N. M. Alovddinova Ilmiy va pedagogik xizmatlar markazi direktori


TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI



Download 46,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/171
Sana28.03.2022
Hajmi46,42 Mb.
#514961
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
Bog'liq
6 sinf yangi darslik

48
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
13-§. METALLARNI QIRQISH
Metallarni qirqish ishlari metall qirqish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Ular 
sirasiga chilangarlik qaychilari, arralari, zubilo, kreysmeysel kabilarni kiritish mumkin. 
Turli qalinlikdagi metallarni qirqish ishlarini bajarishda, asosan, zubilo va kreysmeysel 
asboblaridan foydalaniladi.
Zubilo va kreysmeysel.
Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va 
tarashlanadi (36-rasm).
Zubilo ish qismi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, asbobsozlik 
po‘latlaridan tayyorlanadi. U 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ning 
eni, mos ravishda, 10, 15, 20 va 25 mm ni tashkil etadi.
Kreysmeysellar tor ariqcha (kanavka), shponka pazlarini ochishda, ichki konturlarni 
tarashlashda ishlatilib, zubilodan tig‘ining ensizligi hamda tanasining qalinligi bilan farq 
qiladi. Ularning materiali hamda o‘tkirlik burchagi zubiloniki bilan bir xil bo‘ladi.
Metallarni zubilo yordamida qirqish ikki xil usulda: tiski yordamida va sandon 
ustida amalga oshiriladi. Bu usullar bilan qirqishda list, lenta, polosa, chiviq kabi metall 
materiallardan keyinchalik tayyorlanadigan detal va buyumlar uchun zagotovkalar 
tayyorlanadi.
I. Metallarni tiski yordamida qirqish
1. Zagotovkani kerakli o‘lchamda rejalab olish.
2. Metallni tiskiga o‘rnatish. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi lozim. Uning qiyshiq, ya’ni tiski jag‘laridan 
yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
– metallning qirqib tashlanadigan qismi tiski jag‘laridan yuqorida, ishlatiladigan qismi 
esa tiski jag‘lari orasiga o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi;
– qirqiladigan metall tiski jag‘laridan enli bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap 
tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi. 
Metallni tiski jag‘laridan o‘ng tomonga chiqarib o‘rnatmaslik kerak.
36-rasm.
Zubilo va kreysmeysel: 
a) zubilo; b) kreysmeysel.
a)
b)
@edurtm_uz


49
3. Metallni qirqish ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish. Bunda tiskiga nisbatan 
to‘g‘ri ish vaziyati tanlanadi (37-rasm). O‘ng qo‘lga bolg‘a, chap qo‘lga esa zubilo olinadi. 
Zubiloning kallagi (tana qismi) boshiga nisbatan 20–25 mm pastdan ushlanadi
(38-rasm).
Zubilo metallga o‘ng tomondan, unga nisbatan 45º (surish burchagi), tiski jag‘lari 
tekisligiga nisbatan esa 30–35º burchak (og‘ish burchagi) ostida tutiladi (39-rasm, a, b). 
4. Zubiloni bolg‘alash orqali metallni qirqish. Bunda zubiloning kallagiga emas, balki 
uning ish qismi tig‘iga qarash lozim. Aks holda to‘g‘ri chiziqli qirqim hosil bo‘lmaydi. Har 
bir zarbdan keyin, zubilo chap tomonga surib boriladi. Yupqa metallar bir tomondan 
birato‘la qirqib tushiriladi. Qalin metallar ikki tomonlama qirqiladi. Qirqib tushiriladigan 
qatlam katta o‘lchamli bo‘lsa, u holda metallni uzish qo‘lda qayirib sindirish yo‘li bilan 
bajariladi.
mm
37-rasm.
Zubilo bilan qirqishda to‘g‘ri 
ish vaziyatini tanlash.
38-rasm.
Zubiloni ushlash 
usuli.
39-rasm.
Zubiloni metallga nisbatan tutish: 
a) surish burchagi; b) og‘ish burchagi.
a)
b)
@edurtm_uz



Download 46,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish