5. FIZIK TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISH
Fizikbilimlar — tushunchalar, qonunlar, gipotezalar va
nazariyalar sistemasidan iborat. Qonunlar, nazariyalar t u
shunchalar orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi. T u sh u n c h a
lar atrof borliqni o ‘rganish vositasi sifatida xizmat qiladi.
0 ‘qituvchining k o ‘p qirrali faoliyatidan biri — o ‘quvchilarda
fizik tushunchalarni shakllantirish katta o ‘rin egallaydi. Bu
eng murakkab ishlardan biri bo'lib, u falsafa, m antiq, psi-
xologiya va pedagogikadan chuqur bilimga ega b o ‘lishni talab
qiladi.
T ushu n cha — fikrlashninig asosiy shaklidir. H a r qanday
fikr tushunchalarda ifodalanadi. Fikrlashning boshqa barcha
shakllari — hukm va xulosalar tushunchalardan tarkib topa-
di. T ushuncha bir vaqtning o ‘zida fikrning ham poydevori,
ham c h o ‘qqisidir, hukm va xulosaning boshlang‘ich m ate ri
ali va oxirgi natijasidir.
Tushu n cha s o ‘z bilan cham barchas bog‘langan: u s o ‘z
bilan ifodalanadi va unda mustahkamlanadi. So‘z tushuncha-
ning moddiy tashuvchisidir.
T ushuncha fikrlashning asosiy va oliy shakli b o ‘lib, u
moddiy d u nyoning hodisa va narsalarini um umlashtirish va
abstraksiyalash orqali ajratilgan asosiy belgilarini, ularning
xossalari va munosabatlarini ongda aks etishini t a ’minlaydi.
Tushuncha odam nin g ongida qanday shakllanadi? Fikr-
lovchi qanday qilib tushunchaga ega boMadi? Bu jarayon-
ning m exanizmi, uning y o ‘nalishlari va asosiy bosqichlari
qanday? Bular
0
‘qituvchi uchun birinchi darajali savollar
hisoblanadi.
Tushuncha kishi ongida birdaniga hosil bo'lmaydi; indivi
dual ongda tushunchaning vujudga kelishi, rivojlanishi uzoq,
cheksiz jarayondir; dunyoni bilishning chegarasi bo'lmagani
kabi, uning ham chegarasi y o ‘q.
Tushunchalarni shakllantirishda asosiy m anba — moddiy
dunyodir. Aniq bir jism haqidagi tasavvur ko‘pgina belgilar-
ni o ‘z ichiga oladi. Uni boshqa jism tasavvuri bilan solishtir-
41
ganda b a ’zi bir belgilar ikkinchi jism tasavvurida ham takror-
lanadi. Ana shu ham m a jismlar uchun umumiy b o‘lgan belgi
lar asosiy belgilar b o ‘lib, ular tushunchalarda m ustahkam -
lanadi. Solishtirish, o ‘xshashliklarini va farqini qidirib topish,
xususiylarni tashlab yuborish va umumiylarni ajratish, um um -
lashtirish va abstraktlash tu shunchalarni shakllantirish jara -
yonining eng sodda va shu bilan birga asosiy fikrlash operatsi-
yalarini (amallarini) tashkil qiladi. Tasavvurlardan tushu n-
chaga o ‘tish jarayoni sifat jihatid an ajoyib sakrash b o ‘lib, u
fikrning tug‘ilishidir.
Jismlar haqidagi tasavvurlarni solishtirish va taqqoslash
orqali jismlarning ajratib olingan eng umumiy xarakterli belgi-
lari so‘z orqali mustahkamlanadi. Natijada tushunchalar hosil
b o ‘ladi.
Tushunchani kiritishning uchta asosiy yo‘li b o ‘lishi m u m
kin.
1. Hali bola ongida aniq shakllanmagan, lekin uning juda
k o ‘p shaxsiy tasavvurlariga suyangan holda yangi tu sh u n c h a
lar kiritiladi. Masalan, 6-sinfda “ Mexanik harakat” tushun-
chasi kiritiladi. Har bir bolaning ongida ko'plab harakatlar
haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan (poyezd, samolyot,
mashina, qushlar,... harakati). 0 ‘qituvchining vazifasi bu tasav
vurlarni o'quvchi ongida yangilashdan iborat. Bu quyidagicha
amalga oshiriladi: a w a l o ‘quvchilardan har xil jismlarning
harakatiga misollar keltirishni so‘raymiz. Ular ko‘plab misol
lar keltiradilar. Keyin bu harakatlarni tahlil qilishga o ‘tamiz.
0 ‘quvchilardan bu harakatlar bir biridan nimasi bilan farq
qilishini, qanday umumiylik va o ‘xshashlik borligini so‘raymiz.
Q o ‘shimcha savollar yordamida jismlarning harakatidagi farq-
lar aniqlanadi: tezliklarning turlicha ekani, yo‘l uzunliklari,
harakat vaqti, yo‘nalishi kabilarning har xilligi aniqlanadi.
Faqat bitta um umiy omil (belgi) qoladi: ko'chishi, o'rnining
o ‘zgarishi, jismning fazodagi holati. Shu yo‘l bilan o'quvchilar
mexanik harakat mazmunini tushunib oladilar. Bu tushuncha
ni egallashning boshlang‘ich pog‘onasidir.
2. 0 ‘quvchi tasavvurga ega b o ‘lmagan yangi t u s h u n c h a
ni kiritishda
0
‘qituvchi tajribalarni k o ‘rsalishdan boshlay-
42
di va unga asoslangan h olda tu sh u n c h a n i shakllantirishga
kirishadi.
3.
0 ‘quvchilar b a ’zi bir hodisa yoki tushuncha haqida
n oto 'g 'ri tasavvurlarga ega b o ‘lishlari m umkin Ouda kam
uch ray di). Bunday t u s h u n c h a la r n i t o ‘g ‘ri sha kllantirish
o ‘qituvchi uchun anchagina m urakkab ishdir. Uni tajriba va
ko ‘plab kuzatishlarning natijalaridan dalillar keltirib amalga
oshiriladi (m a sa la n , c h a q m o q , m o m a q a ld iro q haqidagi
o'q uvchilarning tasavvurlari).
K o ‘rib o ‘tilgan uchta y o ‘l tushunchani shakllantirishning
birinchi bosqichi hisoblanib, u o'quvchilarning tasavvurla-
riga asoslangan holda kiritiladi. Shu bilan tushunchani shakl
lantirish tugamaydi, uning ikkinchi bosqichiga o'tiladi, y a ’ni
b u n d a y t u s h u n c h a c h u q u rla sh tirila d i va rivojlantiriladi,
t a ’riflanadi, boshqa tu sh unc ha lar bilan bog'lanishlari k o ‘rib
o'tiladi.
Endi tushunchani hosil qilish va rivojlantirishda m u h o k a
ma qilish yo‘li qanday bo'lishini k o ‘rib chiqaylik.
Mexanik harakatni o'rganayotganda o ‘quvchilar turli mi-
sollarni aytish bilan birga biri (masalan, samolyot) ikkin-
chisidan (qushdan) tezroq uchishini, yo‘nalishlari turlicha
b o ‘lishi mumkinligini va bosib o ‘tgan yo'llari ham har xil
bo'lishi haqida fikrlar beradilar. Bu m uhokam a orqali h a
rakat fizik hodisa ekani va uning asosiy belgilari b o ‘lmish
tezlik, y o‘nalishi, bosib o ‘tilgan y o ‘l haqida m a ’lum otlar
olinadi.
Biror hodisa yoki jism haqida mulohaza yuritish (muhokama
qilish) bu haqdagi tushunchaning tug'ilishidir, ya’ni m uhoka-
mani tushuncha hosil boMayotgan jarayon deb qarashimiz
mumkin. Bir necha tushunchalardan yana m uhokam a qilish
orqali yangi tu shun chalar kelib chiqadi.
Xulosa bu m u h o k a m a la r sistem asidan iborat b o 'lib ,
m uhokam alar xulosa chiqarish orqali tushunchaga aylanadi.
Demak, m uhokam a tu sh u n c h a rasmidagi bir yangi chiziq
bo'lsa, xulosa keraksiz chiziqlam i chiqarib tashlab, kerakli-
larini kuchaytiruvchi o'ziga xos b i r o ‘chirg‘ich rolini o'ynaydi.
Shunday o'xshatish qilish mumkin: m uhokam a — amal ba-
4 3
jarish, xulosa qilish — m ahorat, tush un c h a — fikrlash mala-
kasi.
Insonning amaliy faoliyati (uning asosiy qismi malaka)
ham , fikrlash faoliyati (uning asosiy qismi tushuncha) ham
eng avval miyaning ishidir, an iq ro g‘i, oliy nerv faoliyatidir.
D e m ak , m u h o k am a — xulosa, tu sh u nch a — fikrlash hola-
ti, uning harakat paytidir. Ular fikrlash shakllarini tashkil
qiladi, m azm un n ing rivojlanib borishi bilan biri ikkinchisini
almashtirib boradi. Hodisani m uh ok am a qilish orqali xulosa
chiqariladi, xulosa esa tushunchada mujassamlashadi.
T ushunchani shakllantirishda o ‘quvchilarning bu haqda-
gi tasavvurlaridan keng foydalanishning ahamiyati kattadir.
Ularning o ‘rganilayotgan predm et, hodisa haqidagi tasav-
vurlarini yoki ularda aniq t a s a w u r hosil qilib, uni m u h o k a
m a qilishlarini, savollar q o ‘yish orqali kuchaytirib, tezlash-
tirib boramiz, t o ‘g ‘ri xulosa qilishlariga yordam beramiz.
0 ‘quvchilarning bu mustaqil m u h o k am a va xulosa qilishlari
tushunchalarni shakllantirishdagi m uhim bosqichdir. Bu bos-
qichni chetlab o ‘tib bo'lmaydi.
0 ‘quvchi tush un ch a haqida shaxsiy fikr yuritib, qancha
k o ‘p m uh ok am a qilsa, uning ongida tushunchaning m a z
muni shuncha boy va t o ‘la b o ‘ladi.
0 ‘quvchi ongida tushunchani shakllantirishda o'qituvchi
u c h u n eng m u ra k k a b narsa bu tu sh u n c h a n i t a ’riflashga
o ‘tishdagi m uhokam a va xulosa chiqarish yo‘nalishi va yo‘lini
oldindan ko‘rish va uni rejalashtirishdir. Bu tushunchani shakl-
lantirishning navbatdagi bosqichidir.
M oddiy dunyoning tu rli-tu m a n predm et va hodisalarini
o ‘rganish jarayonida inson ularning mohiyatiga kira borib,
tu shu n chalar hosil qilib, ishni uni t a ’riflashdan boshlamay-
di. U ko ‘plab kuzatishlarni, um umlashtirishni, q o ‘shish va
tasavvurlarni abstraksiyalash orqali, m uhokam a va xulosalar-
ning uzun qatori orqali tushu n chanin g t a ’rifiga keladi.
0 ‘qitish jarayonida ham o'quvchilarni asosiy tushuncha-
larga shunday olib kelish kerakki, t a ’rifning tuzilishi, bir
to m o n d a n ko‘rilgan fikrlash amallari (hodisa va predm et h a
qidagi tasavvurlarni um umlashtirish, m uho kam a va xulosa-
4 4
lar) bilan tayyorlangan boMishi, boshqa to m o nd an esa h o
disa va predm etni t o ‘laroq va har to m on lam a o ‘rganishga, u
haqdagi tushunchani boyitishga y o ‘l ochib berishi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, tu shunchaning turli to m o n -
larini ifodalovchi bir necha t a ’rifini ham berish mumkin.
M asalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va defor-
matsiyalovchi sabab sifatida t a ’riflash mumkin. H a r ikkala
t a ’rif ham t o ‘g‘ridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususi-
yatlarini ifodalaydi (dinamik va statik ro‘yobga chiqishini).
B a’zi bir tushunchalarning t o ‘g ‘ri va n o to ‘g ‘ri t a ’riflari
b o ‘lib, ularni
0
‘qituvchi q o ‘rqm asdan aytishi va bunday qa-
rashlar orasida tortishuvlar b o ‘lgani, shu asosda fanning rivoj
lanish tarixi ko‘rsatib boriladi.
Fanlam ing rivojlanish tarixini o ‘rganish o ‘quvchilarga biz-
ning bilimimiz nisbiyligi va ularning hodisa va predmetlarning
mohiyatini (tabiatini) t o ‘laroq va aniq ochib borishdagi ha-
rakatining absolyutligini tushinishlariga imkon beradi. M asa
lan, o ‘qituvchi atom ni ”b o ‘linm as“ ligidan boshlab yadro
modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish
orqali bir to m o n d a n “ a to m ” tushunchasini shakllantirsa,
ikkinchi tom ondan o ‘quvchilar oldida inson fikrining qudrati-
ni va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi.
F anning rivojlanish tarixi bilan tanishib borishning yana
bir aham iyati shundaki,
0
‘q uvchilar inson amaliyoti bi-
lim ning haqiqiy m ezoni ekanini tushunib yetadilar. U lar
dunyoni o ‘rganadilar va u haqdagi bilimlarini shaxsiy am al-
larida sinab k o 'r a d ila r . N a z a r i y a c h i l a r a to m m o d e lin i
o ‘zlarining qiziqishlarini qondirish uch u n emas, balki ish
lab chiqarish, qishloq x o ‘jaligi, tibbiyotni, y a ’ni inson-
larning k o ‘plab am aliy faoliyatlari to m o n id a n qo'yilgan
masalalarni hal qilish uchun o ‘rganadilar. Uning (g'oyaning)
t o ‘g ‘ri yoki n o t o ‘g ‘riligini yana shu amaliy faoliyatlar tas-
diqlab beradi.
Bulardan ko'ram izki, o ‘quvchilar fanlarning rivojlanish
tarixini o ‘rganish orqali t o ‘g ‘ri va n o t o ‘g ‘ri fikrlarning
tug‘ilishi va ular orasidagi tortishuvlar bilan tanishadilar. Buni
esa tushunchalarini shakllantirishda, n o to ‘g ‘ri flkrlarga tan-
4 5
qidiy k o ‘z bilan qarashga o ‘rgatishda, fikrlash qonunlarini
va inson amaliyotining bilimlaming haqiqiylik mezoni ekani-
ni o ‘zlashtirishda ahamiyati kattadir. 0 ‘quvchilar bu (fan
tarixi) orqali inson am aliyotining jud a katta ahamiyatga ega
ekanini k o ‘rib boradilar va h ar bir tu -sh un c h a , g ‘oya amal-
da tasdiqlangandan keyingina t o ‘g ‘ri t a ’riflanishi m um kinli-
giga ishonch hosil qiladilar.
T e k s h ir ilg a n s o d d a t a ’riflar t u s h u n c h a n i n g keyingi
s h a k lla n is h ja r a y o n id a u m u m la s h g a n keng t a ’rifga ayla-
nadi. U n d a sodda t a ’rifda berilgan b itta asosiy belgi em as,
balki h o d isa n in g b ir n e c h a asosiy belgilari o ‘z aksini to p -
g a n b o ‘ladi.
Biz yuqorida kuchning tezlanish yoki deformatsiya orqali
tariflanishini aytgan edik. U m u m iy t a ’rifni ham tezlanish,
ham deformatsiyalovchi sabab sifatida beramiz.
U m um iy t a ’rif tu sh u n c h a n in g asosiy belgilarini xarak-
terlabgina qolmay, uni tu shunchalar sistemasiga kiritish m a-
salasini ham hal qiladi va tu sh u n ch alar orasidagi b og‘la-
nish larn i o 'r n a ta d i. Bu tu s h u n c h a la r orasidagi u m u m iy
b o g‘lanishlar moddiy d unyo hodisalari va predmetlari orasi
dagi um um iy bog‘lanishlarni aks ettiradi.
T u shun ch aning boshqa tushu n ch alar bilan asosiy bog‘-
lanishlarini o ‘rnatishda tu sh u n ch an i mantiqiy um um lashti-
rish m u h im rol o ‘ynaydi.
Tushunchalarni shakllantirishda fikr yuqoriga va pastga,
yana pastdan yuqoriga harakat qiladi (xususiydan umumiyga
yana um umiydan xususiyga).
Um um lashtirish, y a ’ni berilgan bir tushunch adan um u-
miyroq tushunchaga o ‘tish bir k o ‘rinishda sodda amalga
o ‘xshaydi. G a p shundaki, tush un ch an i umumlashtirish turli
yo‘nalishlarda borishi mumkin. Tanlangan yo'nalishdan adash-
masdan borish lozim.
Um um lashtirish jarayonini pog‘onalarga (bosqichlarga)
o'xshatish m umkin. Ularning soni quyidan ham, yuqoridan
ham chegaralangandir. Quyi chegarasida berilgan predm et,
hodisa ha-qida ayrim tu sh u n ch alar turadi. Yuqori chegarada
“ p r e d m e t” , “ obyekt” , " h o d is a ” kabi, y a ’ni eng um um iy
4 6
bog‘lanish va aloqalarni ochib beruvchi umumiy tushun-
chalarga — kategoriyalarga kelamiz.
Um um lashtirishda har bir yangi, um um iyroq tushuncha
bir necha sodda tushunchalarni o ‘z ichiga oladi. M. “ M ebel”
tushunchasi “stul” , “s h k a f ’, “ krovat” kabi tushunchalarni
o ‘z ichiga oladi.
B u n d a n k o ‘ram izk i, bir u m u m iy tu s h u n c h a b ir n e c h a
sod d a tu sh u n c h a larg a b o ‘linib ketadi. Bunday b o ‘linishlar
b ila n o ‘q u v c h il a r m a k ta b d a ta n i s h ib b o r a d ila r . M a s a
lan, h a m m a burchaklar o ‘tmas, o ‘tkir va to ‘g ‘ri burchak-
larga b o ‘lin is h in i, h a ra k a t t o ‘g ‘ri c h iz iq li va egri c h iz iq -
lilarga b o ‘lin is h in i b ila d ila r. 0 ‘q u v c h il a r en g s o d d a d a n
m u ra k k a b g a c h a b o ‘lgan t a s n i f b ila n ta n is h a d ila r. B uning
aso sida t u s h u n c h a l a r n in g u m u m la s h tir ilis h i va b o ‘linishi
y o ta d i.
0 ‘quvchilarga q o ‘yiladigan savollar shunday b o ‘lishi ke-
rakki, ular tavsiflanadigan hodisa va tushunchalarning belgi-
larini aniqlash, tavsiflashda tushunchalarni umumlashtirish
va b o ‘linishining asosida yotuvchi belgilarni aniqlash fikrini
uyg‘otsin.
M asalan, ’’qaysi elem entlar metallarga kiradi?” degan
savol o ‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va kengaytirishga
yordam bermaydi. Savollarni quyidagi m az m u n d a berish
maqsadga muvofiqdir: “ Hodisalarni bir guruhga t o ‘plash
imkonini beruvchi um um iy belgilarini aytib bering” , “ Bir
guruhni tashkil qilgan pred m etlarb ir-b irid an nima bilan farq
qilad i?” ...
H a r qanday ilmiy tavsiflash tushun chalarnin g maxsus
bir sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemada tushunchaning
o ‘rnini aniqlash uni shakillantirishning va shu sistemadagi
boshqa tushunchalar bilan birga mustahkam o ‘zlashtirishning
asosiy shartidir.
0 ‘quvchilar tushunchaning ta'rifini yaxshi o ‘zlashtirishlari
uchun bu tu shuncha tarkibiga kiruvchi va t a ’riflanuvchi t u
shun chan in g m azm unini ochib beruvchi sodda tu sh u n c h a
larni, y a ’ni tushunchalar sistemasidagi tayanch tu sh u n c h a
larni oldindan yaxshi o ‘zlashtirgan bo'lishlari lozim.
4 7
U m u m iy tushunchani hamisha sodda va xususiy tu s h u n
ch alar orqali t o ‘la ochib berish am alda m um kin emas, lekin
unga yaqinlashib borilaveradi.
Shunday qilib, fan asoslarini o ‘zlashtirishda avval sodda
tayanch tu sh u nc ha lar o'rganilib, keyin ularni o ‘z ichiga o la
digan, y a ’ni tayanch tu sh u n c h a lar asosida t a ’riflanadigan
kengroq tushunchalarga o ‘tib boriladi. Yuqori va quyi daraja-
li tushunchalarning biridan ikkinchisiga o ‘tish kengaytirilgan
t a ’riflami tuzish orqali amalga oshiriladi.
S oddadan um umiyga o ‘tib boruvchi tu shunchalar siste-
m asining asosini tashkil qiluvchi tayanch (sodda) tu sh u n
chalar hodisa va predmetlarni aks ettiradi. Bu hodisa va pred-
m etlardan o ‘quvchilar amaliy faoliyatlarida keng foydalanib
boradilar, natijada ularning m ahoratlari va malakalari ortib
boradi. 0 ‘quvchining q a t ’iy faoliyati bilan tushunchaning
birikishi natijasida nazariya bilan amaliyotning birligi m uam -
mosi yechiladi. Bu yerda fikr ishni jonlantiradi, ish esa,
fikrni boyitadi. M asalan, o ‘quvchi
f iz ik a
kursini o'rganish
jarayonida um um iy “ha ra k a t” tushunchasini o ‘rganadi. M a
sala yechish, laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida mexanik
h a ra k a tn in g q a t ’iy faktlari (tu sh u n c h a la ri), y a ’ni “ hara-
kat” ning sodda tushunchalari bilan ish ko‘rib boradi. Bu sodda
t u s h u n c h a l a r o ‘quvchi faoliyatida am aliy ishlar (tezlik,
trayektoriyani hisoblash, tajriba q o ‘yish, ...) bilan birikadi.
Shu b ilan birga real q a t ’iy tasavvurlar singib boradi va
o 'q u v c h i o ‘z a m a liy o tid a h a ra k a t q o n u n la r in in g asosiy
g'oyalarini tekshirib boradi. Bu yerda o ‘qitishning eng muhim
masalasi, ya’ni o'qitishdagi nazariya bilan amaliyotning or-
ganik birligi yechiladi. Fikr, m u h o k am a, xulosa va tushun-
cha, amaliyot, m ahorat va malaka ish bilan uzviy birikib
ketadi.
Aytilganlardan ko'ramizki, tushunchalarni shakllantirish-
dagi
0
‘qituvchi ishini ko‘p hollarda quyidagicha bosqich-
larda olib borish maqsadga muvofiqdir:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |