3.3. Bosh miya xaritasi
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar
vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas
Uillis (1621-1675) qo’l urgan edi. Nemis vrachi Frants Gall (1758-1828)
miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan
psixikaning xossalarini joylashtirdi.
Barcha sezgi organlari katta yarim sharlar po’stlog’ida o’zlarining ta’sir
doiralariga egadirlar. Masalan, inson miyasining ensa bo’limida ko’rish doirasi,
chakka bo’limida - eshitish, hid bilish doirasi esa miyaning bir necha bo’limlari
bo’ylab tarqalgan. Miya po’stlog’ida, shuningdek, assotsiatsiya bilan bog’liq
maydonlar
ham
mavjud,
ularda
his-tuyg’u
organlarining
birlamchi
maydonlaridan keluvchi axborot analizi va sintezi amalga oshiriladi. Oddiy
harakat reaktsiyalari orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar
(yurish, yugurish) esa miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi.
XIX asraing o’rtalaridayoq frantsiyalik olim Pol Broka va nemis psixiatri
Karl Vemike inson miyasining chap yarim sharida nutqqa tegishli bo’lgan ikki
sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi
orqa tomonining uchdan bir qismida) bemoming nutqi izdan chiqadi (talafluzi),
yesli je zatronuta zona Vemike doirasi zarar ko’rganida esa (tepa chakka
burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida), bemor gapira oladi, lekin nutqi
mazmunsiz, ma’nosiz bo’lib qoladi.
Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlari (A.R. Luriya)ga binoan
inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo’limdan iborat: I - bosh miya
po’stlog’i yuqori qavatlarining faoliyatini saqlab turuvchi quwat bo’limi
(miyaning yuqori bo’limlarida joylashgan); II - axborotni qabul qilish, qayta
ishlash va saqlash bo’limi (ikkala yarim sharlaming tepa, ensa va chakka
bo’limlarini o’z ichiga oladi); III - faoliyatni oldindan belgilash, boshqarish va
nazorat qilishni ta’minlovchi bo’lim (po’stloqning peshona bo’limlari).
Birinchi bo’lim vazifalarining zararlanishida diqqat barqarorligi yo’qolib,
loqaydlik, uyquchilik paydo bo’ladi. Ikkinchi bo’lim faoliyatining buzilishi
sezgirlik (teri va propriotseptiv)ning yo’qolishiga sabab bo’ladi, harakatlaming
aniqligi buziladi va h.k. Uchinchi bo’limning zararlanishi xulq-atvor
nuqsonlariga, harakatlar sohasidagi o’zgarishlarga olib keladi.
47
Bosh miyasining tuzilishiga tegishli ko’plab farazlar, kontseptsiyalar va
tajriba ma’lumotlari mavjud. Akademik P.K. Anoxinning taxminlariga ko’ra,
peshona po’stlog’ining faoliyati miyaning alohida vazifalari - xotira, qabul
qilish, motivatsiyalar, hissiyotlar bilan bog’liq bo’lmasdan, ulaming
qo’shilishini amalga oshiradi, xolos. Amerikalik neyropsixolog K. Pribram
fikricha, peshona po’stlog’i motivatsiyalar (ochlik, tashnalik, jinsiy ehtiyoj) ni
tashqi rag’batlar bilan taqqoslaydi, va bu taqqoslash asosida niyatlar yoki
istalgan oqibatlami hisobga olgan holda harakatlar dasturini tuzib chiqadi.
Polshalik tadqiqotchi Yu. Konorskiy oldinga qaratilgan po’stloqning turli
bo’limlari turlicha vazifalami, jumladan, fazoviy yoki vaqtincha xotira, tirik
mavjudot yoki jonsiz jismning izidan borish kabi vazifalami bajarishiga amin
bo’lgan edi. Hozirda miya termografiyasi bo’yicha o’tkazilgan oxirgi
tadqiqotlarga asoslangan holda ishonch bilan peshona po’stlog’ida inson tashqi
muhitning taxminiy obrazi bilan real vaziyat bilan taqqoslash sodir bo’ladi, deb
tasdiqlash mumkin. Agar miyaning bu bo’limi zarar ko’rgan (o’sma, jarohat,
yallig’lanish) bo’lsa, tashqi muhitni real holda qabul qilish va o’zini baholash
izdan chiqadi.
Ma’lumki, chap yarim sharining vazifasini verbal-belgili axborot bilan
ishlash: o’qish, hisoblash tashkil etadi. O’ng yarim sharining vazifasi esa -
obrazlar bilan ish ko’rish, fazoda harakatni aniqlash va shu kabilar hisoblanadi.
Chap yarim shari «mantiq»ni, o’ngi - «ijodiy jarayon»ni nazorat qiladi; chap
yarim shari tananing o’ng tomonini, o’ngi - chap tomonini boshqaradi.
Miya yarim sharlarining vazifalarini ko’rgazmali tarzda quyidagicha
tasvirlash mumkin (3.1 jadval).
3.1 Jadval
Vazifalari
Chap yarim sharlar
O’ng yarim sharlar
1. Xronologik tartib
1. Joriy vaqt
2. Ismlar, so’zlar, timsollami eslab
qolish
2. Tasvirlami, aniq voqealami eslab
qolish, odamlami yuzlaridan tanish
3. Xarita, chizmalami o’qish
3. Aniq fazoni qabul qilish
4. Nutqning faolligi, ma’noga nisbatan
sezgirlik
4. Hissiy holatni qabul qilish
5. Olamni quvnoq, yengil holda ko’rish 5. Olamni qora ranglarda ko’rish
6. To’laligicha qabul qilish
6. Yaxlit, obrazli qabul qilish
Emotsional markazlar, shuningdek, inson miyasida ham aniqlangan.
Miyaning bir xil nuqtalari ta’sirlantirilganda sinaluvchilarda juda yoqimli hislar,
boshqalari ta’sirlantirilganda esa cho’chish, xavotir va, hatto, dahshat hislari
48
yuzaga kelgan. Garchi sinaluvchilar bu hissiyotlar tadqiqotchi tomonidan sun’iy
ravishda chaqirilganini tushunib yetsalar ham, ularga bu hissiyotlar real voqelik
bo’lib tuyuladi.
Miya inson organizmi barcha hujayralarining to’rtdan uch qismini tashkil
etadi. U organlarga yetkaziluvchi axborotlar o’tadigan neyronlaming
to’plamlaridan iborat.
Voyaga yetgan odamning miya og’irligi 1100 dan 2000 grammgacha
bo’ladi. 20 yoshdan boshlab 60 yoshgacha bo’lgan vaqt orlig’ida har bir individ
uchun miya og’irligi va hajmi o’z doimiyligini yo’qotmaydi. Ammo aqliy
qobliyat bosh miyaning kattaligi bilan aniqlanmaydi. Miya o’lchamlari va tana
umumiy og’irligi o’rtasidagi nisbat muhim ahamiyatga egadir: kashalotning
bosh miyasi 9 kg og’irlikka ega, lekin bu tana og’irligining atigi 0,02% ini
tashkil etadi; fil miyasi 5 kg og’irlikka ega, lekin bu og’irlik umumiy
massasining 0,1% ini tashkil etadi, shuning uchun iilda misli ko’ritmagan
qobiliyatlar ko’zga tashlanmaydi; inson miyasining og’irligi tanasi umumiy
massasining 2% ini tashkil etadi.
Miya 15 yoshgacha o’sadi va 15 yoshdan 25 yoshgacha esa jadal faoliyat
yuritadi. 45 yoshdan keyin uning ish qobiliyati neyronlaming nobud bo’lishi
hisobiga pasayadi. Agar
20 yoshda neyronlaming nobud bo’lish tezligi
sutkasiga 10000 hujayrani tashkil etsa,
40 yoshda - bu ko’rsatkich 50000
hujayraga, 90 yoshda esa — 100 ming hujayraga yetadi. SHunga ko’ra, qarishda
bosh miya og’irligi kamayadi (90 yoshlarda 1,1 kggacha).
Bosh miya po’stlog’i hududining yirik bo’linmalari - qadimgi
(paleokorteks), eski (arxikorteks), yangi (neokorteks) va oraliq po’stloqdan
iborat. Inson miyasidagi yangi po’stloqning yuzasi 95,6% ni, eski - 2,2% ni,
qadimgi - 0,6% ni va oraliq - 1,6% ni tashkil etadi. Miya po’stlog’i - davomli
evolyutsion rivojlanishning mahsuli bo’lib, bu jarayonda baliqlarda hid bilish
analizatorining rivojlanishi munosabati bilan birlamchi qadimgi po’stloq yuzaga
keladi. Hayvonlaming quruqlikka chiqishi bilan eski va yangi po’stloq qismlari
jadal rivojlana boshlaydi. Evolyutsiya jarayonida yangi po’stloqning assotsiativ
doiralari boshqalarga nisbatan ko’proq o’zgarishlarga uchrab, kattalashadi,
birlamchi, sensor maydonlar esa nisbiy kattaligi bo’yicha kichrayadi.
Berklidagi Kalifomiya universiteti gistologi Merian Daymondning
tadqiqotlariga ko’ra, mashhur fizik olim Albert Eynshteynning miyasi asab
hujayralarining soni va o’lchamlari bo’yicha oddiy odamning miyasidan farq
qilmaydi. Lekin ong faoliyatining yuqori shakllarini boshqaruvchi po’stloqning
assotsiativ sohasida nerv to’qimasining yordamchi elementlari -neyrogliya
hujayralarining juda ko’p miqdori aniqlandi.
49
Yangi po’stloqning o’sishi eski va qadimgi qismlarining miyaning pastki
va o’rta yuzalariga surilib borishiga sabab bo’ladi.
Odam bosh miyasi yarim sharlarining po’stlog’i doiralarga bo’linadi.
Hissiy va harakatiantiruvchi doiralar mavjud. Hissiy doira ko’rish, eshitish, ta’m
va hid bilish, shuningdek, teri-mushak doiralariga bo’linadi. His-tuyg’u
organlari, teri, ichki organlardan chiqqan impulslar hissiy doiralarga o’tkaziladi.
Hissiy doiralar neyronlarining ta’sirlanishidan sezgilar paydo bo’ladi.
Rochester Universiteti tibbiy maktabining vrachlari bosh miyaning hazil-
mutoyiba hissiyotini, bundan tashqari, ijtimoiy va hissiy baholash, rejalashtirish
vazifasini boshqaruvchi qismini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. U peshona
qismining pastki bo’limlarida joylashgan.
Yaqinda amerikalik tadqiqotchilar miyada kechadigan jarayonlaming inson
idroki darajasiga ta’sirini ochib berishga erishdilar. Olimlarda oddiy bolalar va
IQ darajasi o’rtachadan yuqori bo’lgan bolalaming miya tuzilishidagi tafovut
qiziqish uyg’otdi. Miya salomatligi Milliy instituti (Merilend) ilmiy xodimi
Filipp Shau va hamkasblari 307 ta bolaning miya rivojlanishini kuzatdilar.
Maxsus testlar yordamida ulaming idrok koeffitsientini aniqladilar va natijalar
bo’yicha uch guruhga ajratdilar. Bir necha yillar mobaynida, 6 yoshdan 19
yoshgacha muntazam ravishda bosh miyaning yadroviy-magnit-rezonans
tomografiyasini o’tkazib bordilar. YaMR-tomografiyasi - bu ichki organlami
tekshirishning maxsus metodi bo’lib, har xil turdagi hujayra va to’qimalardagi
molekulalar magnit xossalari tafovutlarining kompyuter tahliliga asoslangan,
buning uchun hujayra va to’qimalar kuchli magnit maydoniga joylashtiriladi.
Natijalami ishlab chiqib, tadqiqotchilar, turli guruhlardagi bolalar
miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi
yuqori darajadagi vazifalami nazorat qiluvchi miya ustki qavatining qalinligi
«aqlli» bolalarda qolganlariga qaraganda ancha kechroq kamaya boshlar ekan.
Miya po’stlog’i o’rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo’lgan
bolalarda esa 11 yoshda «sayozlasha» boshlaydi. Eng katta tafovut miya
po’stlog’ining rejalar tuzish va mulohaza yuritishga mas’ul peshona oldi
qismlarida kuzatiladi. Lekin vaqt o’tishi bilan bu tafovut yo’qolib, 19 yoshlarga
yetganda barcha odamlaming miya po’stlog’i bir xil qalinlikda bo’ladi.
Miya faoliyatini tushunib yetishning mohiyati neyronlar o’rtasidagi ko’p
sonli aloqaning mavjudligidir. Miya, yangi sifat - odam psixikasining paydo
bo’lishiga xizmat qiluvchi neyronlar o’rtasidagi juda ko’p miqdordagi bir
soniyali o’zaro ta’sirlar mavjud bo’lgan tizimdir.
Miyaga qon juda ko’p miqdorda yetkazib beriladi. Miyadagi qon
aylanishining buzilishi natijasida keksa odamlarda aqliy zaiflik rivojlanib, asab
tizimining faoliyati sustlashadi.
50
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Psixikaning moddiy asosi nima?
2. Asab tizimi qanday tuzilgan?
3. Bosh va orqa miya qanday vazifalami bajaradi?
4. Refleks nima?
5. Retseptorlaming ahamiyati nimadan iborat?
6. Analizator qanday tuzilishga ega? Qanday analizatorlar mavjud?
7. Miya turii bo’limlarining qanday xususiyatlarini bilasiz?
1. What is the material base of psychics?
2. What is the structure of the nervous system?
3. What are the functions of the brain and the spinal cord?
Do'stlaringiz bilan baham: |