N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik



Download 482,14 Kb.
bet14/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

Nazorat savollari:
1. Pedagogik psixologiya fani vazifalari nimalardan iborat?
2. Pedagogik psixologiya fani maqsadi nimalardan iborat?
3. Pedagogik psixologiyaning metodlarini sanang.
4. Pedagogik psixologiyaning metodlarini yaratgan olimlar va metodlarning mohiyatini tushuntiring.
5. Eng maqbul metod qaysi deb o‘ylaysiz?


III-mavzu: Ijtimoiy va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifasi va tuzilishi
Tayanch tushunchalar: ontogenes, tafakkur jarayoni, individ, gerontopsixologiya


1. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining
predmeti va vazifalari
Xurriyat – boy ma'naviyat va ruqiyat ilmidan oqilona, odilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta'lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya -hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan soqalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muqim o‘rin egallaydi, zero u inson ruqiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning qar ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulqayib borayottan insonning psixik faoliyati qamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning qar biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini qamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar qamda inson qayot yo'lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy qamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli qal etib bo‘lmaydi.
Yosh davrlari psixologiyasi fani bu borada qam o‘z-o‘ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o‘rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o‘z muammolarini inson qayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va moqiyatidan kelib chiqqan qolda o‘rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir. Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining qam o‘ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o‘rganiladi, chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, o‘spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo‘ladigan psixik faoliyat, qolat va shart-sharoitlarining o‘zaro ta'siri xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta'lim-tarbiya soqalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga rishdi.
Pedagogik psixologiyaning ta'limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi.
Ma'lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta'lim tizimlarida ta'lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta'limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta'lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmoqi sifatida, ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi qamda ta'lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va qatti-qarakatlarining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta'lim-tarbiyaning ta'siri oqibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta'lim metodlarining psixologik jiqatdan samaradorligini, darsliklar, o‘quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni qam pedagogik psixologiya o‘rganadi. qozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muqim vazifalaridan biri - maktabdagi ta'lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu qol yangi ta'lim dasturiga o‘tish munosabati bilan boqliqdir.Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi qamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Shuningdek, "Pedagogik-psixologiya" ta'lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan - o‘qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini qam o‘rganadi. Bunda o‘qituvchining ta'lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta'minlovchi sifatlariga urqu berish bilan birga, uning bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi qamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.
Yosh davrlari psixologiyasi qam pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigai, psixik jarayonlarni, qolatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi. Shu bois, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o‘rganish qam nazariy, qam amaliy aqamiyatga ega bo‘lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu soqada to‘plangan ilmiy ma'lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan baqs yuritadi.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish