15
Karbonil
Aldegidlar
Ketonlar
Karboksil
Karbon kislotalar
Sulfo-
Sulfokislotalar
R-SO
3
H
Molekulasida bitta funksional guruh saqlagan birikmalar m o n o f u n k s
i o n a l birikmalar deyiladi. Masalan, etanol, sirka kislota.
CH
3
– CH
2
OH,
CH
3
– COOH
Molekulasida bir nechta bir xil funksional guruh saqlagan birikmalar
p o l i f u n k s i o n a l birikmalar deyiladi. Masalan, ko‗p atomli spirtlar,
diaminlar, dikarbon kislotalar polifunksional birikmalarga mansub.
Molekulasida har xil funksional guruh saqlagan birikmalar g e t e r o f u n k
s i o n a l birikmalar deyiladi. Masalan,
aminospirtlar, aminokislotalar,
gidroksikislotalar.
16
Har bir organik birikmalarning sinfi o‗zaro bog‗liq bo‗lib, uglerod skeleti
o‗zgarmasdan turib, funksional gruppalar bir-biriga almashinib turadi va o‗ziga xos
gomologik qatorni hosil qiladi.
G o m o l o g i k qator deb, kimyoviy xossalari jihatdan o‗xshash, tarkibi
bir-biridan CH
2
gruppaga farq qiladigan va yagona
umumiy formulaga javob
beradigan birikmalarga aytiladi. Nisbiy molekulyar massasi ortib borish tartibida
joylashtirilgan gomologlar g o m o l o g i k qatorni hosil qiladi. CH
2
gruppa g o m
o l o g i k f a r q deyiladi.
Gomologik qatorni organik birikmalarning barcha sinflari uchun tuzish
mumkin. Masalan, to‗yingan uglevodorodlarning gomologik qatorini umumiy
formulasi C
n
H
2n+2
bo‗lib, bunda n- uglerod atomlarining soni.
Gomologik
qatorning birinchi vakili metan-CH
4
. Metanning gomologlari etan C
2
H
6
, propan
C
3
H
8
, butan C
4
H
10
va h.k.. Keyingi har qaysi gomologlarning
formulasi oldingi
uglevodorod formulasidan CH
2
gruppaga farq qiladi.
Gomologik qatorni bitta
a‘zosini xossalarini bilgan holda shu qatordagi boshqa a‘zolarning xossalari haqida
xulosa chiqarish mumkin.
Organik birikmalarning n o m e n k l a t u r a s i deganda,
moddalarni
nomlashda ularning tuzilishini va molekuladagi atomlarning fazoviy joylashuvini
belgilaydigan kimyoviy til tushuniladi. Organik birikmalarni nomlashda quyidagi
nomenklaturalardan foydalaniladi:
T r i v i a l (tarixiy nom) nomlash moddalarning qanday manbadan
olinganligini yoki moddalarning xossalarini, ta‘mini, rangini, qayerda ishlatilishini
ko‗rsatadi. Masalan, chumoli kislota birinchi marta
chumolidan ajratib olingan,
olma kislota – olmadan olingan, glitserin – shirin ta‘mli. Trivial nom asosan tabiiy
birikmalar – spirtlar, karbon kislotalar, aminokislotalar,
uglevodlar, alkaloidlarni
nomlashda keng qo‗llanadi.
R a t s i o n a l nomenklatura bo‗yicha har qanday uglevodorodlar
17
metanning hosilasi deb qaraladi. Masalan, etan, metanning hosilasi deb qaralib,
metilmetan deb nomlanadi, propan – dimetil metan deb nomlanadi. Shuningdek, bu
nomlanish
ketonlarni, asetilen qatori birikmalarni nomlashda ham ishlatiladi.
Masalan, tarixiy nom bilan aseton deb propanonni – CH
3
-CO-CH
3
aytiladi, lekin
ratsional nomlashda dimetil keton deb nomlanadi. Asetilen qatori birikmalardan
propin – metil asetilen deb nomlanadi. Aminoetan kislotani – aminosirka kislota
yoki funksional gruppalarning bir-biriga nisbatan joylashishiga ko‗ra, α, β, γ...
aminokislotalar yoki oksikislotalar tarixiy nomi asos qilib olinib nomlanadi.
Biroq, murakkab tuzilishli molekulalarni nomlashda
bu nomenklaturadan
foydalanish qiyinchilik tug‗diradi.
Hamma nomenklaturalar ichida keng qamrovli nomenklatura s i s t e m a t i
k, o‗ r i n
b o s a r nomenklatura (nazariy va amaliy kimyoning xalqaro ittifoqi IYUPAK
tomonidan tavsiya etilgan) dir. Bu nomenklatura bo‗yicha nomlaganda umumiy
formulaga ega bo‗lgan organik birikmalarning sinflari quyidagicha nomlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: