N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik



Download 482,14 Kb.
bet2/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

Taqrizchilar: - L.R.Mirjalolova - Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
A.M.Pulotov-NVXTXQTMOXM o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari p.f.n
Reviewers: - L.R.Mirjalolova - Associate Professor of "Psychology and Pedagogy of Preschool Education" TSPU named after Nizami, Candidate of Pedagogical Sciences
Пулотов А.М. - Заместитель директора по учебной и научной работе РЦПК
Рецензенты: - Мирджалолова Л.Р. - доцент кафедры «Психология и педагогика дошкольного образования» ТГПУ им. Низами, кандидат педагогических наук


Kirish

Ma’lumki, qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar


tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs kamoloti eng asosiy masala qilib olingan. Respublikamizda ularda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy va pedagogik psixologiya-psixologiya fanining muhim tarmoqlaridan biridir. Pedagogik psixologiya murakkab tuzilishiga ega bo‘lib, inson hayotining barcha sohalarining, ayniqsa, ta’lim va tarbiyaviy tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiy va pedagogik psixologiya kursining maqsadi - talabalarga ta’lim va tarbiyaning mazmuni, undagi psixologik qonuniyatlar, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, pedagogik psixologiyaning metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ijtimoiy va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalariga bakalavrlarni ijtimoiy faoliyatining ta’lim va tarbiya kabi yo‘nalishlarida o‘qituvchi shaxsi mehnatini tashkil etish, pedagogik jamoalarda ishni tashkil etish omillari, mexanizmlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish, ta’lim faoliyat motivlarini mukammal o‘zlashtirish, talabalarning ta’limdagi qobiliyat va iqtidorini o‘stirish yo‘llari hamda ularni rivojlantirish omillariga o‘rgatish, bu borada ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiati va mohiyatini tushunishga ko‘maklashishdan iboratdir. Har bir yosh davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta'sir o‘tkazish insonda o‘z-o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o‘z xulqini his qilish, o‘zining amaliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatlardagi qarama-qarshilik, inkiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o‘zgarishi-nazariya bilan turmush nomutanosibligining maxsulidir. Odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, muomala muloqot, mustaqil xulq-atvorni shakllantirish ko‘proq yuqoridagi omillarga bog‘liqdir. Kishilardagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilishni aniqlash va ularga pedagogik psixologiya xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.
Umuman ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida oila, tarbiya, muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida pedagogik psixologiyadan foydalanish ta'lim va tarbiyaning shaxslararo ijobiy munosabatlar o‘rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir.
Ta’limdagi yangilanish, asosan, “Davlat ta'lim standartlari”ni ishlab chiqishnigina amalga oshirmay, balki ta’lim jarayoni orqali talabaning o‘z
kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Mustaqil respublikamizning kelgusidagi rivoji, ravnaqi har
tomonlama barkamol, o‘ziga, boshqalarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga to‘g‘ri munosabatni bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, ijodkor va tadbirkor shaxsga bog‘liqdir. Talabada ana shu xususiyatlarning
rivojlanishi so‘zsiz o‘qituvchiga, uning o‘quv - tarbiya jarayonini to‘g‘ri
boshqara olishiga bog‘liq.
Bugungi kunda har bir fan o‘qituvchisi talabalarga “Davlat ta’lim standartlari” da belgilangan bilimlar me'yorini o‘rgatish, demakki, “yaxshi fizik”, “yaxshi adabiyotchi”, “yaxshi tarixchi” bo‘lish emas, balki o‘z fanini o‘qitish orqali talaba shaxsining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlarini tarbiyalay oladigan - yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi lozim. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun esa o‘quv jarayonini yaxshi, to‘g‘ri, odilona va oqilona boshqara olishi juda muhimdir.

Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish