N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

oksidaza 
fermentlari
ta‘sirida va FAD, FMN ishtirokida oksidlanadi.


226 
Oksidlanmasdan dezaminlanishda fermentlar ta‘sirida ammiak ajralib, 
molekulada qo‗shbog‗ hosil bo‗ladi. Masalan, fenilalanindan shu yo‗l bilan dolchin 
kislota hosil bo‗ladi 
Organizmda turli fermentlar ishtirokida amalga oshadigan qator reaksiyalar 
piridoksal 
fosfat 
kofermenti 
yordamida 
boradi. 
α–oksokislotalardan 
aminokislotalarning biosintezi asosida 
t r a n s a m i n l a n i s h reaksiyasi yotadi. Aminoguruhining donori vazifasini 
hujayralardagi aminokislotalar, akseptor vazifasini esa, oksoksolotalar bajaradi. 
Masalan, α – oksoglutar kislotadan L-glutamin kislotani hosil bo‗lishida L-
asparagin kislota aminoguruh donori vazifasini bajarishi mumkin.
α – aminokislotalar aldegidlar bilan shiff asoslarini hosil qiladi.
Organizmda fenilalanin gidroksilaza fermenti ta‘sirida tirozinga aylanadi. Bu 
jarayon gidroksillsnish deyiladi. 


227 
Fenilketonuriya kasalligi tirozinning fenilalanindan sintezi buzilishiga 
hamda fenilalaninning dezaminlanishi natijasida a‘zolarda yig‗iladigan zaharli 
moddalarga bog‗liq. 
K a r b o k s i l g u r u h i g a h o s r e a k s i y a l a r. Aminokislotalar 
spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. Bunda gazsimon 
HCl bilan aminoguruh himoyalanadi va karboksil gruppa hisobiga murakkab efir 
hosil qilinadi.
Dekarboksillanish reaksiyasi
α – aminokislotalardan biogen aminlar hosil 
bo‗lishini ta‘minlaydi. Bu reaksiya organizmda dekarboksilaza fermenti ishtirokida 
boradi. Gistidindan biogen amin – gistamin hosil bo‗ladi, va u organizmdagi 
allergik reaksiyalarda ishtirok etadi. Gamma aminomoy kislota (GAMK) glutamin 
kislotani dekarboksillanish reaksiya mahsuloti bo‗lib, organizmda neyromediator 
vazifasini bajaradi.
Shuningdek, ko‗pgina tabiiy aminokislotalar – serin, sistein, lizin, triptofan 
asparagin va boshqa aminokislotalarning dekarboksillanish reaksiyalari ham 


228 
biologik jihatdan muhimdir. Dekarboksillanish reaksiyasi labaratoriya sharoitida 
bariy ishqori yordamida boradi, organizmda esa, dekarboksilaza fermenti ta‘sirida 
boradi.
α-Aminokislotalar o‗zaro birikib peptid va oqsillarni hosil qilishida birinchi 
aminokislotaning karboksil guruhi ikkinchi aminokislotaning amino guruhi bilan
reaksiyaga kirishadi (reaksiyalari peptidlar mavzusida ko‗rib chiqiladi).
α-Aminokislotalar 2,4 –dinitroftorbenzol (DNFB) bilan reaksiyaga kirishib, 
sariq rangga bo‗yalgan DNF hosilalariga aylanadi. Hosilalar organik erituvchlarda 
eriydi. Bu reaksiya xromotografiya usulida tahlil qilishda qo‗llaniladi.
Edman reaksiyasi peptidlar tuzilishini aniqlashda ishlatiladi. Buning uchun 
fenilizotiotsionatdan foydalaniladi. Bu usul bilan birin-ketin o‗ntagacha 
aminokislotalarni olish va ularning ketma-ketligini aniqlash mumkin.
Aminokislotalar uchun bir qancha s i f a t r e a k s i y a l a r i mavjud

α – 
aminokislotalarning n i n g i d r i n bilan reaksiyasida ko‗k binafsha rang hosil 
bo‗lishi eritmada α – aminokislota borligini bildiradi. Bu reaksiya ningidrin 
reaksiyasi deyiladi va α – aminokislotalarni miqdoriy aniqlashda qo‗llaniladi. 
 


229 
Tarkibida o l t i ng u g u r t s a q l ov c h i aminokislotalar – sistin, sistein, 
metionin va shu aminokislotalarni saqlovchi oqsil eritmasi natriy ishqori bilan 
qaynatilib, qo‗rg‗oshin asetat eritmasi qo‗shilsa, qo‗rg‗oshin sulfid qo‗ng‗ir qora 
cho‗kmasini hosil qiladi.
Tarkibida aromatik halqa saqlagan aminokislotalar (fenilalanin, gistidin, 
triptofan, tirozin) nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib sariq rangni hosil qiladi, 
ya‘ni aromatik halqa nitrolanadi. Bu eritmaga ishqor yoki ammiak ta‘sir etdirilsa, 
sariq rang zarg‗aldoq rangga aylanadi. Zarg‗aldoq rangning hosil bo‗lishi, fenol 
gidroksilining ionlanishi va anion bilan halqadagi π- elektronlar ta‘sirlanishining 
kuchayishi bilan tushuntiriladi. Bu reaksiya 
ksantoprotein 
reaksiyasi deb 
nomlanadi.
 
Erlix
reaksiyasi triptofanni aniqlash uchun uning eritmasiga sulfat kislota 
ishtirokida paradimetilbenzaaldegid qo‗shiladi va eritma qizil –binafsha rangga 
bo‗yaladi. Boshqa aminokislotalar bu reaksiyani bermaydi. Erlix reaksiyasidan 


230 
foydalanib oqsilni parchalanish mahsulotlarida triptofan miqdori aniqlanadi
.
Biologik muhim reaksiyalar va α – aminokislotalarning tibbiy biologik ahamiyati
.
Organizmda fenilalanindan tirozin hosil bo‗lishi gidroksillanish reaksiyasi 
natijasida yuz beradi, bunda yon tarmoqqa gidroksil gruppa kiritiladi. Prolin 
qoldig‗ining fermentativ gidroksillanishi esa, askorbin kislota ishtirokida boradi.
Tioguruhining oksidlanishi reaksiyasi sistin-sistein sistemasida kuzatilishini 
oksidlanish-qaytarilish mavzusida ko‗rib chiqilgan, organizmdagi ko‗pgina 
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari shu reaksiya yordamida kechadi, natijada 
sistindagi disulfid bog‗ oson qaytarilib, sisteinni hosil qiladi. 
Tioguruhining engil oksidlanishi hisobiga sistein organizmga kirib 
kelayotgan kuchli oksidlovchilardan himoyalovchi vazifasini o‗taydi. Sisteindan 
sistinni hosil bo‗lish jarayoni oqsillardagi disulfid bog‗lar yuzaga kelishini 
ta‘minlaydi. Transaminlanish, gidroksillanish, dekarboksillanish reaksiyalari 
organizmda kechadigan eng muhim reaksiyalar bo‗lib, transaminlanish 
oksokislotalardan 
aminokislotalarni 
sintezlanishini, 
dekarboksillanish 
α- 
aminokislotalarni biogen aminlarga aylanish jarayonlarini ta‘minlaydi.
α – aminokislotalar azot almashinuvida muhim o‗rin tutadi, shuning uchun, 
tibbiy amaliyotda to‗qima almashinuvida dorivor moddalar sifatida ishlatiladi. 
Masalan, glutamin kislota va glitsin MNS kasalliklarida, metionin va gistidin jigar 
kasalliklarini oldini olish va davolashda, sistein ko‗z kasalliklarida qo‗llanadi va 
h.z.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish