N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

sensibilizatsiya
deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko’ra, 
sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko’rsatadi. Birinchisi davomli
muttasil xususiyatli va organizmda ro’y beradigan barqaror o’zgarishlarga 
bog’liq bo’lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning 
o’zgarishi bilan bog’langan bo’ladi. Tadqiqotlaming ko’rsatishicha, his-tuyg’u 
organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o’tishi bilan oshib borib, 
20-30 
yoshlarda eng yuqori cho’qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib 
boradi. Sensibilizatsiya turiga ko’ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tornoni 
vaqtinchalik xususiyatiga ega bo’lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga 
ta’sir ko’rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog’liq bo’ladi.
Sezgilaming o’zaro ta’sirlashuvida 
sinesteziya,
ya’ni, qo’zg’alish ta’sirida 
boshqa analizatorlarga xos bo’lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo’lishi 
kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli 
sezgilar hosil bo’lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg’unligi esa o’z navbatida 
harorat sezuvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland 
tovushlami «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to’q» ranglar bilan 
baholaymiz.
Sinesteziya sezgilaming his-tuyg’u ohangini kuchaytiradi. Sinesteziya 
hodisasi barcha modalliklarga to’g’ri keladi. Ta’kidlash lozimki, sinesteziya 
individual tarzda ifodalanadi. Sinesteziyaga yorqin qobiliyati bor odamlar 
mavjud, boshqalarda esa u umuman kuzatilmaydi. A.R. Luriya o’zining asarida 
bayon etilgan mashhur mnemonist SH. ni mufassal o’rganib chiqqan. Bu 
odamda sinesteziya o’ta yaqqol ifodalanadi. U barcha ovozlarni bo’yalgan holda 
ko’rgan, va ko’p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi, masalan, «sariq 
rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli 
ranglardagi (och sariq rangdan binafsha rangigacha) ko’rish sezgilarini 
uyg’otgan. Idrok etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo’g’iq», 
«sho’r» yoki «karsillagan» tovushlar sifatida his etilgan. SHunday qilib, 
sinesteziya hodisasi - inson organizmi analizatorlar tizimining muntazam 
ravishda o’zaro aloqada bo’lishidan, ob’ektiv olamni hissiy aks ettirishning 
yaxlitliligidan dalolat beradi.
9.7. Sezgilaming rivojlanishi
Sez8‘ bola tug’ilishi bilanoq rivojlana
boshlaydi. Tug’ilishi bilanoq bolada teri
196


sezuvchanligi ko’proq rivojlangan bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq qo’lning 
tegib ketishidan ta’sirianadi, eng ko’p ta’sirlanadigan organlariga lablar va 
og’zining butun sohasi kiradi, ular issiqlikka ham juda ta’sirchandir.
Tug’ilish davriga kelib, bolada ta’m bilish sezuvchanligi yetarlicha 
rivojlangan bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga xinin yoki shakar eritmasi 
berilganida turlicha ta’sirlanadilar. Bola tug’ilganidan bir necha kun o’tgandan 
so’ng ona sutini shakar solingan suvdan, shakarli suvni esa oddiy suvdan ajrata 
boshlaydi.
Yangi tug’ilgan bolada hid bilish sezuvchanligi ham yetarlicha rivojlangan. 
Chaqaloq ona sutining hididan xonada onasi bor yo’qligi bilib oladi. Agar bola 
hayotining birinchi haftasida ona suti bilan oziqlantirilgan bo’lsa, sigir sutining 
hidini sezishi bilanoq undan yuzini o’giradi. Lekin oziqlanish bilan bog’liq 
bo’knagan hid bilish sezgilari yetarlicha uzoq vaqt davomida rivojlanadi.
Ko’rish va eshitish sezgilari bu organlari murakkab tuzilishga ega 
bo’lganligi va bajaradigan vazifasidan,shuningdek, bola tug’ilishigacha ulaming 
rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda, bulardan murakkabroq yo’lni 
bosib o’tadilar. Tug’ilgandan so’ng hayotining dastlabki kunlarida chaqaloq 
juda qattiq tovushlardan ham unchalik ta’sirlanmaydi. Bu holat chaqaloqning 
eshitish nayi homila qobig’i suyuqligi bilan to’lgan bo’lishi, bir necha kundan 
so’ng esa so’rilib ketishi bilan tushuntiriladi.
Bolaning tovushga bo’lgan dastlabki qo’zg’alishlari umumiy harakat 
qo’zg’alishlari xususiyatiga ega bo’ladi: bola qo’llarini ko’taradi, oyoqchalarini 
qimirlatadi, 
baland ovozda qiyqiradi. 
Tovushlarga bo’lgan dastlabki 
sezuvchanlik kuchsiz bo’lib, hayotining birinchi haftalarida kuchayib boradi. 
Ikki-uch oydan so’ng chaqaloq tovush yo’nalishini o’zlashtirib olib, tovush 
manbai tomon boshini o’giradi. Nutqiy eshitish qobiliyatiga keladigan bo’lsak, 
bola awalambor, nutq ohangidan ta’sirianadi. Bu holat bola ikki oylik 
bo’lganida kuzatiladi. Muloyim oharig bolani tinchlantiradi. So’ngra bola 
nutqning maromi va so’zlaming umumiy tovush tasvirini qabul qila bshlaydi. 
Lekin nutq tovushlarini farqlash bola hayotining dastlabki yilining oxiriga borib 
rivojlanadi. Shu davrdan boshlab nutqiy eshitish qobiliyati rivojlana boshlaydi.
Chaqaloqning ko’rish sezuvchanligi sekin rivojlanadi. Chaqaloqlaming 
yomg’likka sezuvchanligi past bo’ladi, lekin hayotining birinchi kunlarida 
sezilarli darajada oshadi. Ko’rish sezgilarining paydo bo’lishi bilan bola 
yorug’likka turli harakatlar bilan javob qaytara boshlaydi. Ranglami ajratish 
sekiniik bilan rivojlanadi. Bolaning ranglaming ajrata olishi besh oyligida sodir 
bo’lishi aniqlangan, shundan so’ng uning turli xildagi yorqin rangli jismlarga. 
bo’lgan qiziqishi ortadi.
197



Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish