari, mimika va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.
Odamni o‘z-o‘zini anglashi-o‘z bilimlari, qobiliyatlari, xarakterini va boshqa shaxsning xususiyatlarini baholashi; sirtdan qaraganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zida qanday namoyon bo‘lishini bila olishidir.
Muloqot jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholash – bu holatni kuzata bilish, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ularga e'tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixologik mazmunini to‘g‘ri aniqlash va qabul qilish qobiliyatidir.
Pedagoglik faoliyatining pedagogik nuqtai nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko‘pdan-ko‘p muammolar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqotning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini olish, yuzaga kelgan tushunmovchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha olish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushinishni va qabul qilishni ta'minlaydigan tarzda o‘zini tutish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z-o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq - atvoridagi faoliyatini boshqarishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqot qilganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushinishimizni ta'minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklaridan qutilishga bo‘lgan layoqati, ya'ni muloqotga to‘siq bo‘ladigan, muloqot uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikmalar shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin bo‘lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik trening yaxshi natija beradi.
Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon bo‘lishi pedagog tomonidan rag‘batlantirish va jazolash usulining qo‘llanilishidir. Agar rag‘batlantirish yoki jazolash xizmatga yarasha odilona bo‘lsa, ular bolalarning yutuqlarini mustahkamlaydi, qo‘llaydi. Rag‘batlantirish va jazolash usullarining mutahkamlash roli pedagogik adolatga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan olgan holda samarali va samara bo‘lmagan rag‘batlantirish tavsifini keltiramiz.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish