Umumiy ahvoli og'ir bemorlarning sochini parvarishlash.
Sochlarni yaxshi parvarishlamaslik, doimiy yuvmaslik ularning sinishiga moyilligini oshiradi, tushishi, qo’noq paydo bo’lishiga olib keladi. Yog’li sochlarni haftasiga bir marta, quruq va normal sochlarni esa 10-14 kunda bir marta yuvish tavsiya etiladi.
Og’ir bemor sochi yotoq joyida yuviladi. Bunda krovat bosh tomoniga tog’ora qo’yiladi, bemor boshi ko’tariladi va orqaga qiyshytiriladi. Soch yuvish uchun yumshoq suvdan foydalaniladi (qaynatilgan yoki 1 litr suvga 1 choy qoshiq natriya tetraborat qo’shilgan). Sovun bilan yuvmasdan, sovun ko’pigi bilan yuvish lozim. Soch yuvilgandan keyin sochiq bilan asta artiladi, kalta sochda ildizidan boshlab, uzun sochda aksincha uchidan boshlab taraladi. Bunda shaxsiy taroqladan foydalaniladi. Soch kesish oyda bir marta o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |