N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

muloqotda, odamlar bilan o ’zaro
aloqada ifodalanadigan qobiliyatlami
ham kiritish zamr. Bu qobiliyatlar
336


ijtimoiy belgilangan bo’lib, insonning jamiyatdagi hayoti jarayonida 
shakllanadilar. 
Xuddi 
shunday, 
nutqni 
muloqot 
vositasi 
sifatida 
o’zlashtirmasdan, insonlar jamiyatiga moslashish malakasiga ega bo’lmasdan 
turib, ya’ni, odamlar harakatini to’g’ri idrok qilish va baholash, ular bilan o’zaro 
munosabatda bo’lish va turli ijtimoiy vaziyatlarda yaxshi aloqalami o’matish, 
insonning normal hayoti va psixik rivojlanishining imkoniyati bo’lmas edi.
Nazariy
va 
amaliy
qobiliyatlar bir-biridan birinchisining insondagi 
abstrakt-nazariy fikrlashga, ikkinchisining esa - aniq amaliy faoliyatga 
moyilligini belgilab beradilar.
Qobiliyatlar, shuningdek, 
o ’quv
va 
ijodkorlik
qobiliyatlariga bo’linadi. 
Ular bir-biridan, birinchisining o’qitish samarasini, inson tomonidan bilim, 
malaka va ko’nikmalaming o’zlashtirilishini belgilashi bilan, boshqalarining 
kashfiyotlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi shakllarini yaratish 
imkoniyatini belgilashi bilan farq qiladi.
Qobiliyatlar rivojlanishi uchun sharoitlaming mavjudligi yoki mavjud 
emasligiga ko’ra, ular yashirin va dolzarb bo’lishi mumkin.
Yashirin
qobiliyatlar sifatida ma’lum faoliyat turida joriy qilinmaydigan, 
lekin ijtimoiy sharoitlaming o’zgarishida dolzarb qobiliyatga aylana oladigan 
qobiliyatlar tushuniladi. 
Dolzarb
qobiliyatlarga ayni damda zarur bo’lgan va 
aniq faoliyat turida joriy qilinadigan qobiliyatlar kiritiladi. Yashirin va dolzarb 
qobiliyatlar inson qobiliyatlari rivojlanadigan ijtimoiy sharoitlar xarakterining 
bilvosita ko’rsatkichlari sifatida namoyon bo’ladi. Aynan ijtimoiy sharoitlar 
xarakteri yashirin qobiliyatlaming rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va imkoniyat 
yaratadi, ulaming dolzarb qobiliyatlarga aylanishini ta’minlaydi yoki ta’min 
etmaydi.
Har bir faoliyat bajarilishining samaradorligi doimo bir qator qobiliyatlarga 
bog’liq. 
Xuddi shunday, masalan, yozuvchi bo’lish uchun 
qanchalik 
rivojlangan bo’lmasin, kuzatuvchanlikning o’zigina kifoya qilmaydi. Yozuvchi 
uchun kuzatuvchanlik, obrazli xotira, tafakkuming qator sifatlari, yozma nutq 
bilan bog’liq sifatlar, diqqatni jamlashga bo’lgan va boshqa qobiliyatlar birinchi 
darajali ahamiyatga ega. Boshqa tomondan, istalgan ma’lum qobiliyat tarkibi 
turli faoliyatlar talablariga javob beruvchi universal yoki umumiy sifatlar, 
hamda faqat yagona faoliyatni muvaffaqiyat bilan ta’minlovchi maxsus sifatlarni 
o’z ichiga oladi.
Qobiliyatlar tarkibida ikki guruhdan iborat tarkibiy qismlami ajratish 
mumkin. Ayrimlari yetakchi o’rinni egallasa, boshqalari yordamchi bo’lib 
hisoblanadi. Xuddi shunday, 
tasviriy
qobiliyatlar tarkibida yetakchi xossalaming 
o’mi ko’rish analizatorining yuqori tabiiy ta’sirchanligi - chiziqlar, nisbatlar, 
shakllar, yonig’ va soya tomonlar, ranglar uyg’unligi, maromi hissi, shuningdek,
337


rassom qo’lining sensomotor sifatlari, yuqori darajada rivojlangan obrazli xotira 
va boshqalarga berilgan. Yordamchi sifatlarga esa badiiy xayol xossalari, 
emotsional mayl, tasvirga emotsional munosabat va h.k.lami kiritish mumkin. 
Tasviriy faoliyatga bo’lgan qobiliyatlami V.P. Kirienko o’rgangan.
Musiqa qobiliyatlari B.M. Teplov tomonidan tadqiq etilgan. 
Musiqiy
qobiliyatlar tarkibida u quyidagi asosiy tarkibiy qismlami ajratadi: musiqiy 
eshitish qobiliyati, marom hissi va musiqiy xotira shular jumlasidandir. 
SHuningdek, Teplov aynan misiqiy faoliyat bilan shug’ullanishda talab 
etiladigan, musiqiylik deb atalgan, individual-psixologik xususiyatlaming 
majmuini ajratib ko’rsatdi. Uning belgisi o’rnida B.M. Teplov ayrim 
mazmunning ifodasi sifatidagi musiqiy kechinmani hisoblaydi. Bundan tashqari, 
musiqaga 
nisbatan 
emotsional 
hozirjavoblik, 
Teplov 
bo’yicha,- 
bu 
musiqiylikning asosi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish