N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

3.2. Retseptorlar va sezgilar 
j
 
j
ь
ko’ra ob’ektiv olamni his etish va qabul 
qilish holatiga egadir. Aynan miya bilan barcha his-tuyg’u organlari bog’liq 
bo’ladi. Bu organlaming har biri ma’lum turdagi rag’batga: ko’rish organlari -
yorug’lik ta’siriga, eshitish va sezgi organlari - mexanik ta’sirlarga, ta’m va hid 
bilish organlari - kimyoviy ta’sirlarga javoban ta’sirlanadi.
Barcha tirk organizmlar atrof muhitdagi fizik va kimyoviy o’zgarishlarga 
nisbatan ta’sirlanish xususiyatiga ega. Organizmda javob reaktsiyalarini 
qo’zg’atadigan muhit ta’sirlari 
qo’zg ’atuvchilar
yoki 
rag’batlantiruvchilar
deb 
ataladi.
Miya qo’zg’atuvchiga nisbatan ta’sirlanishi uchun, avvalo, har bir sensor 
modallikda mos keluvchi fizik quwat elektr ogohlantirisliga aylanishi kerak,
45


so’ngra ular o’z yo’naliishlari orqali miyaga yo’l oladi. Bunday o’tkazish 
jarayonini his-tuyg’u organlaridagi retseptorlar deb ataluvchi maxsus hujayralar 
amalga oshiradi.
Retseptorlar
- hissiy yoki sensor hujayralar bo’lib, ular, ya’ni, bu 
ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo’lishidan qat’iy nazar, u haqidagi 
axborotni qabul qilgandan so’ng, o’zgartirib, asab tizimiga yetkazib beruvchi 
maxsus tuzilmalardir.
Retseptorlar tashqi va ichki retseptorlarga bo’linadi. Ichki retseptorlar 
hayvon yoki inson tanasining tashqi yuzasida joylashgan bo’lib, ta’sirlami tashqi 
olamdan qabul qiladi (yorug’lik, tovush, issiqlik va boshqalar), ikkinchi xili turli 
to’qima va ichki organlarda joylashgan bo’ladi (yurak, limfatik va qon tomirlar, 
o’pka va shu kabilar); ular ichki orgahlar, shuningdek, fazoda tana yoki uning 
qismlari holatlari haqidagi xabarlami qabul qiladi.
Retseptorlar odatiy ta’sirlovchilarga nisbatan o’ta yuqori sezuvchanligi 
bilan ajralib turadilar. Masalan, ko’z retseptorlariga tushayotgan 5-7 kvantli 
yorug’lik unga bo’lgan sezgini uyg’otadi. Ma’lumki, ayollar erkaklarga nisbatan 
jismoniy og’riqdan ko’proq darajada aziyat chekadilar, buning ustiga 
ayollaming og’rig’i kuchliroq va davomliroq bo’ladi. Tadqiqotchilaming 
aniqlashlariga 
ko’ra, 
ayollar 
og’riqni 
kuchliroq 
sezdiruvchi 
nerv 
retseptorlarining ko’prog’iga ega ekanlar. Ayollar yuz terisining har 1 sm2 
o’rtacha 34 ta nerv tolasi joylashgan bo’lsa, erkaklarda ikki marta kamroq -
faqatgina 17 ta nerv tolasi joylashar ekan.
Shunday qilib, retseptor - bu anatomik hosila bo’lib (ta’sirchan asab tolasi 
yoki maxsus hujayra), qabul qilingan ta’simi nerv impulslariga aylantirib beradi. 
Retseptorlaming faoliyati organizmning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
ulami sozlovchi markaziy asab tizimi orqali boshqariladi.
I.P. Pavlov maxsus axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlashda 
ishtirok etuvchi alohida sezgi organlarining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan miya 
va boshqa tirik tuzilmalar majmuasiga ta’rif bergan holda 
analizator
tushunchasini kiritdi. Bu so’z bilan u markaziy asab tizimi orqali 
o’tkazilishining barcha darajalarida maxsus sensor axborotning qayta 
ishlanishini ta’minlab beruvchi xususiy ravishda alohida joylashgan organik 
tizimni belgilab berdi. Asosiy sezgi organlariga mos holatda ko’rish, eshitish
ta’m bilish, hid bilish va teri analizatorlari ajratiladi. Har bir analizator uchta 
turli tuzilishga ega, uning faoliyatida maxsus vazifalami bajaruvchi: retseptor, 
nerv tolasi va markaziy asab tizimining mos ta’sirlovchi qabul qilinadigan
qaytadan ishlanadigan, u haqdagi xotiralar saqlanadigan qismining markaziy 
bo’limidan iborat.
46


Muhit ta’sirlovchilari (yorug’lik, tovush, hid, teginish va shu kabilar) his- 
tuyg’u organlaridagi maxsus sezgi hujayralari-retseptorlar yordamida nerv 
impulslari - nerv tolasidagi bir qator elektr va kimyoviy o’zgarishlarga 
aylantiriladi. Nerv impulslari yetkazuvchi (afferent) nerv tolalari bo’ylab orqa va 
bosh miyaga o’tkaziladi. Bu yerda chiqaruvchi (efferent) nerv tolalari bo’ylab 
bajaruvchi organlar (mushaklar, bezlar)ga o’tkaziladigan muvofiqlashtirilgan 
buyruq impulslari ishlab chiqariladi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish