N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova


Polipeptid zanjirining ikkilamchi (β- struktura) strukturasi



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

Polipeptid zanjirining ikkilamchi (β- struktura) strukturasi
Agar
zanjirlar N-uchidan C-uchiga yo‗nalgan bo‗lsa, parallel taxlanuvchi 
qavatlarni, antiparallel yo‗nalgan bo‗lsa, 
antiparallel
taxlanuvchi qavatlarni hosil 
qiladi. Yonaki radikallar
esa,
taxlanuvchi qavatlarni yuqori yoki pastida joylashadi. 
Polipeptid zanjiri spiral holda o‗ralganda aminokislota qoldiqlaridagi radikallar 
spiralning tashqari tomoniga yo‗nalgan bo‗lib qoladi. Bu esa, uchlamchi struktura 
hosil bo‗lishida muhim ahamiyatga ega. O‗pgina oqsillarda α-spiral va β-struktura 
birgalikda keladi. Ikkilamchi strukturning biror to‗rini saqlagan polipeptid zanjiri 
yana taxlanib (o‗ralib), fazoda u c h l a m c h i s t r u k t u r a n i hosil qiladi. 
Uchlamchi struktura polipeptid zanjiridagi radikallarga birikkan funksional 
gruppalarning o‗zaro ta‘siri natijasida saqlanib turadi. Bunda karboksil gruppalar 
bilan aminogruppalar yaqinlashsa, 
tuz ko‘prigini
(bu bog‗ning energetik qiymati 42 
kJ/molni tashkil qiladi), karboksil gruppa bilan gidroksil gruppa yaqinlashsa, 
murakkab efir ko‘prigini
, oltingugurt saqlovchilar orasida 
disulfid kovalent bog‘
(disulfid ko‗prigi), gidrofob guruhlar orasida vander-vals kuchlari hisobiga 
gidrofob bog‘lar
hosil bo‗ladi. Uchlamchi strukturaning fazodagi botiq, bo‗rtiq 
konfiguratsiyasi va tashqi tomonga qaragan funksional gruppalari oqsil 
malekulalarining o‗ziga xos biologik aktivligini ifodalaydi.
Bir nechta uchlamchi struktura saqlagan molekulalar o‗zaro kompleks hosil 


244 
qilib, t o‗ r t l a m c h i strukturani tashkil qiladi. Kompleksning har bir molekulasi 
boshqalari bilan o‗zaro vodorod va gidrofob bog‗lar orqali bog‗lanadi. Oqsillarni, 
ikkilamchi, uchlamchi, to‗rtlamchi tuzilishi asoslarini belgilovchi kuchsiz bog‗lar, 
issiqlik, ultrabinafsha nurlar va ba‘zi organik erituvchilar ta‘sirida, yoki pH ning 
keskin o‗zgarishi bilan oson buziladi. Bunday hollarda odatda oqsil tabiiy shaklini 
o‗zgartiradi. Bu hodisa d e n a t u r a t s i y a deyiladi. Masalan: tuxum oqsili - 
albumin qizdirilganda erimaydigan bo‗lib qoladi va koagullanadi. Sochlarni 
spermanent jingalak qilish jarayonida soch oqsilida -S-S- bog‗larini kimyoviy 
qaytarilishi sodir bo‗ladi, keyingi oksidlanish esa, yangi -S-S- bog‗larni hosil 
qiladi, bu hodisalar sochni istalgan shaklda ushlab turadi. 
Oqsillar ikkita asosiy guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi
:
p
roteinlar - oddiy 
oqsillar va proteidlar - murakkab oqsillar. Oqsillarning muhim xususiyatlaridan 
biri ularning eruvchanligi va cho‗kishi hisoblanadi. Turli oqsillar molekulyar 
xususiyatlari, bajaradigan vazifasi, tabiatda tarqalgan ob‘ektiga bog‗liq ravishda 
turli darajadagi eruvchanlikka ega bo‗ladi.
P r o t e i n lar gidrolizlanganda faqat α-aminokislotalar hosil bo‗ladi. Oddiy 
oqsillar terida ko‗p miqdorda bo‗ladi. Proteinlar o‗z navbatida a l b u m i n lar va g 
l o b u l i n larga bo‗linadi.
A l b u m i n l a r - suvda yaxshi eriydigan oqsillar 
bo‗lib, ularni eritmalarda osh tuzi ta‘sirida cho‗ktirib bo‗lmaydi. Ammoniy sulfat 
tuzini qo‗shib to‗yintirilganda esa, cho‗kmaga tushadi. Albuminlar tuxum oqsilida 
(tuxum albumini), sutda (sut albumini), qon zardobida (qon albumini) uchraydi va 
ularning molekulyar massasi uncha katta bo‗lmaydi. G l o b u l i n lar - suvda 
erimaydigan oddiy oqsillardir, ular tuzlarning o‗rtacha konsentratsiyali 
eritmalarida, masalan, 8-10% li NaCl, MgSO
4
eritmalarida eriydi.
Ularni 
eritmalaridan suv bilan suyultirish yoki tuzlar konsentratsiyasini oshirib cho‗ktirish 
mumkin. Globulinlar- sutda (sut globulini) va qonda (qon zardobi globulini) 
saqlanadi. Globulinlar molekulyar massasi albuminlarnikiga qaraganda og‗ir. Qon 
zardobi globulinlari yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet chaqiradi. Proteinlar 
guruhiga protenoidlar ham kiradi. Ularga: teri, soch (jun), tirnoq, shohlar tarkibiga 
kiruvchi keratin, ipak fibroini, o‗simliklardan bo‗lgan oqsillar - krolaminlar, 


245 
protaminlar va gistonlar kiradi. 
P r o t e i d lar gidrolizlanganda aminokislotalardan tashqari
 
oqsil bo‗lmagan 
moddalarni hosil qiladi, oqsilsiz moddalar prostetik guruhlar deyiladi, va ular 
proteidlarni sinflashda asos vazifasini bajaradi. 
X r o m o p r o t e i d l a r
 
- oqsil qismiga va qandaydir rang beruvchi 
moddaga gidrolizlanadi. Masalan, gemoglobin organizmda kislorod tashishda 
muhim ahamiyatga ega. U globulinlar guruhiga kiruvchi globin oqsilidan va 
bo‗yoq modda gemdan tashkil topgan. Gem murakkab tuzilishga ega, undagi Fe
2+
ioni yassi porfirin kvadrati markazida joylashgan bo‗lib, to‗rtta pirrol halqasining 
azot atomlari bilan bog‗langan. N u k l e o p r o t e i d l a r
 
- hujayra yadrolari 
tarkibiga kiradi. Ular oqsil moddalarga va nuklein kislotalarga parchalanadi.
F o s f o p r o t e i d la r - gidrolizlanganda oqsilga va fosfat kislotaga 
parchalanadi. Ularga sut va pishloq oqsili – kazein misol bo‗ladi. G l i k o p r o t e 
id l a r 
 
- oqsil moddalari va uglevod saqlovchi moddalardan tashkil topgan. Ularga
so‗lakda saqlanadigan mustin misol bo‗ladi.
L i p o p r o t e i d l a r - oqsil moddalardan va lipidlarga (yog‗lar, 
fosfatidlar va boshqalar) kiruvchi birikmalardan tashkil topgan. Oqsil molekulalari 
shakli, fazoviy tuzilishiga ko‗ra, ikkita katta guruhga: tolali yoki f i b r i l y a r 
oqsillarga va g l o b u l y a r oqsillarga bo‗linadi. Tolali yoki fibrillyar oqsillarga 
betta struktura xos bo‗lib, ip shaklidagi uzun molekulali tuzilishi bilan ajralib 
turadi. Ular suvda yaxshi erimaydi. Ularga tabiatda keng tarqalgan – betta kerotin 
(jundagi kerotin, shoh to‗qimalari), shoyining betta fibroini, miozin (muskullardagi 
to‗qimasi), kollagen (bog‗lovchi to‗qima)lar kiradi. Globulyar oqsillarga alfa spiral 
tuzilishi xos bo‗lib, molekulasi sharsimon yoki shunga o‗xshash shaklga ega. 
Albuminlar (tuxum oqi), globulinlar (gemoglabinning oqsil qismi), hamda barcha 
fermentlar globulyar oqsillar hisoblanadi. Ular suvda yoki tuz eritmalarida erib
kolloid sistema hosil qiladi. Shunday murakkab tuzilishga ega bo‗lgan oqsillarning 
turli xususiyatga ega bo‗lishi ham tabiiydir.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish