N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

identifikatsiya
ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi 
bo’lib hisoblanadi. Bolalar o’zlarining jismoniy va psixik rivojlanishlariga ko’ra 
ota-onalari, tengdoshlari, atrofdagi odamlarga xos bo’lgan son-sanoqsiz hulq- 
atvor, insoniy munosabatlaming turli ko’rinish va shakllarini o’zlashtirib 
oladilar. Bola ijtimoiylashtirish jarayonida boshqa odamlaming qarashlari va 
to’plagan hayotiy tajribalarini o’zlashtirgan holda o’zini ular bilan 
tenglashtiradi. Shu asnoda u ijtimoiy va jinsga tegishli bo’lgan hulq-atvoming 
turli xillariga ega bo’ladi.
27


Ma’lum jinsli: erkak yoki ayol inson shaxsining shakllanishi haqida 
ma’lumot olishimiz mumkin bo’lgan tenglashtirishning muhim jarayonlaridan 
biri bo’lib, - 
jinsga tegishli tiplashtirish
xizmat qiladi. Jinsga tegishli 
tiplashtirish deganda bola tomonidan u bilan bir jinsda bo’lgan odamlarga xos 
bo’lgan psixologiya va hulq-atvoming egallanish jarayoni va natijasi 
tushuniladi.
Ijtimoiylashtirishning boshqa mexanizmlariga taqlid qilish, uqtirish, 
ijtimoiy fatsilitatsiya,
konformlik va qoidalarga rioya qilish kiradi. 
Taqlid qilish
- bu ongli yoki ongsiz ravishda individ tomonidan boshqa odamlar tajribasi, 
qiliqlari, 
harakatlari 
va 
faoliyatlarining 
takrorlanishi. 
Taqlid 
qilish 
mexanizmining asosi insonda tug’ma bo’ladi.
Uqtirishni
inson tomonidan ongsiz ravishda muloqotdagi odamlaming 
fikrlari, hissiyotlari, psixik xossalari va holatlarini takrorlash jarayoni sifatida 
o ’rganish mumkin.
Ijtim oiy fatsilitatsiya
- bu ba’zi odamlaming boshqalaming faoliyatiga ular 
oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag’batlantiruvchi 
ta’siri. Ijtimoiy fatsilitatsiya natijasida insonning harakatlari samimiylashadi, 
fikrlash jarayonlari esa erkinroq, faolroq va jadalroq kechadi (ingliz tilidan 
«fatsilitatsiya» so’zining taijimasi «engil bo’lmoq» ma’nosini bildiradi). 
Qarama-qarshi xususiyatga ega bo’lgan sub’ektning hulq-atvori va psixik 
jarayonlariga qarshilik ko’rsatishda namoyon bo’ladigan hodisa ham mavjud. 
Bu -
ijtimoiy ingibitsiya
(ushbu so’z tarjimada to’xtatish ma’nosini bildiradi).
Ijtimoiy psixologiyada 
konform lik
kabi ijtimoiylashtirish mexanizmiga 
katta e’tibor qaratiladi. Konformlik deb, insonning ongli ravishda atrofidagi 
odamlaming fikrlarini quwatlamasdan turib umumiy vaziyatdan kelib chiqqan 
holda, ular bilan kelishishi mumkin bo’lgan (shaxsiy manfaatni ko’zlab, haqiqat 
yo’lini tutishga ziyon yetkazgan holda) inson hulq-atvoriga aytiladi. Konformlik
- bu insonning odamlar bilan muloqotda va o’zaro faoliyatda, haqiqatga qarshi 
harakat qilib bo’lsada, qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida o’ziga ortiqcha 
qiyinchiliklar tug’dirmaslik uchun oldindan va ongli ravishda o’ylangan holda 
o’zgalar fikriga amal qilishi, moslashuvchanligi.
Psixologiya fiziologiya, ayniqsa, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi bilan 
uzviy bog’langan. ONF fiziologiyasi bosh miyada kechadigan va turli tana 
reaktsiyalarini keltirib chiqaradigan organik jarayonlami o’rganadi., Har bir 
hulq-atvor harakatiga psixik hodisalar tegishli bo’lgani kabi ko’pchilik psixik 
hodisalar asosida fiziologik mexanizmlar yotadi.
Inson miyasi va organizmi faoliyatining psixik hodisalar va hulq-atvor 
bilan bog’liqligini o’rganish sohasiga I.M. Sechenov katta hissa qo’shdi. 
Keyinchalik uning g’oyalarini fanga shartli refleks ta’limotini kiritgan I.P. Pav­
28


lov rivojlantirdi. Hozirgi kunda I.P. Pavlovning g’oya va ishlanmalari N.A. 
Bernshteyn, K. Xall, P.K. Anoxin, Ye.N. Sokolov, A.R. Luriya va 
boshqalaming ilmiy kontseptsiyalari kabi yangi nazariyalami yaratishga asos 
bo’lib xizmat qildi.
I.M. Sechenovning fikriga ko’ra, psixik hodisalar har bir hulq-atvor 
harakatiga kiradi va o’ziga xos murakkab reflekslar, ya’ni, fiziologik 
hodisalardan iborat bo’ladi. I.P. Pavlovning tasdiqlashicha, hulq-atvor murakkab 
ta’lim berish jarayonida hosil bo’lgan shartli reflekslardan tarkib topadi.
Keyinchalik shartli refleks g’oyasi tajriba orttirish usullaridan biri sifatida 
Ye.N. Sokolov va CH.I. Izmaylovlar kabi psixofiziologlaming ishlarida 
rivojlantirildi. Ular tomonidan qisman mustaqil, lekin bir-biri bilan o’zaro 
bog’langan uch xil neyronlar tizimi: afferent (tovush analizatori), effektor 
(bajaruvchi, harakat organlarini boshqaruvchi) va modullashtiruvchi (afferent va 
effektor tizimlar o’rtasidagi aloqalarni boshqaruvchi)dan iborat kontseptual 
refleks yoyi tusliunchasi taklif etilgan edi. Birinchi neyronlar tizimi axborotlami 
qabul qilish va qayta ishlashni, ildcinchi tizim buyruqlami ishlab chiqish va 
ulaming bajarilishini ta’minlab bersalar, uchinchi tizim esa bu ikkala tizim 
o’rtasidagi axborotlar almashinuvini amalga oshiradi.
N.A. Bernshteyn fikriga ko’ra, eng oddiy orttirilgan harakat ham 
psixikaning ishtirokisiz amlaga oshmaydi. Uning tasdiqlashicha, har harakatning 
shakllanishi faol psixomotor reaktsiyaning o’zidir.
Amerikalik olim K. Xall tirik organizmni hulq-atvor va irsiy-biologik 
boshqariluvning maxsus mexanizmiga ega bo’lgan o’z-o’zini boshqaruvchi 
tizim sifatida o’rgangan. Bu mexanizmlaming asosiy qismi tug’ma bo’lib, 
organizmda jismoniy va biokimyoviy muvozanatning barqaror sharoitlarini 
(gomeostaz) tutib turadi va bu muvozanat izdan chiqishi bilan harakatga keladi.
P.K. Anoxin o’zining hulq-atvor aktini boshqarishning kontseptsiyasini 
taklif etdi. Bu kontseptsiya 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish