appertseptsiya
deb ataladi.
Appertseptsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi
amaliyoti katta o’rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va
yorqintigiga muhim ta’sirga ega. Chet tilini idrok qilishda tanish bo’lmagan
so’zlami bilmasdan turib, o’z ona tilimizni, hatto, so’zlar tushunarsiz talaffuz
etilganda ham, bexato anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo’yilgan vazifa, hamda uning faoliyati
motivlari, uning qiziqishlari va yo’nalganligi bilan belgilanadi.
Appertseptsiyada asosiy o’rin idrok mazmunini o’zgarishi mumkin bo’lgan
mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko’chadagi
shovqinlami eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol
munosabat bildiradi.
Noto’g’ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi
idrok illyuziyasi
deb
ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko’rinishlarida (ko’rish, eshitish va b.)
kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo’nalganlik, hissiy munosabatlar va
h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va
boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.
Idrokning
anglanganligi.
Pertseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun
ahamiyatiga ega bo’ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan
uzviy bog’langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, awalambor, jismni ongli
idrok qilish - unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga
tayinlab, ma’lum so’z bilan bog’lashda ifodalanadi.
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida
axborot oqimidan rag’batlar to’plamini ajratib olish va ulaming aynan bir xil
ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo’lgan sezgilaming
belgilar to’plamining tarkibiga yaqin yoki o’xshash bo’lgan sezgilami xotirada
izlash jarayoni sodir bo’ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul
qilingan qaromi e’tirof yoki inkor etuvchi qo’shimcha belgilami izlash bilan
birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo’ladi. Va, nihoyat, to’rtinchi
bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo’lgan, lekin hall
idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa
shakllanadi. SHunday qilib, idrok - bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual
jarayon.
Va idrokning у ana bir muhim xossasi - bu uning
faolligi,
yoki
tanlab
o ’tkazishi.
Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar
guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning
foni bo’lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob
o’qib o’tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo’layotganiga e’tibor bermaysiz.
SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko’rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid
adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlami keltirish
mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi
analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning
ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko’rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid
bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.
Odatda, idrok - qator analizatorlar o’zaro ta’sirining natijasi bo’lib
hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-
tuyish idrokini aytib o’tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi.
Odatda, ularning o’zaro uyg’unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab
turlari hosil bo’ladi. O’quvchi tomonidan matn idroki ko’rish, eshitish va
kinestetik idrokni o’z ichiga oladi.
Idrokning boshqa tur tasnifming asosini materiyaning mavjud bo’lish
shakllari: fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy
idrok, vaqt idroki va harakat idroki ajratiladi (10.1 rasm).
210
Idrok asosiy turlarining tasnifl
Asosiy modallik bo’yicha
I
Ko’rish orqali idrok qilish
_________ т_________
Eshitish orqali idrok килиш
__________т__________
Tcri-tuyish idroki vospriyatic
_______▼
_______
Hid bilish orqali idrok
Ta’m bilish orqali idrok
Do'stlaringiz bilan baham: |