N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

psixologiyasi
shular 
jumlasidandir.
An’anaviy psixologik fanlar - umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, 
shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya 
chuqur o’zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, 
qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganuvchi 
umumiy psixologiya
tashlcil etadi. U 
ilmiy kashfiyotlami amalga oshiruvchi nazariy kontseptsiyalar va tajriba 
tadqiqotlarini o’z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini 
olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, 
o’z oldiga asosiy bilimlami orttirishni maqsad qilib qo’ygan.
Bundan farqli o’laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish 
yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur 
tadqiqotlami olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo 
tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan 
ish ko’radi. Amaliy psixologlaming asosiy ish vositasi -
treninglar
, xususan: 
psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o’zini o’stirish treninglari, 
ijtimoiy o’zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o’sish 
treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlami rivojlntirish 
treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar.
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalami, jumladan, ish 
bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar 
va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo’shatilish imkoniyati, yangi ish 
izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, 
baynalminal oilalaming muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon 
o’zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o’ziga 
nisbatan ishonch va hurmatning yetishmovchiligi, shaxslararo munosabatning 
o’matilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklami hal etuvchi -
psixologik
maslahat
tashkil etadi.
2.3. Fanlar tizimida
Hozirgi zamon Psixol°giyasi ^nlar
psixologiyaning tutgano’rniva
qatonning bir tomondan, falsafiy fanlar 
boshqa fa n la r bilan aloqasi
bilan, 
ikkinchi tomondan, 
tabiiy 
va
uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar bilan 
tutashgan joyidan o’rin olgan. Chunki psixologiyaning diqqat markazida doimo 
inson turadi, yuqorida sanab o’tilgan fanlar ham insonni 
boshqa nuqtai 
nazarlardan o’rganadilar. 
Ma’lumki, falsafa va uning tarkibiy qismi bo’lgan 
bilish nazariyasi psixikaning atrof olamga munosabati masalasini o ’rganadilar 
va psixikani olamning aks tasviri sifatida izohlaydilar. Psijtologiya esa
22


psixikaning odam faoliyatida va uning rivojlanishida tutgan o’mini namoyon 
qiladi.
Akademik A. Kedrov tomonidan tuzilgan fanlar tasnifiga ko’ra, 
psixologiya boshqa barcha fanlar mahsuli sifatidagina emas, balki, bu fanlar 
shakllanishi va rivojlanishini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan manba sifatida 
markaziy o’rinni egallaydi. Psixologiya bu fanlar to’plagan ma’lumotlami 
jamlab, o’z navbatida, ularga ta’sir o’tkazgan holda inson bilishining umumiy 
ko’rinishiga aylanadi. Psixologiyaga ison hulq-atvori va aqliy faoliyatining 
ilmiy tadqiqoti, shuningdek, orttirilgan bilimlaming amaliy qo’llanmasi sifatida 
qarash lozim (2.3 rasm).
2.3 rasm. A.Kedrov tasnifi.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining o’zgacha ko’rinishi bilan
M.V. Gamezo, I.A. Domashenkolaming «Psixologiya atlasi» (M., 1986) o’quv 
qo’llanmasida tanishish mumkin (2.4 rasm).
Inson tabiat va jamiyatning jonli qismi bo’lib hisoblangani uchun 
psixologiya ko’pchilik: ijtimoiy, biologik, texnikaviy - insonga u yoki bu 
darajada tegishli bo’lgan fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi. Xuddi shunday
hozirgi zamon odamining psixikasi va hulq-atvori, uning boshlang’ich biologik 
asosi, tuzilishi va organizm faoliyati qonunlarini chuqur o’rganmay turib, 
ijtimoiy fanlar, xususan, tarixga tegishli bilimlarsiz ulami tushunib yetish 
osonlikcha ko’chmaydi.
Inson uchun tarixni tahlil qilish uning hozirgi zamondagi holati, 
shuningdek, psixologiyasi va hulq-atvorini tushunishda manba bo’lib 
hisoblanadi. Garchi inson alohida biologik organizm sifatida boshqa tirik 
mavjudotlar orasidan 1,7 min. yil ilgari ajralib chiqqan bo’lsada, jamiyatdagi 
harakatlar va o’zgarishlaming sub’ekti sifatida taxminan 50 ming yildan buyon 
yashab kelmoqda. Lekin bu vaqt ichida u o’zi tomonidan yaratilgan moddiy va 
ma’naviy madaniyat dunyosi evaziga yuksak psixik jarayonlar, shaxsiy 
xususiyatlar va ahloqiy holatlarga ega Insonga aylandi.
Barcha psixologik sifatlarga ega zamonaviy insonning qanday paydo 
bo’lganini tushunish uchun insoniyat tarixiga, birinchi navbatda, moddiy va 
ma’naviy madaniyatning rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak.
23


Jamiyat tarixini bilmasdan turib, hozirgi zamon dunyosida odamlar 
munosabatlari psixologiyasini ham tushunish qiyin. Bu munosabatlar ham asrlar 
davomida o’matilib kelingan. Insoniyat madaniyati yutuqlari avloddan avlodga 
berilib, ulami o’zlashtirish jarayonida zamonaviy odamlaming shaxslar va 
bilish, 
shuningdek, 
olamni 
ijodiy 
o’zgartirish 
sub’ektlari 
sifatidagi 
psixologiyasini shakllantiradilar.
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu 
fanlaming tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun 
bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat 
qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan 
odamlaming psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari 
va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z 
navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy 
voqelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida 
xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan 
foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik 
metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma 
psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o ’rin 
muammosijni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z 
navbatida, aw al yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq- 
atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi 
mumkin.
Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada 
chuqur aloqasiga tegishli misollami keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. 
Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining 
madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada 
tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning 
tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik 
taraqqiyotini yuksak 
darajada 
rivojlangan 
shakllarining tahlili 
bilan
cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan 
iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning 
manbalarini, ulaming alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi 
rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy 
odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va 
tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi.
24


Boshqa fanlar kabi psixologiyaning ham metodologik asosini falsafa tashkil
etadi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish