N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik


Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi



Download 482,14 Kb.
bet30/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

2. Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k.
Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi. Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning “hammadek” bo‘lishi ob'ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada - boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtirilishi sodir bo‘ladi.
Bola individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay notakror, individuallik qirralarni egallaydi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi: sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashtirish (mustaqil bo‘lish).
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya'ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o‘zlashtirilgan me'yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘z ahamiyatli “umumiy”ni individualligini qo‘shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo‘ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar bola moslashuv fazasidan o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual farqlarini ko‘rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me'yorlariga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirashlik, agressivlik, o‘ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta'sir ko‘rsatadi. Hozir pedagogikada “sotsializatsiya” va “tarbiya” tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya shaxs sotsializatsiyasi asosiy omillaridan biri.
Agar bola ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirmasa (muhit negativ ta'siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi moslashuvga (ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashish) yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik yuqori bo‘lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit bersa, ya'ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo‘lsa, bu holda bola bilan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan maxsus choralar tizimini tadbiq etishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o‘z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir bo‘lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.
Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot ob'ekti bo‘lib bola, o‘rganish mavzusi bo‘lib esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ijtimoiy pedagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta'limi qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘rganadigan pedagogika fani sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo‘lgan bilim, qadriyatlar, o‘zini tutish namunalari tizimii o‘zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta'siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo‘qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob'ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta'lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta'siri va boshqalar.
Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta'sirini taxlil qiladi.
Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma'naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi.
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish