N. S. Beskrovniyning ilmiy qarashlaridan ko'rinib turibdiki. Neftning noorganik yo'l bilan hosil bo'Iishining ma'litm asoslari mavjud. Hozirgacha metan, ayrim oddiy uglevodorodlar, shuningdek, murakkab tarkibli uglevodoro


Neft va gaz sanoatining rivojlanishi



Download 33,58 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi33,58 Kb.
#306239
1   2   3
Bog'liq
2 5193093683997577847

Neft va gaz sanoatining rivojlanishi. Mamlakat mustaqillik davriga kirishi bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida chuqur o‘zgarishlar davri boshlandi. Respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar neft va gaz sanoatini ham o‘ziga qamrab oldi. Chunki, neft sanoati respublika iqtisodiyotining ajralmas tarmog'i bo‘lganligi uchun ham iqtisodiy islohotlaming umumiy jarayonidan ajralib qololmas edi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov bu sohadagi eng asosiy maqsadni quyidagicha ifodalagan edi: «Yurtimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi».

Bu sohada asosiy e’tibor har biri alohida tarqoq bo‘lgan neft, gaz, neflni qayta ishlash va u bilan bog'liq boshqa sohalarning faoliyatini uyg'un ravishda muvofiqlashtirish maqsadlarida quduqlarni qazishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan har bir jarayorming faoliyatini bog‘lab turuvchi uzluksiz halqalardan iborat bo‘lgan yagona ishlab chiqarish majmuyiga birlashtirishni talab qilayotgan edi. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari va tegishli qonunlar bilan muvaffaqiyatli hal qilindi.

Bu sohadagi institutsional o‘zgarishlarning asosiy maqsadi — mamlakat neft va gaz sanoatini bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashtirishdan iborat bo‘lib, mazkur tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratildi.

Mamlakat Prezidenti Islom Karimov — tashabbusi va sa’y-harakati bilan 1997-yilda ilg'or jahon andozalari talablariga javob bera oladigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi nafaqat yoqilg'i, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida neft va gaz sanoati tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni o‘ziga xos usulda xususiylashtirish ishlari amalga oshirilishiga hamohang tarzda davlat hissadorlik jamiyatlari, hissadorlik kompaniyalari tashkil qilindi, bu sohada yangi mulkchilik shakllari — xususiy, jamoa va davlat mulklari shakllandi. Bu sohani rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy asoslar ham takomillashtirib borildi. Hozirgi davrga kelib «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi eng yirik ko‘p tarmoqli sanoat majmuasiga aylandi. Kompaniya keyingi yillarda yirik hajmdagi qidiruv ishlari, qazib olish, neft va gaz realizatsiyasi hamda ularni qayta ishlash mahsulotlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi barpo etadigan va boshqa shu kabi qator ijtimoiy rivojlanish obyektlarini qurishga erishdi173.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga doir islohotlar davri­da «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining tashqi va xalqaro aloqalari kengaydi. Ayniqsa, uning rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligi yildan yilga oshib bormoqda. Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar bilan neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz eksporti bo‘yicha savdo aloqalari o‘sib bormoqda. Shuningdek, 2003 yildan boshlab, Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiyaga polietilen va oltingugurt eksport qilish aloqalari boshlandi. Shuningdek, kompaniyaning moliyaviy maslahatchi — «BNP-Pariba» (Fransiya) banki bilan hamkorligi ham o‘sib bormoqda. ISO-9001 mah- sulotlarining xalqaro andozalariga mos keladigan «O‘zneftegazmash» hissadorlik kompaniyasining eksport qilish quwati oshib bormoqda.

Uning xorijiy kompaniyalar - «Xarrikeyn oyl prodakt» (Kanada), «Axema» (Latviya), «Teknip» (Fransiya), «Bentek» (Germaniya) bilan o‘zaro aloqalari rivojlanib bormoqda. 1997 yildan boshlab «Dresser-Rend» agregat kompaniyasi, «Kellog» (AQSh) va «Nisho-Ivai» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlik hamda investitsiyalarini jalb etishga doir faoliyatlari boshlandi. Mamlakat aholisini qish mavsumida gaz bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 1999-yildan boshlab «VSI Indastriez» (AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda «Dresser- Rend» kompressorlarini qo’llash asosida Xo‘jaobod yerosti gaz zaxirasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Teknip» (Fransiya), «Marubeni», «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalari bilan qator hamkorlik faoliyatlari amalga oshirildi. Mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarish sifatini yaxshilash borasida 2001-yilda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi qayta qurilishining birinchi bosqichi «Mitsui» va «Toyo injiniring» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘z yakuniga yetdi. Bu loyihani moliyalashtirishda Yevropa Tiklanish va Rivojlanish Banki ham o‘z investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik hisoblangan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining qurilishi esa «ABB Lummuus Glabal» (AQSh) kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshdi. Konsorsium tarkibida «Mitsui», «Toyo injinering», «Nisho-Ivai» (Yaponiya) va «ABB Soimi» (Italiya) kabi kompaniya va boshqa tashkilotlar ishtirok etib, 2001. yil dekabrida mazkur majmuaning xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan «Lukoyl» OAJ o‘rtasida Kandim guruhi, Xauzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha MTK (mahsulot taqsimoti bo‘yicha kelishuv) hamda Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini olib borish to‘g'risida kelishuv imzolandi. Loyiha bo‘yicha gaz qazib chiqarishning yillik hajmi 8,8 mlrd. kub. metrgacha yetkazish mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirish natijasida qo‘shimcha 7000 ta ishchi o‘rinlari barpo etilishi, ajratiladigan investitsiyalar miqdori taxminan 1 mlrd. AQSh dollari boldi




Download 33,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish